Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
3-мавзу маърузаси

114
MANBAShUNOSLIK
ma’lumot bor, ushbu kitoblar bizgacha yetib kelmagan; 16) “At-
tafsir al-kabir”, bu kitobning bir qo‘lyozma nusxasi Jazoir milliy 
kutubxonasida va yana biri Parij milliy kutubxonasida mavjud; 
17) “Kitob al-ashriba”; 18) “Asomiy as-sahoba”; 19) “Al-vahdon” 
(faqat bir dona hadis rivoyat qilgan sahobalar haqidagi kitob
bu kitobni Ibn Hajar “Fathul Boriy”ga yozgan muqaddimasi 
“Hadyus Soriy”da zikr qilgan; 20) “Kitob al-mabsut”; 21) “Kitob 
al-ilal”; 22) “Kitob al-favoid”, bu kitob haqida Imom Termiziy 
xabar bergan; 23) “Kitob qazoyo as-sahobati vat-tobe’iyn”, bu 
asar Imom Buxoriy o‘n sakkiz yoshida yozgan ilk kitob edi; 
24) “Mashiyxat al-Buxoriy”.
Imom al-Buxoriy hijriy 256-yili (milodiy 870) Iyd al-Fitr 
kechasi (31-avgustda) 13-kuni 62 yoshda olamdan o‘tgan.
Muhammad ibn Iyso ibn Savra ibn Muso ibn az-
Zahhok Abu Iyso as-Sulamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-
Termiziy
hijriy 209 (milodiy 824)-yilda tavallud topgan va 
hijriy 279-yilda vafot etgan. Uning tavallud topgan yeri ko‘hna 
Termiz shahridan olti farsah (1 farsax–12000 ming qadamlik 
yer) narida joylashgan Bug‘ qishlog‘i bo‘lib, bugungi kunda 
O‘zbekistonning Sherobod tumani hududidadir.
Muhammad at-Termiziy yoshlik chog‘idan Termiz, Samar-
qand, Marv hamda Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida 
yashagan mashhur alloma va muhaddislarning asarlarini qunt 
bilan o‘rgana boshlagan. Ilmu ma’rifatga, xususan, hadis il-
miga bo‘lgan ishtiyoq va muhabbat tufayli olim uzoq xorijiy 
mamlakatlarga safarlar qilgan. U zot faqat hadis ilmi bilan 
kifoyalanib qolmasdan, qiroat, bayon, 
fi
qh, tarix va boshqa 
ilm-fan sohalaridan ham saboqlar olib ulug‘ alloma darajasiga 
yetgan.
At-Termiziy 20 yoshga yetganda Xuroson shayxlaridan 
Is’hoq ibn Rohvayh Marvaziy va boshqalardan ilm o‘rgangan 
bo‘lsa, 25–26 yoshlarida Iroqqa (Basraga) borib, u yerdagi 
allomalardan dars olgan. Keyinchalik, olim Hijozga ketib



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə