|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси110
MANBAShUNOSLIK
Alisher Navoiyning zamondoshi va Hirotda faoliyat
ko‘rsatgan fanning ko‘pgina sohalarini egallagan Husayn Voiz
Koshi
fi
y (vafoti 1505-y.) ham Qur’onga “Javohir at-tafsir li tuh-
fat al-amir” (“Amirga (Alisher Navoiy) sovg‘a bo‘lgan qimmat-
baho tafsir”), “Muxtasar ul-javohir” (“Javohirning qisqartma-
si”), “Jome’ us-sittiyn yo tafsiri surai Yusuf” (“Oltmishta fasl
jamlamasi yoki Yusuf surasining tafsiri”), “Mavohibi Aliyya”
(“Ali(sher)ga tuhfalar”) nomli tafsirlar yozgan. Bular orasida
“Mavohibi Aliyya” islom olamida “Tafsiri Husayniy” nomi bi-
lan keng tarqalgan.
Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo‘ladiki, IX asrdan
boshlab Markaziy Osiyoda Qur’oni karimga turli hajmda va
har xil nomlar bilan bir qancha tafsirlar tuzilgan. Ularning
aksariyati ilm ahliga ma’lum bo‘lsa-da, bir xillari hanuzgacha
o‘rganilmagan. Bu tafsirlarni tadqiq qilish, yurtimiz tarixidagi
ilm-fan ravnaqini hamda mahalliy olimlarning islomiy ilmlarga
qo‘shgan hissalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Hadislar va ularning sharhlari. Muhammad pay-
g‘ambar (s.a.v.) va xalifalar hayotiga oid asarlar.
Mu-
hammad payg‘ambar aytgan so‘zlar, u zot haqidagi xabarlar va
yoki biror voqeani tasdiqlaganlari kabi ma’lumotlarga hadislar
deyiladi. Bunday ma’lumotlarni to‘plagan olimlar muhaddislar
deb ataladi.
Muhaddislar dastlab og‘zaki rivoyat qilingan hadislarni
to‘plab, kitob holatiga keltirganlar. Ulardan oltitasini ulamo-
lar eng sahih, ya’ni ishonchli hadislar, deb e’tirof etganlar. Bu
kitob lar “as-Sihoh as- sitta” – “oltita ishonchli kitob” deb yuriti-
ladi. Bu kitoblarning mualli
fl
ari Imom al-Buxoriy (vafoti 870-
y.), Imom Muslim (vafoti 875-y.), Imom Ibni Mojja (vafoti 887-
y.), Imom Abu Dovud (vafoti 888-y.), Imom at-Termiziy (vafoti
892-y.) va Imom Nasoiy (vafoti 915-y.).
Imom al-Buxoriyning 4 jilddan iborat “Al-Jomi’ as-Sahih”
nomli hadislar to‘plami musulmonlar uchun Qur’on karimdan
|
|
|