Ijtimoiy tarmoqlar va men



Yüklə 6,41 Kb.
tarix22.07.2023
ölçüsü6,41 Kb.
#119821
Ijtimoiy tarmoqlar va men-hozir.org


Ijtimoiy tarmoqlar va men

Ijtimoiy tarmoqlar va men

Kundalik hayotda inson ongi va uning tafakkurini egallashda axborotning taʼsir kuchi XXI asrga kelib ancha jadallashdi. Endilikda odamlar muloqotsiz yashay olmaganidek, axborotsiz ham yashay olmayapti. Muloqot – bu axborot boʻlib, tarqatilayotgan, uzatilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlarning qay biri xolis yoki noxolisligini ajratib olish uchun avvalo, yoshlarda axborotga boʻlgan didni tarbiyalay olishimiz zarur. Sir emaski, axborot maydoniga xar kim oʻzining mahsulotini taqdim etadi. Bular orasida dezinformatsiya tarzida harakat qilayotganlar ham, xolis axborot uzatayotganlar ham bor. Faqat foydalanuvchi sifatida meʼyor darajasini unutmasligimiz lozim.


Hozirgi kunda men ham koʻplab har-xil ijtimoiy tarmoqlardan foydalanaman. Yaʼni internetdan kerakli maʼlumotlarni topishda va telegram, Whatsapp, instagram kabi internet tarmoqlaridan foydalanaman. Ijtimoiy tarmoqlarning yaxshi va yomon taraflari ham bor. Yaxshi taraflari bu har-xil kitoblar, asarlar va boshqa koʻpgina oʻzingizga kerakli boʻlgan maʼlumotlarni topa olasiz va foydalanishda davom etasiz. Yomon tarafiga kelsak boʻlmagʻur saytlar har-xil yamon maʼlumotlar ham uchrab turadi.
Bugungi shiddatkor zamonda oʻquvchi va talabalarda mediasavodxonlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularni mediavositalarda taqdim etilayotgan axborotlardan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish, milliy mentalitetimizga yot boʻlgan xurujlardan himoyalash immunitetini shakllantirish, uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida mediataʼlim vositalaridan samarali foydalanish asosida taʼlim sifati va samaradorligiga erishish kabi dolzarb vazifalarga eʼtibor qaratishimizni zamonning oʻzi taqozo etmoqda.
Internet kuchli ijtimoiy taʼsirga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalaridan biriga aylanib boʻldi. Bundan tashqari moliya va bank tizimini olamizmi, turli (madaniy, maʼrifiy, ijtimoiy) xizmat koʻrsatish sohalari, taʼlim jarayonlari barchasi internet bilan bevosita bogʻliq. Bir paytlar bu tarmoq faqat tadqiqot olamida yuz berayotgan yangiliklar bilan tanishish uchun xizmat qilgan boʻlsa, hozirga kelib ishlab chiqarish doiralari orasida ham keng tarqaldi. Tabiiyki, uning tezkor, arzon, keng qamrovdagi aloqa va hamkorlik ishlarida qulayligi koʻpchilikka maʼqul tushmoqda. Endi global tarmoqning ijobiy tomonlariga eʼtibor qaratamiz bular avvalo, kishilarning dunyoqarashini kengaytiradi. Shuningdek, tarmoqda obyektiv va negativ axborotlarni qabul qilib, ularni tahlil qilish imkoniyati katta. Qolaversa, dunyoning istalgan burchagidan turib masofaviy muloqotlarni tashkil etishda va nihoyat axborotlarning tanlash imkoniyatining mavjudligi.
Soʻnggi yillarda turli ijtimoiy tarmoqlar internet olamining ajralmas boʻlagiga aylanib ulgurdi. “The Royal Pingdom” global analitik tadqiqot kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra dunyoda global tarmoqdan 2,1 milliard kishi foydalanadi. Shundan 1,1 milliard kishi bir vaqtning oʻzida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchisi hisoblanadi.
Xoʻsh ijtimoiy tarmoqning oʻzi nima? Keling, shu masalaga oydinlik kiritib olsak. Masofadan internet orqali odamlar orasidagi “online” tanishuv hamda muloqotni taʼminlovchi, aʼzolarining turli xil shaxsiy maʼlumotlarini oʻzida aks ettiruvchi internet tarmoqlariga (saytlariga) ijtimoiy tarmoqlar deyiladi. Misol uchun, hozir dunyoda keng tarqalgan “Facebook”, “Odnoklassiniki. ru”, “Telegram”, “Mail. ru” kabi ijtimoiy tarmoqlar shular jumlasidan.
Ayni paytda, ijtimoiy tarmoqlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatib, boshqa mamlakatlarda yashovchi yaqinlari, doʻstlar va tengdoshlar bilan turli sohalarda fikr almashish imkoniyati mavjud. Bu oʻziga xos ijobiy jihat. Shu bilan birga aksariyat ijtimoiy tarmoqlar oʻz ichiga turli (masalan, til oʻrganish, xorijiy oliy oʻquv taʼlim muassasalaridan masofadan turib taʼlim olish) madaniy-maʼrifiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlarni beruvchi blok va guruhlarni qamrab oladi. Biroq keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar nafaqat bir muloqot vositasi, balki xobbi darajasiga koʻtarilmoqda va ommalashmoqda.
Bu orqali turli yot gʻoyalarni yoshlar ongiga singdirish, axborot xurujlarini uyushtirish orqali jamiyatda tartibsizlikni yuzaga keltirish kabi gʻayri insoniy ishlarni amalga oshirish mumkin.
Inson shaxsiyatiga tegish. Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarning shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilish orqali ularga ruhiy zarba berish, insonlarni masxara qilib turli yoʻllar bilan ularning ustidan kulish mumkin. Misol uchun, birgina “Facebook” orqali har kuni dunyo boʻylab 1 millionn 600 ming kishi oʻzgalarning turli xil shaxsiy (asosan yolgʻon va tuhmatga asoslangan) maʼlumotlarini tarqatar ekan.
Ijtimoiy tarmoqlar aslida kimlarga va nima uchun kerak degan savolga aniq javob yoʻq. Ijtimoiy tarmoqlarning oʻzi bu savolga mantiqan “insonlar oʻrtasidagi muloqotni taʼminlash, turli dunyo xabarlaridan boxabar etish, doʻst orttirish, oʻzining ikkinchi boʻlagini ”sevgisini” topishda insonlarga yordam berish” kabi maqsadlari borligini bildirishadi, ammo bu bilan ular yoshlar ongiga “ommaviy madaniyat”ni singdirib, ularning ongini umuman yot boʻlgan romantik gʻoyalar, xom xayollar bilan toʻldiradi. Buning tub mohiyatiga nazar solsak, kimlarningdir iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari yotishini koʻrish mumkin. Chunki, oʻz gʻoyalarini sezilarsiz tarzda singdirib boʻlgach, ijtimoiy tarmoqlar turli chaqiriq va reklamalar orqali avval moliyaviy soʻngra, hatto, yashirin siyosiy maqsadlarini ham amalga oshirishi mumkin.
Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda extiyod boʻlish kerak va bilib bilmay har-xil saytlarga kirmaslik kerak. Mening oʻzim ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanaman va kerakli maʼlumotlarni olish uchun foydalanaman. Toʻgʻri boʻsh vaqitlarimni orasida kino koʻrish yoki har-xil oʻyinlar oʻynash bilan shugʻullanaman, hozirgi kunda boʻsh vaqtimni bekor oʻtkazmaydigan boʻldim va ijtimoiy tarmoqlardan faqatgina kerak paytda foydalana boshladim.

Sizlarga ham boʻsh vaqtingizni behuda oʻtkazmaslikni va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishni maslahat beraman.


http://hozir.org
Yüklə 6,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə