Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
3-мавзу маърузаси

110
MANBAShUNOSLIK
Alisher Navoiyning zamondoshi va Hirotda faoliyat 
ko‘rsatgan fanning ko‘pgina sohalarini egallagan Husayn Voiz 
Koshi
fi
y (vafoti 1505-y.) ham Qur’onga “Javohir at-tafsir li tuh-
fat al-amir” (“Amirga (Alisher Navoiy) sovg‘a bo‘lgan qimmat-
baho tafsir”), “Muxtasar ul-javohir” (“Javohirning qisqartma-
si”), “Jome’ us-sittiyn yo tafsiri surai Yusuf” (“Oltmishta fasl 
jamlamasi yoki Yusuf surasining tafsiri”), “Mavohibi Aliyya” 
(“Ali(sher)ga tuhfalar”) nomli tafsirlar yozgan. Bular orasida 
“Mavohibi Aliyya” islom olamida “Tafsiri Husayniy” nomi bi-
lan keng tarqalgan.
Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo‘ladiki, IX asrdan 
boshlab Markaziy Osiyoda Qur’oni karimga turli hajmda va 
har xil nomlar bilan bir qancha tafsirlar tuzilgan. Ularning 
aksariyati ilm ahliga ma’lum bo‘lsa-da, bir xillari hanuzgacha 
o‘rganilmagan. Bu tafsirlarni tadqiq qilish, yurtimiz tarixidagi 
ilm-fan ravnaqini hamda mahalliy olimlarning islomiy ilmlarga 
qo‘shgan hissalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Hadislar va ularning sharhlari. Muhammad pay-
g‘ambar (s.a.v.) va xalifalar hayotiga oid asarlar. 
Mu-
hammad payg‘ambar aytgan so‘zlar, u zot haqidagi xabarlar va 
yoki biror voqeani tasdiqlaganlari kabi ma’lumotlarga hadislar 
deyiladi. Bunday ma’lumotlarni to‘plagan olimlar muhaddislar 
deb ataladi.
Muhaddislar dastlab og‘zaki rivoyat qilingan hadislarni 
to‘plab, kitob holatiga keltirganlar. Ulardan oltitasini ulamo-
lar eng sahih, ya’ni ishonchli hadislar, deb e’tirof etganlar. Bu 
kitob lar “as-Sihoh as- sitta” – “oltita ishonchli kitob” deb yuriti-
ladi. Bu kitoblarning mualli
fl
ari Imom al-Buxoriy (vafoti 870-
y.), Imom Muslim (vafoti 875-y.), Imom Ibni Mojja (vafoti 887-
y.), Imom Abu Dovud (vafoti 888-y.), Imom at-Termiziy (vafoti 
892-y.) va Imom Nasoiy (vafoti 915-y.).
Imom al-Buxoriyning 4 jilddan iborat “Al-Jomi’ as-Sahih” 
nomli hadislar to‘plami musulmonlar uchun Qur’on karimdan 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə