Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
3-мавзу маърузаси



101
ISLOM DINIGA DOIR MANBA
VA ADABIYOTLAR
4-mavzu: 
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Arab yozuvidagi dastlabki manbalar. Arab tilidagi yozma 
manbalar: Qur’oni karim va uning tafsirlari. Hadislar va 
ularning sharhlari, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) va
 xalifalar hayotiga oid asarlar. Imom al-Buxoriyning ilmiy 
merosi. Imom at-Termiziy asarlari. Fiqhga oid manbalar 
(“Hidoya”, “Kifoya”, “Nihoya”, “Muxtasar ul-Viqoya”,
“Viqoya”, “Voqeot”, “Jome’ ar-rumuz”, “Fiqhi Kaydoniy”, “Asl”, 
“Mabsut”, “Fatovoyi Qozixon”, “Attobiya”, “Badoye’”,
“Zaxira”, “Muhit”, “Saloti Mas’udiy”). Abu Mansur
al-Moturidiy ilmiy merosi. Aqoidga oid asarlar (“Aqoidi
nasa
fi
 yya”, “Sharhi “Fiqhi akbar”, “Aqoidi Azudiyya”). Mantiq 
faniga oid asarlar (“Isog‘ujiy”, “Mirqot ul-mantiq”). Tasavvuf 
ilmi bo‘yicha manbalar (“Qut al-qulub”, “Kashf al-mahjub
li-arbob al-qulub”, “Manozil as-soirin ila al-haqq”, “Xolisat 
al-haqqoyiq”, “Bahr al-ulum”, “Sabot ul-ojizin” va boshqalar).
Arab yozuvidagi dastlabki manbalar. Arab tilidagi 
yozma manbalar. 
Arab tilidagi ilk manbalar dastlab og‘zaki 
ijod asosida vujudga kelgan va ularning tarixi islomdan il-
garigi zamonlarga borib taqaladi. VII–VIII asrlardagi siyo-
siy o‘zgarishlar (arab davlatchiligi) ijtimoiy munosabatlardagi 
o‘zgarishlar, turli element (madaniyat)lar integratsiyasi (til, 
madaniyat, diniy aloqalar qorishuvi) oqibatida arab tili katta 


102
MANBAShUNOSLIK
hududda tarqaldi. Buning natijasida, arab tilida yozilgan asar-
lar soni ortib bordi. Bizgacha yetib kelgan arab tilidagi eng qa-
dimgi kitob – Qur’oni karim nusxalaridir.
IX–XII asrlarda Movarounnahr ilmiy-madaniy jihatdan eng 
rivoj topgan o‘lkalardan biri sifatida mashhur bo‘lib, bu yerda 
islomiy, falsa
fi
y va tabiiy ilmlar – astronomiya, matematika, 
tibbiyot, kimyo dorishunoslik, jug‘ro
fi
ya kabi qator fan sohalari 
rivoj topdi.
Darhaqiqat, o‘sha davrlarda Sharqda islom ilmlari bilan bir 
qatorda siyosiy, falsa
fi
y, ijtimoiy, tabiiy fanlar ham rivojlan-
gan. Bu haqda shveytsariyalik mashhur sharqshunos Adam 
Metsning “Musulmon renessansi” asaridan ma’lumotlarni olish 
mumkin. Musulmon madaniyatining “oltin davri” hisoblangan 
IX–XI asr larda fan va madaniyat rivoji Xuroson hamda Mova-
rounnahrda ham o‘ziga xos yuksak darajada kechgan.
Markaziy Osiyo zaminida Muhammad al-Xorazmiy (783–
850), Ahmad al-Farg‘oniy (tax. 798–865), Abu Nasr al-Forobiy 
(873–950), Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), Ibn Sino (980–
1037) kabi asosiy faoliyati dunyoviy ilmlarni rivojlantirishga 
bag‘ishlangan mashhur olimlar qatorida Muhammad ibn Ismoil 
al-Buxoriy (810–870), Muhammad at-Termiziy (824–892) kabi 
o‘z hayot yo‘lini islomiy ilmlarni o‘rganish va rivojlantirishga 
bag‘ishlagan allomalar yetishib chiqdi. O‘rta asrlarda Markaziy 
Osiyo islom olamining yirik ilmiy markazlaridan biri edi.
Islomiy ilmlarni odatda, quyidagi guruhlarga ajratib 
o‘rganish mumkin: Qur’oni karim va uning tafsirlari, hadislar, 
fi
qh, aqoid va tasavvufga oid manbalar.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə