Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
3-мавзу маърузаси

fi
 


105
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Xalifa Usmon Hafsa bint Umarning oldiga odam jo‘natib, 
Abu Bakr Siddiq jamlagan Qur’oni karimning nusxasini berib 
turishni so‘raydi. Hafsadan “Suhuf” olingach, xalifa Usmon to-
monidan Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Said ibn Os va 
Abdurahmon ibn Horis ibn Hishom kabi qorilar chaqirtirilib, 
“Suhuf”dan nusxa ko‘chirish ularga topshiriq sifatida buyuri-
ladi. Bu tarixiy voqea 25/646-yilda bo‘lib o‘tgan.
Qur’oni karim yangi varaqlarga ko‘chirilgan va “Mushaf” 
(sahifalangan, muqovali kitob) holiga keltirilgan. Shundan 
so‘ng Xalifa Usmon amriga ko‘ra, Qur’onning boshqa nusxalari, 
odamlarning chalkashib ketmasliklari uchun yoqib yuborilgan.
Xalifa Usmon davrida ko‘chirtirilgan va musulmon o‘lka-
lariga jo‘natilgan Qur’oni karim nusxalarining soni bir ma’lu-
motga ko‘ra, yettita (Makka, Shom, Basra, Kufa, Yaman, Bah-
rayn, Madina nusxalari), boshqa manbaga ko‘ra oltita (Mu sha
fi
Imom – hazrati Usmonning o‘zidagi Bosh Mushaf, Madina, 
Makka, Shom, Kufa, Basra nusxalari) bo‘lgan. Lekin, ko‘pchilik 
olimlar tomonidan keyingi ma’lumot tasdiqlangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi “Qur’on mu-
zeyi”da saqlanayotgan “Usmon Musha
fi
nomi bilan mashhur 
qo‘lyozma ko‘pchilik jahon olimlari tomonidan aynan hazrati 
Usmon ibn Affonning shaxsan o‘zlarida saqlangan, qatl etil-
ganda, unga qonlari to‘kilgan “Musha
fi
Imom” (Bosh Mushaf) 
ekani e’tirof etiladi. Usmon Musha
fi
qanday qilib Movaroun-
nahr zaminiga, xususan, Samarqandga olib kelingani to‘g‘risida 
Shayx Ismoil Maxdumning (1893–1976) “Toshkentdagi Usmon 
Musha
fi
ning tarixi” risolasida to‘qqiz xil faraz qayd qilingan.
Mustaqillik yillarida Usmon Musha
fi
ga e’tibor yanada 
kuchaydi. Xususan, YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan 
1997-yili Toshkentdagi Usmon Musha
fi
jahon yodgorligi dur-
donalari ro‘yxatiga kiritildi.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə