Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
3-мавзу маърузаси

109
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
“Tafsiri Kashshof” va “Tafsiri Bayzoviy”ning qisqartmasi bo‘lib, 
to‘rt jildda nashr qilingan.
Temuriylar hukmronligi yillariga kelib tafsirga ehtiyoj 
kuchaygan. Zero, bu davrda ko‘plab fors tilida tafsirlar yozil-
gan. Avvaliga ba’zi suralarga sharhlar bitilgan bo‘lsa, bora-
bora suralar soni ko‘payib tafsirlar hajmi ham kengayib bor-
gan.
Bunday tafsirlardan biri “Tafsiri Xoja Muhammad Por-
so” hijriy 823-yili Buxoroda yozilgan. Asar mualli
fi
Bahoud-
din Naqshbandning xalifasi Muhammad ibn Muhammad ibn 
Mahmud Ho
fi
z Buxoriy (1420–1421) hazratlari Xoja Muham-
mad Porso nomi bilan mashhur.
Asarning bir qo‘lyozma nusxasi O‘zR FASHI fondida 

2180 
raqami ostida saqlanadi.
Bahouddin Naqshbandning yana bir xalifasi mashhur mu-
tasavvif olim Ya’qub ibn Usmon ibn Mahmud ibn Muhammad 
G‘aznaviy Charxiy (vafoti 1447-y.) “Tafsiri Charxiy” nomli asar 
yozgan. Dunyoning qator kitob xazinalarida asarning qo‘lyozma 
va toshbosma nusxalari saqlanadi. O‘zR FASHI fondida ham 
asarning 25 ta ortiq qo‘lyozma nusxasi mavjud va ularning ak-
sariyati ilmiy kataloglarda tavsi
fl
angan.
Bundan tashqari “Tafsiri Charxiy” asari Sayid Podshoxo‘-
janing iltimosiga binoan 993/1585-yili Hoji Hamadoniy tomoni-
dan turkiy tilga tarjima qilingan, O‘zR FASHI fondida 

5174 
raqami ostida saqlanadi.
Yana bir tafsir Abdurahmon Jomiy (1414–1492) tomoni-
dan ta’lif etilgan. Mazkur tafsirning hozircha faqatgina yagona 
qo‘lyozma nusxasi O‘zR FASHI fondida 

2702 raqami ostida 
saqlanadi.
Shuningdek, temuriylar hukmronligining so‘nggi yillarida 
Hirotda qozilik qilgan olim Mu’iniddin Muhammad ibn Shara
fi
d-
din hoji Muhammad Farohiy Hiraviy (vafoti 1501

1502-y.) ham 
Qur’oni karimga tafsir yozgan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə