Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
3-мавзу маърузаси

112
MANBAShUNOSLIK
hukmlarini qamrab olganligi uchun, boshqa asarlardan ustun 
sanaladi”.
Ibni Mojjaning asosiy kitobi “Sunan” bo‘lib, unda to‘rt ming 
hadis jamlangan. Imom ibni Mojja “Sunan”lari turli ulamolar 
tara
fi
dan bir necha marta sharh qilingan.
Hadislarni to‘plashda ham markaziy osiyolik olimlar sama-
rali ish olib borishgan. Ularning eng mashhurlari Imom Buxo-
riy va Imom Termiziydir.
Imom Buxoriyning ustoz va shogirdlari ko‘p bo‘lib, u olim-
larning har biri islomiy bilimlar borasida jahon ulamolari 
e’tirof etib kelayotgan ulug‘ zotlardir. Jumladan, Imom Buxo-
riy bobomiz Ali ibn al-Madiniy, Ahmad ibn Hanbal, Is’hoq ibn 
Rohavayh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ja’far al-Musannadiy, 
Muhammad ibn Salom va boshqalardan dars olganlar.
O‘z navbatida Hammad ibn Shokir, Ibrohim ibn Muakkal, 
Tohir ibn Muhammad, Abu Talha Mansur, Muslim, Termiziy
Nasaiy, Abu Bakr ibn Is’hoq, Abu Fazl Ahmad ibn Salma, Abu 
Bakr ibn Abud-Dunyo, Husayn ibn Muhammad al-Qaboniy, 
Sahl ibn Shadivayh al-Buxoriy va boshqa shogirdlarga ustozlik 
qilganlar.
Imom Buxoriyning shogirdlari nihoyatda ko‘p bo‘lgan. 
Manbalarning guvohlik berishicha, ulug‘ olimning “Al-jome’ 
as-sahih” asaridan uning bevosita rahbarligida 90 ming kishi 
ta’lim olgan.
Ularning sa
fi
da mashhur muhaddislar Muslim ibn Haj-
joj, Imom Termiziy, Imom al-Nasoiy, Ibn Xuzayma, Ibn Abu 
Dovud, Muhammad ibn Yusuf al-Firobriy ibn Shakar Naso-
viy, Mansur ibn Muhammad Bazdaniy va yana ko‘plab ulug‘ 
olimlar bor.
Imom Buxoriy bolalik chog‘idayoq shogirdlarining sanog‘i 
yo‘q edi. Yoshlik chog‘ida Basra ahlidan ma’rifat toliblari u 
kishining ortidan yugurar edi. Hatto majbur qilib yo‘l ustiga 
o‘tkazib olib hadis so‘rashar edi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə