Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
3-мавзу маърузаси

108
MANBAShUNOSLIK
az-Zamaxshariy”, N. 
Sulaymonovaning “Al-kashshof Qur’oni 
karimning mukammal tafsiri sifatida” nomli maqolalarida 
ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari B.Z. Xalidov, 
Ye.A. Rezvan, D.A. Agius kabi olimlarning ham ushbu mavzu-
ga oid ilmiy ishlari mavjud. Shuningdek, asarning qisqa tavsi
fi
nashr etilgan 
fi
hristlardan ham o‘rin olgan.
Shayx Zohid Abu Nasr Ahmad ibn Hasan ibn Ahmad Zoriy 
Sulaymoniy Davrajakiy Buxoriyning (XII asr) “Tafsiri Zohidiy” 
asari 1125-yili Buxoroda yozilgan. Asarning qo‘lyozma va tosh-
bosma nusxalari ko‘p bo‘lib, birgina O‘zR FASHI fondida 9 ta 
qo‘lyozma nusxasi mavjud.
Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Hu-
sayn Roziyning (1149–1209) “Mafotih ul-g‘ayb” (“G‘ayb ka-
litlari”) nomli asari eng mashhur asarlardan sanaladi. Unda 
muallif tabiiy fanlarga ko‘proq e’tibor qaratgan bo‘lib, ayniqsa, 
astronomiyaga katta ahamiyat bergan. Asar sakkiz jildda nashr 
qilingan va dunyo bo‘ylab keng tarqalgan.
Nosiruddin Abdulloh ibn Umar al-Bayzoviyning (vafoti 
1316-y.) “Anvor ut-tanzil va asror ut-ta’vil” (“Nozil bo‘lganning 
nurlari va ta’vil sirlari”) asari mukammal tafsirlardan biri hi-
soblanadi. Asar islom olamida “Tafsiri Bayzoviy” va “Tafsiri 
qozi Bayzoviy” nomlari bilan keng tarqalgan. Islomshunos olim 
R.Obidovning yozishicha, Bayzoviyning mazkur tafsiri “Tafsiri 
Kashshof”ning qisqartmasidir. Asar fors tiliga ham tarjima 
qilingan. O‘zR FASHI fondida ko‘chirilishi va nashr qilinishi 
turli davrlarga mansub bo‘lgan “Tafsiri Bayzoviy”ning nusxalari 
saqlanadi.
Abulbarakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasa-
fi
yning (vafoti 1310-y.) “Madorik ut-tanzila u haqoiq ut-ta’vil” 
(“Nozil bo‘lgangalarni anglash yetishish va sharhlash haqiqat-
lari”) nomli asari Markaziy Osiyoda yozilgan tafsirlardan biri 
bo‘lib, islom dunyosida “Tafsiri Nasa
fi
y” nomi bilan keng tar-
qalgan. Tad qiqotlarda aytilishicha, Nasa
fi
yning mazkur asari 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə