Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
3-мавзу маърузаси

107
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
“Bahr al-ulum” (“Ilmlar dengizi”) nomli tafsir yozgan. Asar-
ning qo‘lyozma nusxalari Berlin, Myunxen, Leyden, Quddus, 
Tunis, Istanbul, Sankt-Peterburg va Toshkent kutubxonalarida 
saqlanadi. Misrning al-Azhar universiteti doktorlari Muham-
mad Muavvaz Abdulmajid va Abdulmajid an-Nutiylar tomoni-
dan Misr va Edinburgda saqlanayotgan qo‘lyozma nusxalari 
asosida ushbu tafsirning tanqidiy matni tayyorlanib, 1993-yili 
Bayrutda 3 jildda nashr qilingan. O‘zbekistonda ham keyin-
gi yillarda asar ustida A. Abdullayev tadqiqotlar olib bor-
gan va uning dunyo xazinalaridagi nusxalariga oid qimmatli 
ma’lumotlarni to‘plagan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomi-
dagi Sharqshunoslik instituti fondida Abu Ali ibn Sinoning (va-
foti 1037-y.) arab tilida yozilgan “Tafsir” nomli risolasi saqlana-
di. Dunyo xazinalarida mazkur tafsirning bir nechta qo‘lyozma 
nusxalari mavjud. Asardan “Ixlos” surasining tafsiri 1910-yilda 
Istanbulda chiqadigan “Sirot al-mustaqiym” jurnalida turk ti-
lida nashr qilingan.
Yana bir vatandoshimiz Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Mu-
hammad an-Nasa
fi
y as-Samarqandiy (vafoti 1142-y.) qalamiga 
mansub “Taysir 
fi
-t-tafsir” (“Tafsirda osonlashtirish”) nomli 
asar ham islom olamidagi mashhur tafsirlardan biri sanaladi.
Imom Jorulloh Abulqosim Mahmud ibn Umar Muhammad 
ibn Umar Zamaxshariyning (vafoti 1144-y.) “Kashshof al-haqoiqi 
va uyun al-aqovili 
fi
y vujuh at-ta’vil” (“Ta’vil yo‘llaridagi so‘zlar 
mohiyati va haqiqatni ochuvchi”) asari islom dunyosida qisqa-
cha – “Tafsiri kashshof” nomi bilan mashhur va 
fi
lologik tahlil 
jihatidan boshqa tafsirlardan farq qiladi. Ulamolar “Kashshof” 
bo‘lmaganda, Qur’oni karim ma’nolari ochilmay qolardi” – deb 
bu tafsirga yuqori baho berganlar.
“Tafsiri kashshof” haqida misrlik olim Jaloliddin as-
Suyutiyning “Tabaqot al-mufassiriyn”, R. Obidovning “Qur’on, 
tafsir va mufassirlar” kitoblarida, U. Uvatovning “Mahmud 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə