Quronda sura va oyatlarni manosini hozirgi davr voqeligiga bog’liqligi. Reja



Yüklə 163,48 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü163,48 Kb.
#152782
  1   2   3   4
M iah Falsafa


Andijon Mashinasozlik Instituti
“Elektrotexnika” fakulteti
“Energiya tejamkorligi va Energoaudit” yo’nalishi 3-bosqich
K-95-21-guruh talabasi Xusanov Maxmudjonning
“Falsafa” fanidan
O’qituvchi:
Tayyorladi: Xusanov Maxmudjon
MUSTAQIL ISHI
Quronda sura va oyatlarni manosini hozirgi davr voqeligiga bog’liqligi.
Reja:
  • Quron, Sura va Oyat
  • Islom dinini yurtimizga kirib kelishi va jamiyat xayotiga tasiri.
  • Quron asrimiz ilmi haqida.
  • Xulosa.

Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobiIslom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Qurʼoni Karim maʼlumotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Arab tilida
  • Muhammad alayhisalomga va butun insoniyatga tushirilgan

  • Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi milodiy 610-yil boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta „Iqroʻ“ („Oʻqi“) deb boshlanuvchi „Alaq“ surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga

oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri halqilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi.
Nozil boʻlish sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxiratjannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambarimiz va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga
chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi vshakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.
Qurʼonning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qurʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan.
Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism (arabchajuzforscha: pora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „Fotiha“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 286-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi. Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan.
Musulmonlarning munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muhammad alayhissalom Qurʼon oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar ukishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu BakrUmarUsmonAliZayd ibn SobitUbay ibn Kaʼb xurmoning poʻstlogʻi, yapaloq tosh, katta suyakteri va shunga oʻxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Paygʻambar hayotlik chogʻida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qurʼon jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Paygʻambarning vafotidan keyin Qurʼon kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Kitob holatida jamlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Qurʼonni toʻliq yod olgan koʻplab qorilar halok boʻlib, Qurʼonning kelajak avlodga saqlanmay yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Qurʼonni kitob holiga keltirib, jamlab qoʻyish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Paygʻambar bilan koʻp vaqt birga yurgan sahoba, Qurʼonni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qurʼoni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli boʻlishiga harakat qilib, masjidda: „Kimning qoʻlida yozilgan Qurʼon boʻlsa va uni Paygʻambardan tinglaganiga ikkita guvohi boʻlsa, bizga olib kelsin, Qurʼonni jam qilishga xalifaning buyrugʻi boʻldi“, deb eʼlon qildilar.
Ular masjidda oʻtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qurʼon sahifalarini jamladilar. Soʻng koʻpchilikka koʻrsatdilar, hamma rozi boʻldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qurʼonni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qoʻydilar. U olamdan oʻtgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan soʻng esa, qizi — Paygʻambarning xotini Hafsa binti Umar huzurida qoldi.

Yüklə 163,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə