Quronda sura va oyatlarni manosini hozirgi davr voqeligiga bog’liqligi. Reja


Usmon musʼhafi[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 163,48 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü163,48 Kb.
#152782
1   2   3   4
M iah Falsafa

Usmon musʼhafi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qur’on, IX asr
Vaqt oʻtishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Koʻplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni koʻpaygandan soʻng Qurʼonni oʻqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Qurʼonning „etti harf“ (lahja)da nozil boʻlgani ham sabab boʻldi. Hadisda taʼkidlanishicha, Jabroil Qurʼon oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli boʻlishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim soʻzlar boshqacha shaklda yozilishi va oʻqilishiga toʻgʻri kelgan. Bu holatni koʻrgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni soʻrab olib, undan bir necha nusxa koʻchirishga buyruq berdi. Qurʼon qiroatida farqli boʻlgan soʻzlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi.
Nusxalar tayyor boʻlgandan soʻng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga qori qoʻshib joʻnatildi, hammaga faqat shu nusxadan Qurʼonni koʻchirish va shu qoridan qiroat oʻrganishga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn SoibniShomga Mugʻiyra ibn ShihobniKufaga Abdurahmon SulamiyniBasraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan musʼhaf berdi. Madinada qolgan musʼhafdan odamlarga qiroat taʼlimi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa musʼhaf qoldi. Keyinchalik nusxa koʻchirish yoʻlga qoʻyilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy boʻldi. Pirovardida har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida „bu nusxa Usmon musʼhafiga muvofiqdir“, deb yozib qoʻyiladigan boʻldi.
Qurʼon harflarini yozish uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Qurʼon harflariga biror nuqtachalik ham oʻzgarish kirmasin, degan maqsadda ulamolar musʼhaf ichiga hatto gul, daraxt bargi va shunga oʻxshash boshqa narsalarni mutlaqo qoʻyib boʻlmaydi, aks holda, oʻsha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo boʻlishi mumkin, deb fatvo chiqardilar.
Sura (arabcha: سورة — tizma, qator, qoʻrgʻon, manzil va sharaf maʼnosida) — faqat Qurʻonga xos tushuncha, uning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Islom Ulamolari istilohida esa, Sura — Qurʼon oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qurʼon oyatlarining qoʻrgʻon ila oʻralgandek bir toifasiga sura, deyiladi. Qurʼon suralardan iboratdir, sura Qurʼonning bir boʻlagi boʻlib, uch yoki undan koʻp oyatni oʻz ichiga oladi.
Qurʻonda 114 ta sura boʻlib, ulardan har birining oʻz nomi bor. Baʼzi suralarning ismi suraning avvalidagi soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa, oʻsha surada zikri koʻproq kelgan narsalarning nomiga qoʻyilgan. Qurʻoni karimdagi eng qisqa Sura Kavsar surasi boʻlib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi boʻlib, 286 oyatdan iboratdir. Qurʻon suralari ikki qismga boʻlinadi: 1. Hijratdan oldin tushgan suralar — „Makka suralari“ ((yoki Makkiy suralar) Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar — „Madina suralari“ ((yoki Madaniy suralar) Madinada tushgan) deyiladi.
Oyat (arab. — ilohiy belgi, moʻʼjiza) — Qurʼon suralarining bandi. Islomga koʻra, O. Allohning oʻz elchisi Muhammadga vahiy qilib, bandalarga
qoʻllanma sifatida yuborgan farmoyishi, moʻʼjizasi. Qurʼonning 7-asrga oid ilk nusxalaridayoq suralar O. larga boʻlingan va har sura doirasida tartib bilan raqamlangan. O.larning ayrimlari qisqa iboradan, baʼzilari bir necha jumladan tashkil topgan. Qurʼon O.larining soni 6236 ta ekani koʻproq manbalarda qayd etilgan. Ayrim O.lardan masjidlar, islom mamlakatlaridagi rasmiy idoralar va xususiy uylarning ichki va tashqi bezagi sifatida foydalaniladi. Qabrtoshlarga ham O. yozish uchrab turadi. Bir kancha O.lar va ularning qismlariga moʻʼjizakor, sexrli kuch sifatida qaralib, ulardan tumor qilingan; bunday O.lar oyat-ul hafz (himoyalovchi O.), oyat-ush shifo (shifo O.) deb ataladi.
Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va
arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. Markaziy Osiyoga arab yurishlari 643-644yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng
faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi
Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida Markaziy Osiyo ikki qismga
bo‘linadi:
1) Movarounnahr (Ikki daryo oralii).
2) Arodi at-turk (Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari).
Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Yüklə 163,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə