Quronda sura va oyatlarni manosini hozirgi davr voqeligiga bog’liqligi. Reja


Islom dinini yurtimizga kirib kelishi va jamiyat xayotiga tasiri



Yüklə 163,48 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü163,48 Kb.
#152782
1   2   3   4
M iah Falsafa

2. Islom dinini yurtimizga kirib kelishi va jamiyat xayotiga tasiri.
Birinchi omil Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha Markaziy Osiyoda
islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini
saqlab turdilar[1, 29-bet]. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar
uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Ummaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga
bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu
o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida
qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya
yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi omil Ummaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom
dinining qabul qilinishiga monelik qilishlari bilan bog‘liqdir. Chunki arablar ilk
davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan
kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar. Bu holda
mahalliy musulmonlardan jiz’ya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng
huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakati
g‘oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki o‘lkada arab
bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi.
So‘nggi tadqiqotlar Movarounnahr hududlarida islomning ilk davrlarida
ratsionalizmning keng tarqalganligi haqida guvohlik beradi. O‘lkada tabiiyot (Muhammad
ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy) va falsafa (Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino)
ilmlari bilan bir qatorda ratsionalistik diniy ilmlar ham barq urib rivojlandi. Mu‘taziliylar,
ismo‘iliylar, ilk sufiylar (al-Hakim at-Termiziy) madaniy hayot tarixida chuqur iz qoldirdilar.
Bunga javoban islom dunyosining markaziy hududlaridan traditsionalistlar (an’anachilar,
ahl al-hadis) ta’limotlari kirib kela boshladi. Islom ta’limotini keyingi davrda paydo bo‘lgan
yangiliklardan (bid’at) tozalash bu oqimning asosiy shiori bo‘lib qoldi. Bu tanqidiy ruh
muhaddislarga siyosiy sohada ham ancha muvaffaqiyatlar keltirdi. Hadislarni yig‘ish,
tartibga solish va faqat ishonchlilarini to‘plamlarga jamlash borasida mislsiz ishlar qilindi.
Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom ad-Dorimiy, Abd ibn Humayd al-Kashshiy,
Kulayb ibn al-Haysam ash-Shoshiylar hadis to‘plamlari bilan islom tarixi zarvaraqalariga o‘z
ismlarini yozdilar. Natijada muhaddislarning ijtimoiy-siyosiy mavqei Movarounnahrda,
jumladan poytaxt Buxoroda, beqiyos o‘sdi. Bu esa o‘z navbatida markaziy shaharlarda shu paytgacha kuchli mavqega ega bo‘lib kelgan hanafiylar va yangi guruh – ahl al-hadis o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi.
Murji’iylar va hanafiylarning diniy qarashlaridagi bevosita aloqadorlik bir necha
tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan.
Darhaqiqat, o‘z vaqtida Abu Hanifaning (699-767 y.) arab
bo‘lmagan musulmonlarning ham teng huquqli ekanligi g‘oyasi, ularning jamiyatda
kamsitilishlariga qarshi sa’y-harakatlari, dastlab, uning ilohiyot sohasidagi, keyinchalik esa,
fiqhiy ta’limotning Movarounnahr hududida tarqalishiga keng yo‘l ochgan edi[4, 105 bet].
Endi jiddiy muxoliflar bosimi ostida hanafiylar o‘z ta’limotlarini rivojlantirishga majbur bo‘ldilar. Abu Abdulloh al-Buxoriy (v. 878 y.), as-Subazmuniy (v. 952 y.), az-
Zandavisatiyning (XI asr boshi) shoh asarlari shu maqsadga xizmat qilgan.
3. Quron asrimiz ilmi haqida.
Adabiyot va she’riyat hamisha barcha madaniyatlarda insonlar uchun o’z fikrlarini ifodalash hamda yangi g’oyalarni ilgari surish vositalaridan, deb hisoblab kelingan. Butun dunyo guvohi bo’lganki, bir paytlar adabiyot va she’riyat, huddi bugungi kundagi ilm-fan hamda texnologiya rivojlangani kabi, o’z cho’qqisiga chiqqan.
Hattoki, musulmon bo’lmagan olimlar ham, Qur’onni arab adabiyotining yuksak namunasi – arab adabiyotining yer yuzidagi tengsiz misoli sifatida e’tirof etganlar. Qur’on, uni Xudo huzuridan ekanini rad qiluvchi insonlardan shunga o’xshash narsa keltirishlarini talab qiladi:
“ Va agar bandamizga tushirilgan narsamizga shakingiz bo’lsa, unga o’xshash bir sura kеltiring va rost so’zlovchilardan bo’lsangiz, Allohdan o’zga guvohlaringizni chaqiring.
Bas, agar qila olmasanglar, hеch qachon qila olmaysizlar ham, yoqilg’isi odamlar va tosh bo’lgan, kofirlar uchun tayyorlangan o’tdan qo’rqinglar.” (Qur’on 2:23-24)
Qur’on insonlardan undagi suralarga o’xshash bo’lgan aqalli bitta sura keltirishlarini talab qilmoqda. Huddi shu talab Qur’onda bir necha joyda takrorlanadi. Go’zallikda, balog’atda va purma’nolikda Qur’oniy suraga o’xshagan biror bir sura keltirish borasidagi ushbu talabga bugungi kungacha hech kim javob bera olmagan.

Yüklə 163,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə