3. Imom al-Buxoriyning hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#159838
  1   2   3   4
Imim Al Buxoriy


Imim Al Buxoriy
Reja
1. Tarjimai hol
2. IMOM BUXORIY HAYOT YOʻLI VA ILMIY FAOLIYATI

3. Imom al-Buxoriyning hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi




Tarjimai hol
Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muhaddis olim (muhaddislik — hadislar haqidagi fan, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning islom dini uchun xos so‘zlari va ishlari haqidagi xabarlar) va ahamiyatiga ko‘ra Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi “Al Jomiy as Sahih” kitobining muallifi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810 yil Buxoroda tavallud topgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning otasining bobosi birinchi islom qabul qilganlardan bo‘lgan.
Uning otasi muqaddas rivoyatlar baxshilaridan bo‘lgan. 5-6 yoshlaridan Ismoil Qur’on va diniy ilmlarni, xususan, hadislar o‘rganishni boshlagan. Mukammal xotira egasi bo‘lib, u o‘qiganlirini tez o‘rganib olar, so‘ngra ularni har tomonlama tahlil qilardi.16 yoshiga kelib, u o‘sha zamonlarning barcha hadis to‘plamini yoddan bilgan.
825 yil Al Buxoriy o‘z onasi va akasi Ahmad bilan birga haj safarini amalga oshirish uchun Makka va Madinaga yo‘l olishadi. Ziyoratni amalga oshirgach, onasi va akasi Buxoroga qaytib kelishadi, u esa turli musulmon davlatlari bo‘ylab sayohat qilib, o‘z davrining taniqli ustozlaridan ta’lim olgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, u yuz minglab hadislarni to‘plab, ulardan 300 mingtasini yoddan bilgan. U hayotining 42 yilini izlarishlar bilan o‘tkazadi. Kitobi ustida ishlashni u Basrada boshlaydi va uni ko‘p yillar davomida yozadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kitobga 1080 ta muhaddisning hadislari kiritilgan. Hadislarning ishonchliligiga ularning kelib chiqish manbasi va har bir zanjir aniq ko‘rsatgich bo‘la oladi, zero, yetkazib beruvchining axloqiy timsoli nazarda tutilganligi, unga ishonish imkonini beradi.
Manbalardan ma’lumki, u ko‘plab kitoblar yozgan bo‘lib, ular orasida “Ta’rixi Kabir” - “Buyuk Tarix” kitobi ham bor.
“As-Sahih”ni yozgach, u Buxoroga qaytadi va barcha ilm istaganlarga ta’lim beradi, bu orqali u odamlarni savodga o‘rgatib, jamiyatga katta foyda olib keladi. Uning obro‘si shu qadar baland bo‘lganki, unga noma’lum hadis xalqda ishonchsiz hisoblangan.
O‘z irodasiga qarshi ravishda u Buxoro hukmdori Tohirid Xolid ibn Ahmad bilan nizolashib qoladi va Samarqand yoqasidagi Xartang qishlog‘iga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi, shu yerda u 870 yil vafot etgan.
Samarqand viloyatining Chelak tumani Xartang qishlog‘ida joylashgan qabri ziyoratchilarning eng hurmatga sazovor va muqaddas qadamjosiga aylangan.
XVI asrda Imom al Buxoriyning maqbarasi oldiga masjid qurilgan va chinorlar ekilgan.
1998 yilning 23 oktabr kuni Samarqandda taniqli olim tavalludining 1225-yilligi munosabati bilan tanatanalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur hodisa munosabati bilan O‘zbekiston Respublikaning Prezidenti I.A.Karimov rahbarligidagi loyiha - ulkan nodir-me’moriy majmua qad rostlagan. Loyiha amalga oshirilishida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Qo‘qon va Namanganning eng yaxshi quruvchilari va xalq ustalari ishtirok etishgan.
Majmuaga naqshlar bilan bezatilgan darvoza o‘rnatilgan peshtoq orqali kiriladi. Kirish qismining ikki tomoniga majmua qurilishi haqida arab va lotin grafikasida yozilgan yodgorlik toshtaxtalari o‘rnatilgan.
Majmuaning markaziy o‘qida maydoni 9x9 metr, balandligi 17.0 metrni tashkil qiluvchi to‘rtburchak asosli to‘g‘ri burchak shakldagi Ismoil al Buxoriy maqbarasi qad rostlagan. Maqbara gumbazi ikki yoqlama, qovurg‘asimon, moviy rang tasvirlar bilan bezalgan. Devorlari koshinlar, ganch, oniks va granitlarga o‘simlik va geometrik naqshlar solib ishlangan. Dahma tarkazi och yashil rangli oniksdan.
Hovlining chap tarafida xonaqoh va maydoni 786 kv.metrni tashkil qiluvchi galereya o‘rin olgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 1500 kishi namoz o‘qiy oladi. O‘ng tarafida kutubxona hamda islomshunoslikka oil nodir nusxadagi qo‘lyozmalar va litografik kitoblar, turli mamlakatlar davlat arboblarining sovg‘alari, xususan, Kaabning Makkasidan taqdim etilgan kasvalar-choyshablar saqlanuvchi muzey joylashgan.
Hovlining ichidan muhaddislikni o‘rgatuvchi o‘quv markaz joy olgan.
Hovlining markazidan qadimiy chinorlar va hovuz o‘rin olgan bo‘lib, uning oldida shifobaxsh suv otilib turadi.
Imom al Buxoriyning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng tarqatish maqsadida, xalqaro fond tashkil etilib, 2000 yildan buyon o‘zining o‘zbek tilidagi ma’naviy-ma’rifiy ilmiy-adabiy “Imom al Buxoriy saboqlari” jurnalini chop etib kelmoqda.
Al Buxoriy kitoblaridan madrasalarda, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. sunnatlarini (muqaddas naqllar) o‘rganishda universitetning asosiy darsligi o‘rnida foydalaniladi.
Buxoriyning vafotlaridan sal oldin “1080 kishidan hadis yozib oldim, hammalari hadis sohibidirlar” deganlarini eshitganman. Muhammad ibn Abu Hotim Varroq [1]
Tarixning shodon kunlaridan maʼlumki, IX asrda Markaziy Osiyoda turli din ilmlari, tabobat va aljabr fanlarini chuqur oʻzlashtirib, ularning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan allomalar yetishib chiqqan. Jumladan, buyuk faylasuf Abu Nasr al-Forobiy, jugʻrofiya fani olimi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammadin Muhammad ibn Nasir Al-Fargʻoniy, mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino, hadis ilmi podshosi va “Sahih ul Buxoriy” kitobining muallifi Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy kabi buyuk allomalar davri edi.
810 yil 19 iyul. Koʻhna Buxoro shahri.Bu kun qalblarga ajib bir hisni, dillarga xushxon navoni olib keldi. Bu kun dunyoga muhaddislar imomi va hadis ilmining sultoni boʻlmish Muhammad ibn Ismoilni olib keldi. U kishining toʻliq ismlari Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim Ibn Al-Mugʻira Al Juafiy Al-Buxoriydir.Otasi Ismoil ham oʻz davrining olimlaridan boʻlganligi sababli Imom Buxoriyning tugʻilgan sanalarida hech qanday shubha yoʻq, otalari oʻgʻillarining tugʻilgan kunini oʻz qoʻli bilan yozib ketgan. Yoshlik chogʻlaridayoq otalari vafot etib, onalarining qoʻlida tarbiya olgan. Shuningdek, Abdulloh ibn Al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis toʻplamlarini yod olgan, ustozi Shayx Dohiyli bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizgʻin bahslarda qatnashgan. 16 yoshlarida esa onalari va otalari bilan Hijozga qarab yoʻl tutadi, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilib, Hijozda 6 yil yashab, Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bagʻdod kabi shaharlarda yashab bu yerlarda hadis bilan bir qatorda fiqh fanini ham oʻrganadilar.
Nishopurlik Al-Hakimiyning yozishicha, ustozlarining soni 90 talar atrofida boʻlgan. Ular: Yusuf Al-Gʻaryobiy, Musa Al-Abasiy, Ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur boʻlgan imom Isxoq ibn Ibrohim kabilardir.
Bizga hadislarni xifzu-himoyasida saqlab olib kelgan Imom Buxoriy yirik olimgina boʻlib qolmay, u kishi oʻzlarining axloqlari bilan bizga namuna boʻldilar. Goʻzal namunaliklari muruvvatliklari, diyonatliklari, saxovatliklari bilan boshqa insonlardan osmondagi oy kabi tamomila ajralib turadilar. Shuningdek, juda oʻtkir zehn egasi va yodlash qobiliyatlari boʻlganlar, ilm-maʼrifatga boʻlgan ishtiyoqlari bilan tanilganlar. Manbalarda esa Al-Buxoriyning 600 000ga yaqin hadislarni yoddan bilganliklari aytiladi va ular ichidan 200 000 sahifasini ajratib tasnif qilganlar.
 Buxoriy hazratlarining cheksiz ilmga boʻlgan muhabbati barchani hayratda qoldirdi. Ularning mashaqqat va chekkan ulkan zahmati islom poydevorini yuksaltirib, qalblarga Allohga va Rasulimiz sallollohu alayhi vasallamga boʻlgan alangali muhabbatni uygʻotib qoʻydi: Hadis ilmiga boʻlgan intilish, ularning toʻplashga qaratilgan yuksak eʼtibor bu kabi din ilmining inson ruhi va qalbini poklovchi ekanini va ilmga boʻlgan qatʼiyatligini koʻrsatib beradi. Ogʻir va mashaqqatli yillarni bosib oʻtsada, biz avlodlarga oʻzlarining boy merosini qoldirganlar. Bu nodir meros boʻlgan asarlarning soni 20tadan ortiqdir. Ulardan eng sahih hadislar jamlangani “Sahil ul-Buxoriydir. Va shuningdek, “At-tarix al-avsat”, “At-tarix as-sagʻir”, Al-adab al-mubrad”, “Barr ul-volidayn” kabi qimmatli asarlar yozganlar. “Sahih ul-Buxoriy”ning ajralib turadigan xislati shundan iboratki, ungacha hadis jamlagan barcha muhaddislar eshitgan barcha hadislarini sanadlari va ishonchli tomonlariga eʼtibor qilmay kiritaverganlar. Ammo hadis ilmining gultoji boʻlmish imom Buxoriy roviylarga va sanadlarga alohida eʼtibor qaratib, ularning ishonchli boʻlganlarini ajratib, alohida kitob shaklda keltirganlar. Bu asar oʻz ichiga takrorlanadigan hadislar, bular 7275tani, takrorlanmaydigan holda esa 4 000 ta hadisni oladi.Bu hadislarni yigʻish jarayoni muhaddisdan juda hatto qiyinchiliklarni talab qilgan boʻlsa-da, hazrat bu sharafli ishni birinchi boʻlib bajarganlar. Bu asar yozilganiga 1 200 yildan oshgan boʻlsa-da, hanuzgacha u barcha islom diyorlari va musulmon xonadonlarida Qurʼoni karimdan keyin turuvchi muqaddas manba hisoblanadi. Hatto koʻplab islom taʼlim muassasalarida hadis ilmining tayanchi boʻlib kelmoqda. Har yerda yaxshilik boʻldiki, albatta uning ziddi ham boʻladi. Imom Buxoriy ilm safaridan qaytganlaridan soʻng, koʻhna Buxoroda koʻplab ishtiyoqli shogird va ulamolarga hadis ilmidan saboq bera boshladilar. Omma ichida ulkan hurmatni qozongan boʻlsalarda, baʼzi hasadgoʻy kimsalarga gʻarazli tuygʻular kurtak ocha boshladi.Bu kishilar xatti-harakati bilan imom Buxoriyning oʻsha paytdagi Buxoro amiri boʻlgan Xolid ibn Ahmad bilan munosabatlari buzilib qoldi. Bunga yetarlicha sabablar ham bor edi: Sabab shundan iborat ediki, amir al-Buxoriyni huzuriga chaqirtirib, “Sahih al-Buxoriy” va “At-tarix” kitoblarini oʻqib berishini buyuradi. Lekin amirning bu talabi Buxoriyga yoqmadi va shunday javob beradilar: “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak boʻlsa, oʻzi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni tabiblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi”, Bu voqeadan keyin amir imom Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin Buxoriy Samarqandga boradilar.Oʻsha yerda bir oz muddat yashab, shogirdlarga taʼlim beradilar va ogʻir kasallikka chalinib qoladilar. Falakning eng ogʻir yoʻqotishi, qalblarni zabt etgani tufayli yoʻqligi koʻz yosh va ogʻir sogʻinchga sabab boʻlgan buyuk muhaddis 60 yoshlarida milodiy 870 yil Allohning rahmatiga ketadilar.
Imom Buxoriy haqida Yahyo ibn Jaʼfar ibn Aʼyun Boyqandiy shunday deydi: “Agar oʻz umrimni Imom Buxoriyning umrlariga qoʻshib, u kishining hayotlarini ziyoda qilishga qodir boʻlsaydim, albatta shunday qilar edim. Zero, mening oʻlimim bir insonning vafoti, xolos. Ammo u zoti sharifning vafot etishi ilmning ketishi va olamdan oʻtishidir 2”.
Aslida imom Buxoriy haqida qancha yozishni istasak, dengiz siyohlari ham kamlik qiladi.
Zero, bu zotni qabrlarini ziyorat qilish istagida yonayotganlar anchagina. Fargʻona, Navoiy, Namangan kabi shaharlarni yaxshi tanimasalarda, koʻpgina chet el kishilari ham bu zotning hurmatlarida koʻhna Buxoro va Samarqand shaharlarini yaxshi biladi. Koʻpchilik ulamolar bu zot haqlarida ulkan asarlar yozishga kirishayotgan bir paytda kaminaning ikki ogʻiz soʻzi dengizdan bir tomchidir aslida. Imom Buxoriyning ilmiy jasoratlarini va shuhratlari u kishining asarlari va hadis ilmiga qoʻshgan buyuk hissalari barchani ilm yoʻliga kirishga va sobit qolishga undaydi: Vaholanki, Paygʻambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam oʻz muborak hadislarida shunday marhamat qiladilar: “Mening soʻzimni eshitib, uni anglab, yod olib, soʻng uni boshqalarga oʻzi eshitgandek yetkazgan kishini Alloh yorlaqasin, yuzini yorugʻ qilsin” Alloh taolo vaʼdalarga xilof qilguvchi zot emas, shu sababli ushbu hadisning himoyasi ila bu muborak ishning boshida turgan Hazrat imom Buxoriy va yozgan ulkan ilmiy meroslarini hamda bu manbalarni bizga yetkazganlarni ulkan ajrlar bulogʻiga burkab siylasin.


Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə