Quronda sura va oyatlarni manosini hozirgi davr voqeligiga bog’liqligi. Reja



Yüklə 163,48 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü163,48 Kb.
#152782
1   2   3   4
M iah Falsafa

YERNING SHAR SHAKLIDA EKANI
Qadimgi davrlarda insonlar yerni yassi deb bilganlar. Ko’p asrlar uzoq joylarga safar qilishga jur’atlari yetmagan, ular yer tugab qolib pastga qulashdan qo’rqishgan! Ser Fransis Dreik yerni shar shaklida ekanini isbotlagan birinchi kishi edi, u bu ishini 1597 yil yerni kemada aylanib chiqqanidan so’ng bajardi.
Kecha va kunduzni almashib turishi haqidagi quyidagi Qur’oniy oyatga e’tibor beringa:
“Alloh kеchani kunduzga kiritishini va kunduzni kеchaga kiritishini… ko’rmadingmi?!” (Qur’on 31:29)
Ushbu oyatning ma’nosi: kecha sekin-asta va bosqichma-bosqich kunduzga o’zgaradi va aksincha. Bu hodisa yer shar shaklida bo’lganidagina sodir bo’lishi mumkin. Agar yer yassi bo’lganida edi, kechaning kunduzga va kunduzning kechaga o’zgarishi bir lahzadayoq amalga oshgan bo’lardi. Quyidagi oyati karima ham yerning shar shaklida ekaniga ishora qiladi.
“U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kеchani kunduz ustiga o’raydigan, kunduzni kеcha ustiga o’raydigan… zotdir.” (Qur’on 39:5)
Ushbu oyatda “o’ramoq” ma’nosini bildirib kavvara so’zi kelgan, sallani boshga o’rashda ham aynan shu so’z ishlatiladi. Bu narsa yerning shakli sharsimon, dumaloq bo’lganidagina sodir
bo’lishi mumkin.
Yer huddi to’p kabi dumaloq emas, balki geo-sferikdir, ya’ni qutblarga tomon yassilashib boradi. Quyida keltiriladigan oyat yerning asl shakli haqida ma’lumot beradi:
“Va undan so’ng yerni tuxum shaklida qildi.” (Qur’on 79:30)
Bu oyatda tuxum ma’nosini bildirib kelgan so’z arabchada dahaahaa bo’lib, bu aslida tuyaqushning tuxumiga nisbatan ishlatiladi. Tuyaqushning tuxumi yerning geo-sferik shakliga o’xshaydi.
Shunday qilib, o’sha paytlarda yerning yassi, deb hisoblash keng tarqalgan tushuncha bo’lganiga qaramay, Qur’on yerning shaklini to’g’ri tasvirlab bermoqda.
Xulosa:
Qur’onda kelgan ilmiy faktlarni tasodifga yo’yish sog’lom aqlga to’g’ri kelmaydi, va haqiqiy ilmiy yondashuvga zid bo’ladi.
Batahqiq, Qur’ondagi ilmiy daqiqlikni Qur’onning o’zi baralla e’lon qilib qo’ygan:
“Biz ularga ham ufqlardagi, ham o’z nafslaridagi oyat-bеlgilarimizni ko’rsatamiz. Toki ularga Uning haqligi ravshan bo’lsin. Sеning Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!” (Qur’on 41:53)
Qur’on quyidagi oyatda, barcha insonlarni koinotning yaratilishi haqida bir tafakkur qilib ko’rishga chorlaydi:
“Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kеcha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun bеlgilar bor.” (Qur'on 3:190)
Qur’ondagi ilmiy dalillar uning Ilohiy ekanini tasdiqlamoqda. O’n to’rt asr ilgari, bu darajada salmoqli ilmiy dalillarni o’zida mujassam qilgan mana shunday bir kitobni yozishga hech bir odam bolasi qodir bo’lmagan.
Shularnining barchasini hisobga olib bo’lsada aytamiz, Qur’on ilmga bag’ishlangan emas, balki oyatlar –belgilar, ishoralar, mo’jizalar, alomatlar kitobidir. Ushbu oyatlar insonni yerdagi hayotidan maqsadni anglashga va tabiat bilan uyg’unlikda yashashga chorlaydi. Qur’on, haqiqatda ham, butun olamlarning Yaratguvchisi va Robbisi –Allohdan kelgan Ilohiy ko’rsatmalar majmuidir. U barcha payg’ambarlar, Odam, Muso, Iso va Muhammad (alayhimussalom) larning umumiy yo’li, ya’ni Allohning biru bor Iloh ekaniga asoslangan ta’limotni olib kelgan.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 163,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə