Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” loyihasi 
 
 
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB 
MASALALARI” moduli bo‘yicha 
“MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI”
o‘quv kursining 
 
“JANUBIY AMERIKA MATERIGIGA UMUMGEOGRAFIK 
TAVSIF” 
 
mavzusidan ma’ruza matni 
Toshkent 2022 


Mavzu: Janubiy Amerika materigiga umumgeografik tavsif 
 
Reja: 
1.
 
Janubiy Amerika materigini o‘rganilishi tarixi 
2.
 
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari 
3.
 
Iqlimi va ichki suvlari 
Yangi Dunyoni dastlabki kashf etilgan vaqti hozirga qadar ham uncha aniq 
emas. Olimlarning fikricha Amerika qirg‘oqlariga Yevropaliklar ham Afrikaliklar 
ham suzib borishgan va yangi yerlar bilan tanishishgan. Skandinaviyada yashagan 
vikinglar ming yillar ilgari dengizlarda suzib yurganlarida okean ortidagi notanish 
qirg‘oqlarga borib qolganliklari ma’lum. Lekin vikinglar Yangi Dunyoni kashf 
etganliklarini o‘zlari ham bilishmagan va bundan buyuk kashfiyotlar to‘g‘risidagi 
tushunchalar keyinchalik butunlay unutib yuborilgan. 
Vikinglarning suzishlaridan besh yuz yil keyin yevropalik dengizchilar 
okean ortidagi materikni qaytadan kashf etishga muvaffaq bo‘ldilar. XV asr oxiri va 
XVI asr boshida fanning hamda dengizda suzishning rivojlanishi Buyuk geografik 
kashfiyotlarga olib keldi. Amerikaning qayta kashf qilinishi Hindistonga, ya’ni 
Janubiy va Sharqiy Osiyoga g‘arbdan suv yo‘li orqali borishni maqsad qilgan 
Xristofor Kolumb ekspeditsiyasidan boshlandi. U Yerning shar shaklida ekanligini 
hisobga olib, 1492-yilda g‘arbga tomon suzishni boshlaydi. X.Kolumb Atlantika 
okeanidan suzib o‘tayotgan vaqtda Shimoliy Passat oqimlarini, Sargasso dengizini, 
bir qancha orollarni kashf etadi, materikka chiqadi. 1498-yilda X.Kolumb Trinidad 
orolini va Janubiy Amerikaning Orinoko deltasi atrofidagi yerlarni tekshiradi. 
1499-1501-yillarda uyushtirilgan ispan ekspeditsiyalarida ishtirok etgan 
Amerigo Vespuchchi, A.Nino, A.Oxeda va R.Bastidaslar materikning shimoliy 
sohillarida ilmiy tekshirish ishlarini amalga oshirdilar. Tabiatga qiziquvchan va 
ilmiy kuzatishlarni olib borgan A.Vespuchchi yangi kashf etilgan yerlarni dastlabki 
geografik tafsilotini yozdi. 1500-yilda ispanlardan V.Pinson va D.Lepe boshchilik 
qilgan ekspeditsiyalar hamda portugallik P.A.Kobral rahbarlik qilgan ekspeditsiya 
Janubiy Amerikaning sharqiy sohillarini kashf etishdi. 
1507-yilda lotaringiyalik kartograf M.Valdzemyuller janubiy materikni 
florensiyalik Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif qildi.
1541-yildan keyin bu nom Shimoliy Amerika uchun ham rasm bo‘ldi. 
1516-yilda ispaniyalik dengizchi sayyoh H.D.Solis Urugvay va Parana 
daryolarining quyi oqimidagi yerlarni tekshirdi va geografiyaga oid materiallarni 
to‘pladi. 1520-yilda F.Magellan boshliq ispan ekspeditsiyasi materikning janubiy 
qirg‘oqlarigacha suzib bordi va Patagoniya (hozirgi Magellan) bo‘g‘ozi orqali Tinch 
okeanga chiqdi. Bo‘g‘ozning janubidagi joylarni Magellan Olovli Yer deb atadi.
 


Janubiy Amerika tabiatini kompleks tekshirgan dastlabki olimlardan biri 
nemis geografi va sayyohi Aleksandr Gumboldtdir. U fransuz botanigi E.Bonplan 
bilan birga 1801-yilda Janubiy Amerika tabiatini har tomonlama mukammal 
o‘rganish uchun ekspeditsiya tashkil etdi. A.Gumboldt materikning dastlabki 
geologiya kartasini tuzdi, g‘arbiy qirg‘oqlar tabiatini tasvirlab yozdi, qirg‘oq 
yaqinidagi dengiz oqimini o‘rgandi va bu oqimning sohil bo‘yi iqlimiga ta’sirini 
izohlab berdi. U And tog‘lari tabiatini o‘rganib, balandlik mintaqalik g‘oyasini ilgari 
surdi. 
Janubiy Amerika tabiatini tadqiq etishda rus sayyohlari ham o‘z hissalarini 
qo‘shdilar. XIX asrning boshida N.G.Rubsov va G.I.Langsdorf boshchiligidagi 
ilmiy safar xodimlari Braziliya tog‘ligida ilmiy tekshirish ishlari olib bordi. Ilmiy 
safar ishtirokchilarining asosiy maqsadi Braziliya tog‘ligining ichki rayonlari tabiiy 
sharoitini hamda tubjoy aholisining etnografik xususiyatlarini o‘rganish edi. Bu 
maqsad ular tomonidan to‘liq amalga oshirildi. 
Botanik olimlardan N.I.Vavilov 1932-1933 yillarda materikka ilmiy safar 
uyushtirib, u yerda dehqonchilikning qadimgi o‘choqlarining geografik markazlarini 
va vatani Janubiy Amerika bo‘lgan bir necha tur madaniy o‘simliklarning kelib 
chiqishini aniqladi. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə