Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Markaziy tekisliklar. 
Paragvay, Parana va Urugvay daryo havzalarida
Janubiy Amerika platformasining bukilgan qismida, And tog‘lari bilan Braziliya 
yassi tog‘ligi oralig‘ida Markaziy tekisliklar joylashgan. Bu tekislik meridional 
ravishda shimoldan janubga qarab katta masofaga cho‘zilgan. Uning 
morfostrukturasi Gran-Chako, Mamore-Boni tekisliklaridan hamda La-Plata 
pasttekisligidan tarkib topgan. 
Markaziy tekisliklarning shimoli-g‘arbidagi Gran-Chako tog‘oldi tekisligi 
o‘zining relef xususiyatlariga ko‘ra Shimoliy Amerikaning Buyuk tekisliklariga 


o‘xshaydi. Uning yer yuzasi okean sathidan 600-800 m baland ko‘tarilgan, daryo 
vodiylari bilan chuqur kesilgan. Yuza qismi tog‘lardan keltirilgan kontinentel 
yotqizikdardan iborat. Janubiy pasaygan qismi to‘rtlamchi davr allyuvial, 
flyuvioglyatsial va lyossimon jinslar bilan qoplangan. 
Shimolda Mamore-Paragvay daryolari oralig‘ida joylashgan baland tekislik 
platformali zaminning ko‘tarilgan bir qismi bo‘lib, And sturukturasiga yaqin. Uning 
relef shakllari orasida baland nuqtasi 1400 m dan oshadigan balandliklar uchrab 
turadi. 
La-Plata pasttekisligi Markaziy tekisliklarning eng pastqam, botqoqlangan 
regioni bo‘lib, u struktura jihatdan Janubiy Amerika platformasiga qarashli 
sineklizaning katta qismi hisoblanadi. Past-tekislik Braziliya yassi tog‘ligi, And 
tog‘lari va Pampa Serralarida yemirilgan tog‘ jinslarini daryo suvlari yordamida 
oqizib kelib yotqizishi tufayli hosil bo‘lgan. Keltirilgan kontinental yotqiziqlarning 
qalinligi Pampada ming metrdan, boshqa uchastkalarda bir necha ming metrgacha 
boradi. Pampaning janubi-sharqiy qismida qoldiqli tog‘ massivlari - Pampa Serralari 
joylashgan bo‘lib, ular Buenos-Ayres Seralari deb ham ataladi. 
Prekordilera va Pampa Serralari. 
Argentinaning shimoli-g‘arbiy qismida 
balandligi 2000 m.dan 6000 m. gacha ko‘tarilgan Prekordilera tog‘lari va Pampa 
Serralari platformaning chekka qismida neogendagi vertikal harakatlar natijasida 
vujudga kelgan. Ularning hosil bo‘lishida And geosinklinal zonasida sodir bo‘lgan 
alp burmalanishining roli katta. Tog‘ tizmalari oralig‘ida kontinental yotqiziqlar 
bilan to‘lgan cho‘kmalar mavjud. Pampa Serralari va Prekordilera deb ataluvchi bu 
tog‘larning bir qismi And tizimi tarkibiga qaraydi. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə