Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Tropik mintaqa. 
Janubiy Amerikaning tropik iqlim mintaqasiga Braziliya 
yassi tog‘ligining sharqiy va janubi-sharqiy qismlari, Gran-Chako tekisligi va Tinch 
okean sohilining 5° va 30° j.k. lar oralig‘i kiradi. Tropik mintaqaning iqlimi xilma-
xil va sharqdan g‘arbga qarab o‘zgarib boradi.
Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy va janubi-sharqiy qismlari uchun yil 
davomida Atlantika okeanidan keladigan tropik havo massalari ta’sirida hosil 
bo‘lgan nam iqlim harakterli. Atlantika okeanidan keladigan janubi-sharqiy passat 
shamollari o‘zi bilan nam havo massalarini keltirib, Braziliya yassi tog‘ligining yon 
bag‘rlarini materikning chekka qismlarini yilning aksariyat davrida atmosfera 
yog‘inlari bilan ta’minlaydi. Bu yerga yil davomida 2000-3000 mm atrofida yog‘in 
yog‘adi.
Tropik mintaqali materikning ichki tekislik qismida, Gran-Chako tekisligida 
yil bo‘yi yog‘ingarchilik sharqiy regionga nisbatan kam bo‘ladi. (500-1000 mm). 
Materik ichkarisidagi tropik iqlimda atmosfera yogin rejimi subekvatorial 
mintaqadagiga o‘xshash bo‘lib, bu yerda ham yogangarchilik asosan yozda
qurg‘oqchilik qishda bo‘ladi. Lekin undan yillik yog‘in miqdorining kamligi va 
haroratning keskin o‘zgaruvchanligi bilan farq qiladi. O‘rtacha oylik harorat 20°-
28°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat (47°S) Gran-Chako tekisligida kuzatilgan. 
Braziliya yassi tog‘ligida kishning o‘rtacha harorati 12°-16°S ga teng. 
Tropik mintaqaning Tinch okean qirg‘oq bo‘yi tekisliklari va tog‘ etaklari 
uchun cho‘l va chala cho‘l iqlim tiplari harakterli. Bu tipdagi iqlim ayniqsa Atakama 
cho‘lida yaqqol ifodalangan. Qirg‘oq bo‘yi cho‘l va chala cho‘llarida havoning 
nisbiy namligi 80% bo‘lishiga qaramasdan yog‘in juda kam yog‘adi. Issiq oyning 
harorati o‘rtacha bo‘lib, ahyon-ahyonda 20°S"dan oshadi. Tinch okean sohilidagi 
tekisliklarda Peru sovuq oqimi yomg‘irli bulut emas, balki tuman hosil bo‘lishiga 
yordam beradi. Tuman tarkibidagi mayda nam zarrachalari qurg‘oqchil tropik 
cho‘lni namlab turadi. Bu tropik cho‘llarning yagona nam manbai hisoblanadi. 
Atakama cho‘li yagona namlikni ana shu tumanlardan oladi.

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə