Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Subtropik mintaqa. 
Materikning 30° va 40° j.k. lar oralig‘i subtropik iqlim 
mintaqasiga qaraydi. Bu mintaqaning iqlimi yozda tropik havo massalari ta’sirida 
va qishda mo‘’tadil havo massalari ta’sirida tarkib topadi. Subtropik mintaqada ham 


tropik mintaqadagiga o‘xshash ichki iqlim tafovutlari mavjud bo‘lib, ular sharqdan 
g‘arbga qarab namoyon bo‘ladi. 
Materikning janubi-sharqiy qismi, Urugvay hududi, Braziliya yassi 
tog‘ligining janubiy chekka qismi, Parana va Urugvay daryo oralig‘i, Pampaning 
sharqiy qismi yil davomida bir me’yorda sernam bo‘lib turadigan nam subtropik 
iqlim oblastiga qaraydi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 1000-2000 mm ni tashkil 
etadi. Yozi issiq, kishi yumshoq bo‘ladi, qish oyining o‘rtacha harorati +10°S 
atrofida. Janubdan sovuq havo massalari kirib kelganda havo harorati 0°S dan ham 
pasayadi.
Subtropik mintaqada materik ichkarisiga kirib borgan sari (Pampaning 
g‘arbiy qismi) kontinentallik orta boradi, yog‘in faqat yozda yog‘adi. Atlantika 
okeanidan nam havo massalari kam yetib kelganligi tufayli yillik yog‘in miqdori 500 
mm dan oshmaydi. Havo harorati nam subtropik iqlim oblastiga o‘xshash. 
Materikning eng g‘arbiy qismida, Tinch okean sohilining 30° va 37° j.k. lari 
oralig‘ida o‘rta dengiz bo‘yi tipidagi qishi yumshoq, sernam va yozi quruq subtropik 
iqlim tarkib topgan.
Mo‘tadil mintaqa. 
Materikning 40° j.k. dan janubdagi tor qismida mo‘tadil 
iqlim mintaqasi joylashgan. Bu mintaqa o‘zining iqlim xususiyatlari bilan 
shimoldagi iqlim mintaqalaridan keskin farq qiladi. Uning hududida ikkita iqlim 
oblasti ajratiladi. Mintaqaning g‘arbiy qismida, Tinch okean sohilida mo‘tadil 
dengiz iqlimi shakllangan. Bu yerda qish nisbatan iliq, havo harorati +4°S, +6°S, 
ob-havo ko‘pincha bulutli va shamolli bo‘ladi. Yoz oylari salqin, sernam, tez-tez 
yomg‘ir yog‘ib turadi, havo harorati +15°S dan yuqori ko‘tarilmaydi. O‘rtacha 
yillik-yog‘in miqdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi. 
Mintaqaning sharqiy qismida iqlim g‘arbiy qismiga nisbatan keskin 
kontinentalligi bilan farq qiladi. Chunki Patagoniya yassi tog‘ligi ustida mo‘tadil 
kenglikning kontinental havo massalari vujudga keladigan markaz mavjud. Bundan 
tashqari atmosfera yog‘inlari bu yerga g‘arbiy shamollar yordamida keladi. Biroq 
Patagoniya g‘arbdan And tog‘lari bilan to‘silganligi tufayli nam havo massalari 
bemalol o‘ta olmaydi. Shu sababli bu regionda yog‘in miqdori 250-300 mm dan 
oshmaydi. Bu yerda qish sovuq, yoz esa iliq va quruq bo‘ladi. Antarktikadan 
keladigan sovuq havo massalari tufayli qishda qattiq sovuqlar bo‘lib turadi. 
Patagoniyada minimal harorat -35°S kuzatilgan. O‘rtacha oylik harorat 0°S dan 
yuqori. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə