Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Foydali qazilmalari. 
Janubiy Amerikaning ma’danli resurslari uning barcha 
hududlari bo‘ylab bir tekisda tekshirilgan emas. Tadqiq etish natijasida aniqlangan 
va qazib chiqarilayotgan foydali qazilmalarning geografik tarqalishi va joylashishi 
materikning geologik strukturasi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin, Janubiy 
Amerikaning qadimiy kristalli qalqonlarida, vulkanik va tektonik jarayonlar 
natijasida hosil bo‘lgan magmatik intruziv va effuziv jinslarda asosan rudali, rangli 
va nodir metallar keng tarqalgan. Platformaning botiq va bukilmalarida, qirg‘oq 
bo‘yi pasttekisliklarida to‘plangan cho‘kindi jinslar qatlamida rudasiz foydali 
qazilmalar-neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, selitra konlari ko‘pchilikni tashkil etadi.


Braziliya yassi tog‘ligining janubi-sharqiy qismida va Gviana yassi 
tog‘ligining shimolida juda katta temir va marganes ruda konlari bor. Shuningdek, 
Braziliya yassi tog‘ligining janubi-sharqiy chekkasida va Gviana yassi tog‘ligining 
shimoli-sharqida hosil bo‘lishi qadimiy magmatik intruziv jinslar bilan bog‘liq 
bo‘lgan oltin, olmos, radiaktiv elementlar, boksit va nikel konlari keng tarqalgan. 
Hozirgi kunda bu yassi tog‘liklardan boksit konlarining juda katta zahiralari 
topilgan.
Rudali konlarning va rangli metallarning asosiy zahiralari And tog‘ tizimida 
joylashgan. Venesuelada oltin, marganes, olmos, temir rudasi va neft konlari bor. 
Kolumbiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi And tog‘larida va tog‘ oralig‘i botiqlarida 
mis, platina, oltin, neft va tosh ko‘mirkonlari joylashgan. Ekvadorning Tinch okean 
sohilidan neft, tog‘laridan oltin va kumush qazib olinadi. Peru Andida oltin, simob, 
vanadiy, vismut, mis, toshko‘mir konlari va polimetallar keng tarqalgan. 
Janubiy Amerikada foydali qazilmalarga eng boy region Chili hisoblanadi. 
Uning hududida temir, marganes rudalari, radioaktiv elementlar, simob, oltin, 
molibden va boshqa qazilma boyliklar ko‘plab uchraydi. Chilida dunyodagi eng 
yirik mis konlaridan biri joylashgan. Hatto tog‘ tizimining nomi ham "anta" so‘zidan 
kelib chiqqan. Antainklar tilida mis degan ma’noni anglatadi. Chilining Tinch okean 
sohillarida va Atakama cho‘lida dunyoda yagona bo‘lgan tabiiy selitra konlari 
uchraydi. Amazonka pasttekisligi, Braziliya yassi tog‘ligi va Patagoniya platformasi 
hududlaridan neft konlari topilgan. Bu foydali qazilmalar Janubiy Amerika 
davlatlarining xalq xo‘jaligini rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Janubiy Amerikaning ayrim iqlim xususiyatlari Afrikaning iqlim 
xususiyatlariga o‘xshab ketadi. Bunga sabab har ikkala materik ekvatorning ikki 
tomonida joylashgan. Biroq Janubiy Amerikaning asosiy qismi ekvatordan janubda, 
kamroq qismi esa shimolda joylashgan. Afrikaning hududi esa ekvatorning har 
ikkala tomonida simmetrik joylashgan. 
Materikning kengaygan katta qismi ekvatorial va tropik kengliklarga 
toraygan janubiy qismi subtropik va mo‘tadil kengliklarga qaraydi. Janubiy tropik 
chiziq materikning Rio-de-Janeyro shahrining janubrog‘idan o‘tadi. 
Janubiy Amerikaning asosiy qismi Afrikaga o‘xshash juda katta miqdorda 
quyosh radiatsiyasini qabul qiladi. Bu yerda quyoshdan keladigan umumiy 
radiatsiya miqdori har 1 sm
2
maydonda 140-160 kilo kaloriyami tashkil etadi. 
Materikning janubiy qismida, 40° j.k. dan janubroqda bu ko‘rsatkichlar har 1 sm
2
maydonda 120-80 kilo kaloriyagacha kamayadi. Bu jihatdan har ikkala materikning 
bir xil kengliklardagi iqlim sharoiti bir-biriga o‘xshashroq. Lekin Janubiy Amerika 
bilan Afrika iqlimi o‘rtasida o‘xshashliklardan tashqari keskin farqlar ham bor.
 


Janubiy Amerikaning katta qismi ekvator atrofida joylashgan bo‘lishiga 
qaramasdan bu yerda Afrikadagiga o‘xshash jazirama issiq, bo‘lmaydi va juda keng 
maydonlarni egallab yotgan arid iqlimli cho‘l landshaftlari ham yo‘q. 
Janubiy Amerika iqlimini shakllanishida Atlantika va Tinch okeanlarining 
roli katta. Ammo materikning g‘arbiy qismi bilan sharqiy qismini iqlimini hosil 
bo‘lishida okeanlardan keladigan havo massalarining ta’sir doirasi yer yuzasining 
orografik tuzilishiga kura-ma’lum darajada cheklangan. 
Atlantika okeanidan keladigan havo massalari materik ichkarisiga-kirib 
borib, And tog‘ tizimini sharqiy yon bag‘rigacha ta’sir etadi. Janubiy Amerikaning 
g‘arbiy chekka qismida And tog‘ tizimi butun materik bo‘ylab cho‘zilib, to‘siq 
vazifasini bajarganligi sababli Tinch okeanidan keladigan havo massalarining ta’sir 
darajasi Atlantika okeanidan keladigan havo massalarining ta’sir doirasiga nisbatan 
g‘arbiy tor polosa bilan chegaralanadi. G‘arbiy sohilni faqat iqlimini emas, balki 
xilma-xil tabiat komplekslarini shakllanishida Peru sovuq oqimining roli katta. 
Jumladan okean sohiliga yaqin joylashgan Atakama cho‘l landshaftlarining vujudga 
kelishi Peru sovuq oqimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib bevosita uning hosilasi 
hisoblanadi. 
 
Janubiy Amerikaning asosiy iqlim xususiyatlarini materik ustida shakllanib, 
yil davomida hukmronlik qiladigan ekvatorial havo massalari belgilaydi. Ekvatorial 
havo massalari o‘zining sernamligi va doimiy iliqligi bilan mo‘tadil kenglik havo 
massalaridan farq qiladi. Shuning uchun ekvatorial va subekvatorial kengliklarda 
havoning harorati yil davomida deyarli o‘zgarmaydi. Ekvatorial havo massalari bir 
yarim shardan ikkinchi yarim sharga shimoliy va janubiy ekvatorial passatlar 
yordamida almashinib, atmosfera yog‘inlarini tez-tez takrorlanib turishiga 
imkoniyat yaratadi. 
Materik iqlimining shakllanishida okeanlar ustida hosil bo‘lgan tropik havo 
massalari ham ishtirok etadi. Okeanlar ustidagi tropik antitsiklonlardan hosil bo‘lgan 
tropik havo massalari materikka passat shamollari yordamida olib kelinadi. Bu havo 
massalari o‘zining xususiyatlariga ko‘ra ekvatorial havo massalariga ancha 
o‘xshash. Materikning tropik kengliklarida dengiz havo massalarining 
transformatsiyalanish natijasida kontinental havo massasi shakllanadi. U nisbatan 
quruq va haroratining o‘zgarishi fasllarga qarab sezilib turadi. Materikning eng 
janubiy qismini iqlimiga mo‘tadil kenglik havo massalari ta’sir etadi. 
Janubiy Amerikaning geografik joylashishi uning hududida faqat 
subekvatorial iqlim mintaqasining ikki marta ekvatordan ham shimolda ham janubda 
takrorlanishiga imkon beradi. Boshqa iqlim mintaqalari esa ekvatordan faqat 
janubga tomon almashinib boradi. Materikning g‘arbiy qismidagi And tog‘ tizimi 
uchun balandlik iqlim mintaqalari harakterli. 


Materik yer yuzasining tuzilishi atmosfera sirkulyatsiyasiga hamda harorat 
va yog‘inlarning notekis taqsimlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, eng ko‘p yog‘ingarchilik g‘arbiy Amazoniyada, Janubiy Chilida va 
shimoli-g‘arbiy And tog‘larining g‘arbiy qismida bo‘ladi bu yerlarda yillik yog‘in 
miqdori 5000-6000 mm ga yetadi. Hatto shimoli-g‘arbiy And tog‘larining g‘arbiy 
qismidagi pasttekisliklarda 7000 mm gacha, Qirg‘oq Kordilerasining g‘arbiy yon 
bag‘rida 10000 mm gacha yomg‘iryog‘adi. Bu regionda yil davomida 
yog‘ingarchilik bo‘lmaydigan kunlar sanoqli. Gvianava Braziliya yassi 
tog‘liklarining sharqiy yon bag‘rlarida ham yog‘injuda ko‘p yog‘adi va uning 
o‘rtacha yillik miqdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi, Patagoniya bilan And tog‘lari 
o‘rtasidagi zinapoyasimon platolarkontinental tropik havo massalari ta’sirida 
bo‘lganligi sababli qurg‘oqchil va bu yerga tushadigan yog‘in miqdori 150-250 mm 
dan oshmaydi. Tinch okeanning And tog‘lariga tutashgan sohilida, Chilining 
shimoliy-qismidagi Atakama cho‘lida bir necha yillab muttasil yog‘in yog‘maydi. 
Janubiy Amerikaning katta qismida haroratning yuqori bo‘lishi namlikning 
yetarli darajada bo‘lishi o‘simliklarning yil bo‘yi vegetatsiyasini davom etishiga 
qulay sharoit yaratib beradi Materikda barcha madaniy tropik o‘simliklarni 
yetishtirish va har yili bir necha marta hosil olish uchun qulay sharoit mavjud. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə