Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

 Iqlim mintaqalari. 
Janubiy Amerikada oltita iqlim mintaqasi mavjud. 
Bular ekvatorial, shimoliy va janubiy subekvatorial, tropik, subtropik hamda 
mo‘tadil mintaqalar. Har qaysi mintaqa bir-biridan havo harorati, yog‘in miqdori va 
atmosfera sirkulyatsiyasi tafovutlari bilan ajralib turadi. 
Ekvatorial mintaqa. 
Bu mintaqaga Amazonka pasttekistligining o‘rta va 
g‘arbiy qismlari, Gviana yassi tog‘ligi hamda Orinoko pasttekisligining 
Amazonkaga tutashgan joylari va Tinch okean qirg‘og‘ining ekvatordan 
shimolroqdagi qismi kiradi. Ekvatorial mintaqada doimiy nam va issiq harorat 26°, 
28°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 2000 mm dan ortadi.
Subekvatorial mintaqalar. 
Ekvatorial mintaqadan shimol, va janubda 
subekvatorial iqlim mintaqalari joylashgan. Shimolii subekvatorial iqlim 
mintaqasiga Karib dengizi sohillari, Orinako pasttekisligi, Gviana pasttekisligi va 
Gviana yassi tog‘ligining katta qismi qaraydi. Janubiy subekvatorial iqlim 
mintaqasiga Braziliya yassi tog‘ligining shimoliy qismi, Amazonka 
pasttekisligining janubiy qismi va Tinch okean sohilining ekvatordan to 5° j.k. gacha 
bo‘lgan qismi kiradi. Shimoliy va janubiy yarim sharlarning subekvatorial 
mintaqalari materikning sharqiy qismida o‘zaro tutashadi. 
Subekvatorial iqlim mintaqalarida yozda ekvator havo massalari, qishda 
tropik havo massalari barqaror bo‘ladi. Shu sababli subekvatorial iqlim uchun 
sernam yoz va qurg‘oqchil issiq qish fasllari harakterlidir. O‘rtacha oylik harorat 
25°, 30° S ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori mintaqaning aksariyat 


qismida 1500-2000 mm dan ortadi. Faqat Braziliya yassi tog‘ligining shimoli-
sharqiy qismiga yiliga 1000 mm dan kamroq yog‘in tushadi. 
Janubiy yarim sharda, Braziliya yassi tog‘ligida, Amazonka pasttekisligining 
janubida ekvatorial musson bilan bog‘liq bo‘lgan yomg‘ir davri dekabrdan 
maygacha davom etadi. Shimoliy yarim sharda aksincha, yomg‘ir davri maydan 
dekabrgacha davom etadi. Qishda tropik passatlar hukmronlik qilgan davrda 
yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə