Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

And tog‘larining iqlimi. 
And tog‘ tizimining iqlimi sharoiti juda xilma-xil 
bo‘lib, uning muayyan ravishdagi o‘zgarishi ikki xil yo‘nalishda - balandlik va 
kenglik bo‘ylab yaqqol namoyon bo‘ladi. Birinchi yo‘nalishda tog‘larning etagidan 
ularning tepalariga tomon iqlimning balandlik o‘zgarishi bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish 


katta masofaga cho‘zilib yotgan tog‘larda iqlimning shimoldan janubga tomon 
o‘zgarib borishidir. 
And tog‘ tizimida iqlimning balandlik bo‘ylab o‘zgarishi havo haroratining, 
atmosfera yog‘inlarining taqsimlanishida, havo bosimining o‘zgarishida aniq 
seziladi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida iqlimning balandlik mintaqalari vujudga 
keladi. Meridional ravishda 9000 km masofaga cho‘zilib yotgan And tog‘ tizimi 
shimolda subekvatorial va ekvatorial mintaqalardan tortib, janubda subtropik va 
mo‘’tadil mintaqalarni ham kesib o‘tadi. Shuning uchun har qaysi mintaqa hududida 
joylashgan And tog‘larining qismi shu mintaqaning iqlim xususiyatlarini o‘zida aks 
ettiradi.
Binobarin, ekvator yaqinida And tog‘larining quyi mintaqasida ekvatorial 
iqlimi mavjud bo‘lsa, tog‘ tepalarida qor va muzliklarni hosil qiluvchi nival iqlim 
mavjud. And tog‘larining tropik mintaqada joylashgan markaziy yassi tog‘liklarida 
iqlim o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu yerda havo nihoyatda toza, quruq va sovuq. 
Hatto yoz oylarida ham yog‘in qor tarzida yog‘adi. Tropik mintaqadagi baland yassi 
tog‘liklar dunyodatn eng quruq va unumsiz yerlari hisoblanadi. Bir kecha kunduzda 
ob-havo necha martalab o‘zgarib, kuchli shamollar tez-tez takrorlanib turadi. 
Odamlar bunday iqlim sharoitiga zo‘rg‘a chidaydi. And tog‘ tizimining subtropik va 
mo‘tadil mintaqalarida iqlim boshqacha harakterga ega. Bu joylarda yog‘in miqdori 
ancha ko‘payadi. Havo haroratining va yog‘ingarchilik miqdorining taqsimlanishida 
fasl o‘zgarishlari aniq sezilib turadi. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə