Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Amazonka 
- materikning ham, Yer yuzining ham eng sersuv va yirik daryo 
tizimi hisoblanadi. U sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda 
birinchi o‘rinda, uzunligi jihatidan Missisipi-Missuri va Nil daryolaridan keyin 
uchinchi o‘rinda turadi. 
Amazonka havzasining maydoni 7180 ming km
2
bo‘lib, qariyb Avstraliya 
maydoni bilan teng. Dunyoda bunga teng keladigan daryo havzasi yo‘q. Uzunligi 
Ukayali irmog‘i bilan birgalikda 6480 km. O‘rtacha suv sarfi quyi oqimida 120 ming 
m
3
/sek. ga teng. Bu Kongo daryosining o‘rtacha suv sarfidan uch marta ko‘p. 
Maksimal suv sarfi 145 ming m
3
/sek. ni va minimal suv sarfi 63 ming m
3
/rek. ni 
tashkil etadi. Amazonka yil davomida havzasidan 1 mlrd. t loyqa oqizib kelishiga 
qaramasdan uning dinamik ravishda rivojlanuvchi deltasi yo‘q. 
Amazonka daryosi Ikitos shahri yaqinida Ukayali va Maranon irmoqlarining 
qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Amazonkaning sersuv irmoqlari juda ko‘p. Unga 
500 dan ortiq irmoqlar kelib quyiladi, ularning ko‘pchiligi yirik daryolar 
hisoblanadi. Bu irmoqlar dan 17 tasining uzunligi 1500 km dan 3500 km gacha 
boradi, yuzdan ortiq irmog‘ida kema bemalol qatnay oladi. 
Amazonka daryosining o‘zani shimoldan Napo, Isa, Japura, Rir Netru 
daryolarining va janubdan Ukayali, Jurua, Purus, Madeyra, Tayajoye, Shingu 
daryolarining kelib qo‘shilishi natijasida g‘arbdan sharqda qarab kengaya boradi. 
O‘zanining kengligi o‘rta oqimida 5 km ga, quyi oqimida 80 km ga yetadi. 
Daryoning kengligi shunchaki, bir qirg‘oqda to‘rib narigi qirg‘oqli ko‘rish mumkin 
emas. Amazonkaning quyilish joyi suv qalqishi natijasida oqiziqlardan tozalanib 
turadi. Suv qalqishi daryoda uning quyilish joyidan yuqori tomonda 1400 km 


masofagacha seziladi. Daryoning loyqa sarg‘imtir suvi okeanning 300 km 
ichkarisigacha kirib boradi. 
Amazonka daryosining harakterli xususiyati shundaki, uning shimoliy va 
janubiy irmoqlarida to‘lin suv davri yilning barcha fasllariga tug‘ri keladi. Shuning 
uchun Amazonkaga suv sathi va suv harajati fasllarga qarab ko‘p o‘zgarmaydi, 
natijada daryo yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadi. Uning barcha irmoqlari 80% suvni 
atmosfera yog‘inlaridan oladi. Suv toshqini ko‘p oylar davom etadi, natijada keng 
maydonlarni, o‘rmonlari suv bosadi. Oqibatda o‘tib bo‘lmaydigan botqoqliklar 
vujudga keladi.
Amazonka daryosi organik hayotga nihoyatda boy. Daryo irmoqlarida yirik 
o‘simlik barglarning diametri 2 m gacha yetadigan suv yuzida chiroyli bo‘lib 
gullaydigan nilufar (viktoriya regiya) o‘sadi. Uning barglari juda baquvvat bo‘lib 50 
kg gacha yukni ko‘tara oladi. Yirik hayvonlardan lamantinlar, delfinlar, suv 
cho‘chqalari yashaydi. Baliqlarning 2000 turi bor. Ularning ko‘pchiligi ov 
qilinadigan baliqlardir, bular orasida uzunligi 4 m ga yetadigan piraruka balig‘i 
mavjud. Daryoda yirtqich baliqlar ham yashaydi. Jumladan piranya ana shunday 
baliq turiga kiradi. Uzunligi 5 m keladigan timsohlar bor. 
Parana 
daryosi uzunligi (4700 km) va havzasining maydoniga ko‘ra (4700 
ming km
2
) Janubiy Amerika daryolari o‘rtasida Amazonkadan keyin ikkinchi 
o‘rinda turadi. U materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan, And tog‘laridan 
va Braziliya yassi tog‘ligidan boshlanadi. Sharqda Atlantika okeanining ulkan La-
Plata estuariy-qo‘ltig‘iga quyiladi. Estuariyning uzunligi 320 km ni va eng keng joyi 
220 k.m ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik suv sarfi 14880 m
3
/sek. ga teng. 
Parana daryosining suv rejimi juda murakkab, unda ayniqsa fasliy farqlar 
yaqqol aks etgan. U asosan yog‘inlardan to‘yinadi. Daryoning to‘yinishida 
pasttekisliklardagi botqoqliklarning ham roli katta. Nam ekvatorial havo va 
yomg‘irlar fasli kelishi bilan Paranada toshqin boshlanadi, katta-katta tekisliklar suv 
ostida qoladi. Keng maydonlarda botqoqliklar hosil bo‘ladi. Toshqinlar paytida 
maksimal suv sarfi 30600 m
3
/sek. gacha yotgan. Qurg‘oqchil davrga kelib daryo 
suvi ancha kamayadi va sayozlanib qoladi. Qurg‘oqchil paytlarda minimal suv sarfi 
6800 m
3
/sek. gacha kamaygan.
And tog‘lari va Braziliya yassi tog‘ligidan oqib tushadigan Parana 
irmoqlarida ostona toshlar va sharsharalar juda ko‘p. Ana shunday sharsharalardan 
biri Iguasu sharsharasi dunyoga mashhur. Uning balandligi. 80 m bo‘lib kuchli 
gumburlagan ovozi 20-25 km dan eshitiladi. Bu yerda daryo 300 ta oqimga 
bo‘lingan. Har qaysi oqim bir-biridan qalin o‘simlik qoplangan qoyali orollar bilan 
ajralib turadi. Bu sharshara yer yuzidaga eng ajoyib manzarali sharsharalardan biri 
hisoblanad. Eng yirik sharsharalardan yana biri Seti-Kedas (Guayra) sharsharasidir. 
Uning balandligi 114 m.


Orinoko
daryosi materikning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, kattaligi 
jihatdan Amazonka va Parana daryolaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. U 
Shimoliy And va Gviana yassi tog‘ligidan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. 
Orinoko daryosining uzunligi 2730 km, havzasining maydoni 1086 mshi.km
2

O‘rtacha yillik suv sarfi 14000 m
3
/sek. Uning oqim rejimida ham Paranaga o‘xshash 
fasliy farqlar ko‘zga aniq tashlanadi. Bu daryo mavsumiy yog‘inlardan to‘yinganligi 
sababli uning suv sarfi yil davomida keskin o‘zgarib turadi. Kuchli suv toshqinlari 
paytida suv sarfi 25000 m
3
/sek. gacha ko‘paygan, kam suvli paytida suv sarfi 7000 
m
3
/sek. gacha kamaygan. Orinoko daryosi Apure, Arauka, Meta, Guavyare yirik 
irmoqlardan tashkil topgan.
 
Janubiy Amerikaning boshqa daryolariga o‘xshash Orinoko daryosida ham 
ostona toshlar, sharsharalar ko‘p uchraydi. Daryoning Gviana yassi tog‘ligidan oqib 
tushuvchi irmoqlaridan biri Churun daryosida Yer yuzida eng baland sharshara 
hisoblangan Anxel sharsharasi bor. Uning balandligi 1054 m ga teng. Bu sharshara 
venesuelalik uchuvchi D.Anxel tomonidan 1935 yilda kashf etilgan. 
Orinoko daryosi Amazonka va Parana daryolaridan farq qilib, okeanga 
quyilish joyida juda katta delta hosil qiladi. Deltaning maydoni 18000 km
2
. U 
Barrankas rayonidan boshlanib okeangacha 200 km masofaga cho‘zilgan. Kengligi 
okean bilan tutashgan joyda 300 km ni tashkil etadi. Delta qismida daryo 36 ta 
tarmoqqa bo‘lingan. Shulardan eng kattasi Boka-Grande tarmog‘i bo‘lib, uning 
kengligi 15-20 km gacha boradi. Daryo har yili 45 mln. t loyqa oqizib keladi. Deltada 
botqoqliklar yaxshi rivojlangan. Uning katta qismi mantra butazorlari va nam tropik 
o‘rmonlar bilan qoplangan. 
Bulardan tashqari Braziliya yassi tog‘ligidan boshlanuvchi Urugvay, San-
Fransisku, Tokantins daryolari va Shimoliy Andsan boshlanuvchi Magdalena 
daryosi ham asosan atmosfera yog‘inlaridan to‘yinib, o‘z suvini Atlantika okeani 
havzasiga quyadi. Materikning janubiy qismidash daryolar Rio-Kolorado, Rio-
Negro, Chubut, Rio-Chika va boshqalar Chili-Argentina va Patagoniya Andidan 
boshlanib, Patagoniya yassi tog‘ligini kesib o‘tadi va Atlantika okeani havzasiga 
quyiladi. Bu daryolar tog‘lardagi qor va muzliklardan to‘yinadi.
Janubiy Amerika daryolari aholi hayotida juda katta rol o‘|naydi. Tekislikda 
oquvchi daryolar kemalar qatnovi uchun juda qulay. Hatto Amazonka o‘zanining 
chuqur bo‘lganligi sababli (o‘rtacha chuqurligi 70 m gacha boradi) okean kemalari 
daryoning yuqori oqimiga qarab 1700 km ga, Manaus shahrigacha, kichikroq 
kemalar 3680 km ga, Ikitos shahrigacha bemalol suzib bora oladi. Ko‘pchilik 
daryolarda elektr stansiyalari qurilgan. Qurg‘oqchil o‘lkalarda daryo suvlaridan 
yerlarni sug‘orishda foydalaniladi. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə