Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

 Ichki suvlari. 
Janubiy Amerikaning iqlim sharoiti, yer yuzasining tuzilishi 
va shakllanish tarixi daryo to‘rining nihoyat darajada rivojlanishiga va qalin 
bo‘lishiga yaxshi qulaylik yaratib bergan. Janubiy Amerika sayyoramizning sernam 
va sersuv materigi hisoblanadi. Uning hududiga boshqa materiklarga nisbatan ikki 
hissa ko‘p yog‘in yog‘adi. Bu yerdaga daryo suvlarining yillik umumiy miqdorini 
materikning barcha maydoniga taqsimlaganda o‘rtacha qalinligi 414 mm bo‘lgan 
suv qatlami hosil qiladi. Suvning maksimal qatlami 150 sm dan ortiq bo‘lib, And 
tog‘larining janubiy Chili regioniga to‘g‘ri kelsa, minimal qatlami 10-15 mm ga teng 
bo‘lib, Atakama cho‘liga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar Gviana va Braziliya yassi 
tog‘liklarining sharqiy yon bag‘rlarida hamda Amazonka past tekisligining g‘arbiy 
qismida 10 sm ni tashkil etadi. 
 
Daryolari. 
Materik yuzasining orografik tuzilishi daryo to‘rining va suv 
oqimlarining notekis taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Janubiy Amerikaning 
bosh suv ayirg‘ichi materikning eng chekka g‘arbiy qismidan o‘tadi. Bosh suv 
ayirg‘ichdan sharq tomonda juda katta maydonlarni egallab yotgan keng 
pasttekisliklar va yassi tog‘liklar joylashgan. Bu yerdan boshlanuvchi daryolar yirik, 
uzun, ko‘p irmoqli, sersuv, suv yig‘uvchi havzalari katta maydonlardan tarkib 
topgan. And tog‘larining sharqiy yonbag‘rlaridan, yassi tog‘liklardan va 


pasttekisliklardan boshlanuvchi daryolar o‘z suvini Atlantika okeani havzasiga 
quyadi. Materikning chekka g‘arbiy qismida cho‘zilib yotgan And tog‘ tizimining 
g‘arbiy yon bag‘rlaridan boshlanuvchi daryolar sharqdagi daryolarga nisbatan juda 
qisqa bo‘lib, ular o‘z suvini Tinch okeani havzasiga quyadi.
Materikning 1350 ming km

maydonidan oqib o‘tuvchi daryolar Tinch okean 
havzasiga va 15650 ming km

maydonidan oqib o‘tuvchi daryolar Atlantika okeani 
havzasiga quyildi, bu Tinch okean havzasiga quyiladigan daryolar suviga nisbatan 
12 hissa ko‘pdir. Materikning 5,5% maydoni ichki berk oqim havzasiga qaraydi. 
Berk havzaga Gran-Chago tekisligining janubiy qismi va Markaziy Andning ichki 
yassi tog‘liklari kiradi. 
Janubiy Amerika yirik va sersuv daryolar tizimiga boy. Uning hududidan 
to‘lib oqadigan Amazonka, Parana, Orinoko daryolari faqat materiknigina emas
balki Yer kurrasining yirik daryolari qatoriga kiradi. Shuning uchun ham Yer 
yuzidagi daryolar umumiy suv oqimining 20% i (7450 km
3
/yil) Janubiy Amerika 
daryolariga to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə