Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi


Patagoniya yassi tog‘ligi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Patagoniya yassi tog‘ligi. 
Materikning eng janubi-sharqiy qismida 
joylashgan va gersin burmalanishida vujudga kelgan platforma Patagoniya Yassi 
tog‘ligining asosiy strukturasini tashkil etadi. Yassi tog‘likning shimolidagi gersin 
strukturasi yer yuziga chiqib yotgan bo‘lsa, janubida u bo‘r davri cho‘kindilari va 
vulkanik jinslar bilan qoplangan. Iqlimi quruq va yer usti suvlari kam bo‘lganligi 
sababli yassi tog‘likning yuzasi kam parchalangan. Relef shakllarida zinapoyasimon 
platolar hukmronlik qiladi. Yassi tog‘likning g‘arbiy qismi And geosinklinali 
ta’sirida bo‘lganligi uchun 2000m balandlikkacha ko‘tarilgan. Qolgan qismining 
o‘rtacha balandligi 1000-1500 m atrofida bo‘lib, Atlantika okeani qirg‘oqlarida tik 
yon bag‘rli jarliklar hosil qilgan. 
Janubiy Amerikaning shimoliy va g‘arbiy qismida joylashgan Andli G‘arb 
Andsiz Sharqqa nisbatan tektonik va morfologik jihatdan juda murakkab tuzilgan 
tog‘ tizimi bir-biriga paralel ravishda joylashgan orografik zonalardan, ichki 
platformadan va tektonik cho‘kmalardan tarkib topgan. Ular Tinch okeanu 
sohillaridan materik ichkarisi tomon birin-ketin almashinib boradi. 


Tinch okeanu sohillarida uncha baland bo‘lmagan platosimon Qirg‘oq 
Kordilera tizmalari joylashgan. Ular bo‘ylama tektonik qirg‘oq hosil qilib, okean 
tomon tik tushgan. Qirg‘oq Kordilerasi uzluksiz polosa hosil qilmasdan materikning 
shimoliy chekka qismi va 20° j.k. dan janubda uchraydi. Ular daryo vodiylari bilan 
kuchli kesilgan, qumtosh, ohaktosh, mergel va intuziv jinslardan tarkib topgan. 
And tog‘ tizimining asosiy qismi mezozoy va kaynozoyda yuz bergan 
burmalanishlar jarayonida shakllangan. Tog‘larning tuzilishida so‘ngan va 
harakatdagi vulkanlarning vulkanik jinslari ham katta rol o‘ynaydi. 
And tog‘larida so‘ngan va harakatdagi vulkanlar keng tarqalgan, 
B.P.Jernakovning ma’lumotiga kura bu yerda 49 ta harakatdagi va 35 ta so‘ngan 
vulkanlar mavjud. Vulkanlarning asosiy qismi tektonik yoriqlar bo‘ylab joylashgan. 
Tektonik yoriqlar va uzilmalar natijasida And tog‘ tizimida tik yon bag‘rli qoyalar 
hosil bo‘lgan. Vulkanlarning geografik tarqalishi And tizimi bo‘ylab bir xil emas. 
Ularning keng tarqalgan regionlari Ekvador Andi, Markaziy And (13° va 29° j.k. 
oralig‘i) hamda 32° j.k dan to materikning janubigacha bo‘lgan qismi, ya’ni Chili-
Argentina Andi va Patagoniya Andi hisoblanadi. 
Kordileralar deb ataluvchi And tog‘lari bir-biriga parallel joylashgan va uzoq 
masofaga cho‘zilgan tog‘ zanjirlarini, ular tutashgan joylarda eng baland tog‘ 
cho‘qqilarini va tog‘ tugunlarini hosil qiladi. Tog‘ cho‘qqilari orasida so‘ngan va 
harakatdagi vulkanlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Janubiy Amerika Andida nafaqat 
materikning eng baland nuqtasi, balki butun g‘arbiy yarim sharning ham eng baland 
nuqtasi hisoblangan Akonkagua tog‘i 6960 m. balandlikkacha kutarilib turibdi. 
Katta masofaga kengaygan And tog‘ tizmalari oralig‘ida baland yassi tog‘liklar 
yastanib yotibdi. Ular And yassi tog‘liklari yoki Punalar deb ataladi. Punalarning 
yuzasi okean sathidan 3500-4500 m balandlikda joylashgan. And tog‘ tizimidagi 
ko‘pchilik cho‘qqilarning va vulkanlarning balandligi 6000 m dan oshadi va hatto 
7000 m gacha yetadi. Tog‘larning eng baland qismlari uchun alp tipidagi relef 
shakllari harakterli. Ye.N.Lukashova And tog‘ tizimi tarkibida 7 ta morfostruktura 
oblastini ajratadi: 1. Karib Andi. 2. Shimoli-G‘arbiy And. 3. Ekvador Andi. 4. Peru 
Andi. 5. Markaziy And. 6. Chili-Argentina Andi. 7. Patagoniya Andi. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə