Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Gviana yassi tog‘ligi 
platformaning shimoliy qismidagi ko‘tarilma bo‘lib, u 
uncha katta bo‘lmagan Essekibo va yuqori Orinoko sineklizalari bilan uchta 
massivga bo‘lingan. Sharqiy massivda mezozoyda to‘plangan cho‘kindi jinslar 
to‘liq yuvilib ketgan. Uning markaziy qismidagi bo‘ylama yoriqlarda vertikal 
ko‘tarilishlar va parchalanishlar yuz berib, baland massivlar va tektonik erozion 
cho‘kmalar hosil bo‘lgan. Sharqiy massivning eng baland joyi uning shimoliy 
qismida joylashgan Vilgelmin tog‘idir. U okean sathidan 1281 m baland ko‘tarilib 
turibdi. Kristalli qalqonning shimoliy qanoti Gviana pasttekisligining uchlamchi va 
to‘rtlamchi davr yotqiziqlari tagida qolib ketgan. Janubiy qanoti Amazoniya 
sineklizasi bilan tutashgan. 
Markaziy massivda to‘g‘ri chiziqli tektonik yoriqlar va vertikal harakatlar 
qalqonning shimoliy qanotini keskin tik ko‘tarilishiga va janubiy qanotini qiya 
bo‘lishiga ta’sir etgan. Ko‘tarilgan joylarida bo‘r davrining qizil rangli qumtoshlari, 
konglomeratlari yaxshi saqlangan. Bu qatlamni intruziv jinslar yorib o‘tgan. 
Markaziy massiv Serra-Pakaraima kabi tik yon bag‘rli tizmalardan, alohida-alohida 
qoldiqli tog‘ massivlaridan, jumladan Gviana yassi tog‘ligining baland nuqtalari 
bo‘lgan La-Neblina (3014 m), Rorayma (2810 m) tog‘laridan, peneplenlashgan 
kristalli platolardan tarkib topgan. 
G‘arbiy massiv plita shaklida bo‘lib, uning kembriygacha bo‘lgan zamini 
uchlamchi davrning kontinental yotqiziqlari bilan qoplangan. Balandligi 910 m 
gacha ko‘tarilgan Pardaos massivida bo‘r davrining butoshlari orollar shaklida 
ko‘tarilib turadi. Zinapoyasimon shaklga ega bo‘lgan g‘arbiy plato asta-sekin 
Orinoko va Amazonka sineklizalari tomon pasayib boradi.
Braziliya yassi tog‘ligi. 
Janubiy Amerika platformasining eng yirik 
ko‘tarilmalaridan biri bo‘lgan Braziliya yassi tog‘ligi geostruktura jihatdan bir qator 
antekliza va sineklizalardan tarkib topgan. Bu morfostruktura oblastining relefini 


shakllanishida xuddi Gviana yassi tog‘ligidagiga o‘xshash, uzoq davom etgan 
yemirilish, peneplenizatsiya, yotqiziq jinslarni yuvib ketish, yangi ko‘tarilishlar kabi 
jarayonlar asosiy rol o‘ynagan. Bundan tashqari Braziliya yassi tog‘ligining relefini 
shakllanishida tektonik yoriqlar, ichki cho‘kmalarni dengiz, vulkanik va 
parchalangan materiallar bilan to‘lish jarayoni ham ishtirok etgan. Parchalangan 
jinslarni yuvilib ketishi ko‘pincha yassi tog‘likning ancha ko‘tarilgan va nam 
bo‘lgan shimoliy hamda sharqiy rayonlari uchun, materiallarni to‘planishi esa 
markaziy cho‘kma rayonlari uchun harakterli. 
Braziliya yassi tog‘ligining Atlantika okeani tomon qaragan sharqiy va 
janubi-sharqiy qismida baland ko‘tarilgan uzilmalar sohil bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, 
ular kuchli parchalangan. Bu uzilmalar balandligi 2000-2800 m keladigan bir necha 
tog‘ tizmalarini hosil qiladi. Bular Serra Jeral, Serra-du-Mar, Serra-da-Mantikeyra, 
Serra-du-Espinyasu tizmalari va Borborema platosidir. Tizmalarning o‘ziga xos 
cho‘qqilari bo‘lib, shundan Bandeyra okean sathidan 2890 m, Itambe 2033 m, Igreja 
1808 m baland ko‘tarilib turibdi. Bandeyra tog‘i Braziliya yassi tog‘ligining eng 
baland nuqtasi hisoblanadi. 
Braziliya yassi tog‘ligining markaziy, g‘arbiy va shimoliy qismlari uning 
sharqiy va janubi-sharqiy qismiga nisbatan ancha past. Bu yerda o‘rtacha balandligi 
500-800 m dan oshmaydigan Serra-Dorada, Serra-du-Ronnador, Serra-dus-Paresis, 
Serra-Formoza, Serra-du-Kashimbu kabi tog‘lar va kristall zaminli Matu-Grosu 
platosi joylashgan. 
Janubiy Amerika platformasining sinekliza morfostruktura oblastlari 
Orinoko, Amazonka va Markaziy pastteksiliklardan iborat. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə