O`lmas Umarbekov



Yüklə 315,62 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü315,62 Kb.
#159457
O\'lmas Umarbekov, hayoti ijodi va Qiyomat


O`lmas Umarbekov
(1934-1994)
O‘lmas Umarbekov 1934-yil 25-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
O`QISH VA ISH
  • Mirobod mavzesidagi buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o‘qigan.
  • 1956-yili oliy tahsilni tugatmasidanoq respublika radiosiga ishga kirib, bu yerda avval muharrir, so‘ng bosh muharrir lavozimida o‘n besh yil ishlagan. So‘ng turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida, Madaniyat vazirligida, Vazirlar Mahkamasida xizmat qilgan.

Ilk ijod va shundan so`ng…
  • O‘lmas Umarbekovning hikoyalardan iborat ilk to‘plami 1958-yili nashr etilgan. Shundan so‘ng o‘tgan 35 yillik ijodi davomida «Xatingni kutaman», «Yurak so‘zlari», «Boboyong‘oq», «Menga ishonmaysanmi?», «Yulduzlar», «Hayot abadiy», «Charos», «Ko‘prik», «Bolgar qo‘shiqari», «Oltin yaproqlar», «Qiyomat qarz», «Yer yonganda» kabi o‘nlab hikoya va pyesalar to‘plamlari e’lon qilindi.

Ustozning nazari
  • Yozuvchining 1963-yili chop etilgan «Sevgim, sevgilim» nomli qissasi buyuk adib Abdulla Qahhor tomonidan yuksak baholanib, yosh ijodkorning keyingi faoliyati uchun katta ruhiy madad beradi.

Qissalari
  • «Kimning tashvishi yo‘q»;
  • «Urush farzandi»;
  • «Yoz yomg‘iri»;
  • «Jo‘ra qishloq»;
  • «Oq qaldirg‘och»;
  • «Damir Usmonovning ikki bahori» kabi…

“Odam bo`lish qiyin”romani
  • Badiiy adabiyotning murakkab janrlaridan bo‘lgan romannavislikka qo‘l urib, 1970-yili «Odam bo‘lish qiyin» romanini e’lon qiladi.

  • Bu roman o‘z vaqtida yoshlar o‘rtasida nihoyatda sevib o‘qilgan, qizg‘in bahs-u munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Pyesalari
  • «Oqar suvlar»;
  • «Sud»;
  • «Yoshlik dengizi»;
  • «Komissiya»;
  • «Qiyomat qarz»;
  • «Kuzning birinchi kuni»;
  • «Shoshma, quyosh»;
  • «O‘z arizasiga ko‘ra»;
  • «Kurort»;
  • «Yer yonganda» .

Badiiy filmlar
Uning kinossenariylari asosida:
  • «Yigit va qiz»;
  • «Asosiy kun»;
  • «Ikki soldat haqida qissa»;
  • «O‘zgalarni deb»;
  • «Qalin qorlar bag‘ridagi uchra-shuv»; «Changalzordagi ov» kabi qator badiiy filmlar suratga olingan.

E’tirof
  • Yoshlar mukofoti bilan;
  • Respublika Davlat mukofoti bilan;
  • 1994-yili 50 yillik tavallud sanasi munosabati bilan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni;
  • 1992-yili «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘lmas Umarbekov 1994-yil 10-noyabrda uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 60 yoshida vafot etdi.
“QIYOMAT QARZ” hikoyasi
ASAR QAHRAMONLAR
  • Sarsonboy ota;
  • Zebi;
  • Madumar;
  • Haydarali;
  • G`afur;
  • Rais
  • Eslatma! Hikoya 1976-yil yozilgan!

O`ylab ko`ring!
  • Qiyomat nima?
  • Qarz nima?
  • Sarsonboy ota kabi insonlarni hayotda ko`rganmisiz?
  • Tog`dagi yigitlar to`g`ri qildimi?
  • Siz Sarsonboy otaning o`rnida bo`lganingizda nima qilgan bo`lardingiz?

Yüklə 315,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə