Abdulla qahhorning"dahshat" hikoyasi tahlili sevara Shermamatova O'ktamjonovna



Yüklə 250,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü250,41 Kb.
#145274
  1   2
Sevara Shermamatova O\'ktamjonovna (1)



ABDULLA QAHHORNING"DAHSHAT" HIKOYASI TAHLILI 
 
Sevara Shermamatova O'ktamjonovna 
Farg`ona Davlat Universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, o`qituvchisi 
Shahlo Shumqoraliyeva 
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, talabasi 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada o`zbek adabiyotining eng mashhur hikoyanavisi 
Abdulla Qahhor ijodi va uning “Dahshat” hikoyasi tahlil qilinadi. Bu hikoyaning asosiy 
mazmuni va bu hikoyada oldinga qo`yilgan asosiy maqsad yuzaga chiqariladi. Maqolani 
yoritish davomida, “Dahshat” hikoyasining asl mavzusi ochib beriladi. Shu bilan birga, 
voqealar rivoji orqali o`sha davrning eng qo`rqinchli hayot tarzi tahlil qilinadi 
Kalit so`zlar:
hikoyanavis, qabriston, realisttik hikoya, erksizlik, o`zbek ayoli, 
daxshat 
 
Mohir hikoyanavis o'zbek realistik hikoyachiligining asoschisi, betakror 
qalam sohibi Abdulla Qahhor o'zining bir qancha hikoyalari bilan o'zbek
hikoyachiligida o'z o'rniga ega bo'lgan.Abdulla Qahhor A.Qodiriyning "Uloqda", 
Cho'lponning "Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola" kabi hikoyalariga tayangan 
holda o'zbek hikoyachiligini yuqori cho'qqilarga ko'tardi va o'zbek realistik 
hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Abdulla Qahhorning shunday 
hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari 
bilan bir qatorga qo`yish mumkin", 

deb yozgan edi rus tanqidchisi V. 
Smirnova.
1
Bular sirasiga "Xotinlar", "Asror bobo", "Ming bir jon", "Mahalla", 
"Dahshat", "O'gri"va"Bemor" kabi hikoyalar kiradi. 
Bular orasidan Dahshat hikoyasiga to'xtalsak, Dahshat hikoyasini yaratishda 
Abdulla Qahhor xalq og'zaki ijodidan foydalangan. Chunki xalq orasida keng 
yoyilgan afsonalardan biri erkaklar orasida kechasi qabristonda biror ishni bajarib 
kelish ma
rdlik va kuchlilik hisoblangan. “Dahshat” hikoyasining boshlanishida 
Nodirmohbegim shunday hikoya so'zlab beradi. Bo'yra kelib darchaga urilgandan 
so'ng bu voqea Nodirmohbegimning hayoliga keladi. 
Bo'yra kelib darchaga urilgandan so'ng Dodxo cho'chib ketadi va undan so'ng 
Nodirmohbegim aytgan voqea Unsinni tetiklashtiradi,shijotga,erkini uyg'onishiga 
turtki bo'ladi. Unsinning qo'yni arzimas narsa ekan deyishi va qabristonday joyga 
borib go'rga pichoq sanchgan odamni "o'lsin nokas odam ekan" deyishi boyni 
jahlini chiqaradi. Unsinning tegirmonchining qizi bo'lib, qo'yni nazarga ilmasligi 
1
Qoʻshjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. Toshkent, 1984. 26-bet


dodxoni yangi reja tuzishga undadi. Dodxo: "Sen o'zing, o'nta qo'y bersam, 
davlatimni yarmini bersam pichoq sanchib kelasanmi? -dedi. Unsin menga davlat 
kerak emas, kerak bo'lsa borar edim deydi va shunda dodxo kutib turgandek 
"Nima kerak?" deydi. Va Unsinni kundoshlari javob berishga undaydi, - "Ruxsat 
bersangiz Ganjiravonga ketsam". Mute xotinlari bilan yashab o'rgangan dodxo 
Unsinni gapini tushunmaydi. Unsin shijoat, jasorat bilan Dodxoga tik boqadi, - 
“Yo'q men butkul ketsam deyman,
javobimni bersangiz". Dodxo unsinni mute 
ayollari singari savalamadi.Muloyimlik bilan, - "Go'ristonga pichoq emas, 
qumg'on olib borasan, Onhazratim sag'anasida bitta choy qaynatib, choy damlab 
kelasan, 
maylimi”. “Mayli”,
- dedi Unsin.
2
Shundan keyin Unsin qabristonga yo'l 
oldi. Qabristonda qo'rqqan paytida "O'likning joni yo'q" deb baqirdi. Sag'ana 
oldiga qo'lida qumg'on, paranji, choynak bilan keladi. O'tin esidan chiqadi va 
qabrlar orasida xas-xashaklarni terib olov yoqadi. Bu uning ozod bo'lishining 
birinchi belgisi edi. Nihoyat Unsin choyni qaynatib uyga yo'l oladi. Yo'lda oyog'i 
chuqurlikka tushdi u qo'rqib " O'likning joni yo'q"-deb baqirdi.Bir kavushi tushib 
qoldi va mahsichan ketaverdi. Yo'lda uning yelkasiga nimadir minib oldi va Unsin 
hushidan ketdi. U Dodxoning maymuni edi. Unsin hushiga keldi va yo'lida 
davom etdi. Chap qo'lida qattiq og'riq boshlandi va darmoni yetgancha harakat 
qilardi bu ham yetmagandan choynak og'irlashganday bo'ldi. Unsin manziliga 
yetdi. Nodirmohbegimning eshigi ochildi va Unsinni ko'rgan Dodxo tashqariga 
otildi. 
"Qabristondan 
qo'rqqanga 
qabristonning 
tuprog'i 
davo"-deb 
Nodirmohbegim go'riston tuprog'idan olib keltirib, suv ichiradi. Unsinning ahvoli 
og'irlashadi va Ganjiravonga ketishini so'raydi. Nodirmohbegim kaltaklanishdan 
hayiqmay bir xizmatkorini Ganjiravonga yuboradi ,biroq Unsin peshingacha 
yetmadi, joni uzildi. 
Xulosa qilib aytganda, Abdulla Qahhor bu hikoyada burungi zamondagi 
oddiy, sodda o'zbek ayyollarining boshiga tushgan xo'rlik, musibat, kulfatlarni 
tasvirlayd.Shu bilan birgalikda, “Dahshat” hikoyasi erksiz insonlarni ozodlikka 
chiqish yo'lidagi mashaqqatli harakatlarni ko'rsatadi. 

Yüklə 250,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə