Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

Orinoko pasttekisligi. 
Bu morfostruktura oblasti Karib Andi tog‘lari bilan 
Gviana yassi tog‘ligi oralig‘idagi mezozoyning oxirida vujudga kelgan tektonik 
bukilmada tarkib topgan. Uning shimoli-sharqiy qismi payeogen va neogen 
davrlarining dengiz yotqiziqlari bilan, g‘arbiy qismi And tog‘laridan va Gviana yassi 
tog‘ligidan keltirilgan kontinental yotqiziqlar bilan to‘ldirilgan. Orinoko 
pasttekisligi Lyanos Orinoko pasttekisligi deb ham ataladi. 
Lyanos Orinoko yer yuzasining tuzilishiga va nishabligiga ko‘ra ikkita 
geomorfologik rayonga bo‘linadi. G‘arbiy rayoni Past Lyanos va sharqiy rayoni 
Baland Lyanos deb ataladi. 
Past Lyanos pasttekislikning g‘arbiy qismini ishg‘ol etib, Guariko va Meta 
daryolarining oralig‘ida joylashgan. Uning yuzasi pastqam tekislik bo‘lib, gilli-
balchiq allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Hududining aksariyat qismi okean 
sathidan atigi 40 m baland ko‘tarilgan xolos. Faqat Karib Andi etaklari yaqinida yer 
yuzasi 150-200 m balandlikkacha ko‘tarilgan. Bu yerda daryo vodiylari yaxshi 
ishlanmagan va chuqurlashmagan. Tog‘ etagidagi yoyilma konuslargina vodiylar 
bilan kuchli kesilgan.


Baland Lyanos pasttekislikning Guariko daryosidan sharqda joylashgan 
qismini egallab olgan. U g‘arbiy rayonga nisbatan balandroq bo‘lib, dengiz 
yotqiziqlari bilan qoplangan. Yuza qismi denudatsion tekislikdan iborat. Baland 
Lyanos daryo vodiylari bilan kesilgan va balandligi 200-300 m keladigan platolarga 
bo‘linib ketgan. Bu platolarni mahalliy xalq "mesas" deb ataydi. Orinoko daryosi 
Atlantika okeaniga qo‘shilish joyida pastqam, tekis va botqoqlangan delta hosil 
qilgan. Bu yerda yangi tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘lgan cho‘kish 
jarayonining izlari yaxshi saqlangan. 
Amazonka pasttekisligi. 
Amazonka pasttekisligi Janubiy Amerika 
platformasining eng yirik va qadimiy sineklizasida tarkib topgan. Uning g‘arbiy 
qismi And geosinklinal oblastining chekka bukilgan tektonik stukturasi bilan 
tutashgan. Shimolda Gviana va janubda Braziliya yassi tog‘liklari bilan 
chegaralangan. Pasttekislikning burmalangan poydevori bir necha ming metr 
chuqurlikda yotadi. Sinekliza paleozoyning dengiz yotqiziqlari hamda mezozoy va 
kaynozoyning kontinental yotqiziqlari bilan to‘lgan. Yuqori qatlamini issiq va nam 
iqlim sharoitida vujudga kelgan qalin lateritli nurash pusti tashkil etadi. 
Amazonkaning g‘arbiy va sharqiy qismlarini relef xususiyatlari Lyanos 
Oriniko pasttekisligining relef xususiyatlariga o‘xshab ketadi. Uning g‘arbiy qismi 
ancha past, tekis, Amazonka daryosining o‘rta oqimida, Manaus shahri yaqinida 
pasttekislikning yuzasi okean sathidan atiga 26 m baland. And tog‘ etaklari yaqinida 
balandlik zo‘rg‘a 150 m gacha yotadi. Bu regionda daryo vodiylari chuqur 
kesilmagan. 
Amazonka pastttekisligining sharqiy qismi, g‘arbiy qismiga nisbatan daryo 
vodiylari bilan chuqur kesilgan, daryo oraliqlari 150-300 m gacha ko‘tarilib tekis 
yuzali platolar hosil qiladi. Pasttekislikning shimoliy va janubiy chekka qanotlarida 
kristall jinsli qalqonlar asta-sekin yuzaga ko‘tarilib yassi tog‘liklar bilan tutashib 
ketadi. Amazonka irmoqlarining yuqori oqimlari chuqur kesgan vodiylarida qadimiy 
kristall jinslar ochilib, yuzaga chiqib qolgan va ostonalar hosil qilgan. 
Pasttekislikning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlari uchun relefning ko‘tarilish 
tendensiyasi harakterli. Bu And tog‘laridan oqizib kelinadigan daryo 
yotqiziqlarining to‘planishi va yoyilma konuslarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə