Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix01.04.2023
ölçüsü195,84 Kb.
#103921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
U0gjsWwhcR89AxfYTg4E1SkYaq6ruXSzh5lBurfF

 Ko‘llari. 
Materikda Shimoliy Amerikaga nisbatan ko‘llar uncha ko‘p 
tarqalmagan. Biroq, ko‘llar soni kam bo‘lishiga qaramasdan, ular kelib chiqishiga 


ko‘ra xilma-xil. Jumladan tektonik, qoldiqli, muzlik, morenali, vulkanik, laguna va 
kayir ko‘llari uchraydi. 
Tektonik ko‘llar Markaziy And tog‘laridagi tektonik cho‘kmalarda vujudga 
kelgan. Ular orasida yirik va dunyodagi eng balandda joylashgan Titikaka ko‘li 
ajralib turadi. Uning maydoni 8300 km
2
, balandligi 3812 m va chuqurligi 270 m. 
Undan pastroqda pleystotsen suv havzasining qoldig‘i bo‘lgan Poopo ko‘li bor. 
Uning maydoni 3000 km
2
, balandligi 3690 m va 20 chuqurligi 3 m. Yog‘ingarchilik 
mo‘l bo‘lgan paytlarda ko‘lning chuqurligi 20 m gacha boradi. 
Materikning shimoliy chekkasida, Karib dengizi sohilida maydoni 20000 
km
2
ga teng bo‘lgan Marakaybo laguna ko‘li joylashgan. La-Platadan shimolroqda 
esa Lagoa-Mirin, Mangeyra va Patus laguna ko‘llari bor. Patagoniya Andida kelib 
chiqishi muzliklar bilan bog‘liq bo‘lgan morenali ko‘llar bor. Bunga Patagoniyaning 
Nauel-Uapi, Buenos-Ayres, San-Martin va Arxentino ko‘llari misol bo‘la oladi. And 
tog‘ tizimining vulkanli rayonlarida vulkanik ko‘llar ko‘p uchraydi. Bulardan 
tashqari yirik daryolar vodiylarida, pasttekisliklarda uncha katta bo‘lmagan qoldiqli 
qayir ko‘llari uchraydi. Serras-de-Kordova tog‘i bilan Parana daryosi oralig‘ida 
Mar-Chikita ko‘li joylashgan. 
 
Savol va topshiriqlar
 
1. Janubiy Amerika materigi geografik o‘rni qayerda?
2. Janubiy Amerika materigining Asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Janubiy Amerika materigiga birinchi bo‘lib kim borgan?
4. Amerika nomi kim tomonidan berilgan?
5. Janubiy Amerika materigi relefi haqida nimalarni bilasiz? 
6. 
Janubiy Amerika materigi ichki suvlari deganda nimani tushunasiz? 
7. Amazonka daryosi haqida aytib bering? 
8. Ko‘llari kelib chiqishiga ko‘ra qanday sinflarga bo‘linadi? 
9. Janubiy Amerika materigida nechta iqlim mintaqasi shakllangan? 
 

Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə