Реферат мавзу : диний экстромизм ва тероризм



Yüklə 70,1 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü70,1 Kb.
#164611
növüРеферат
diniy ekstrimizm



РЕФЕРАТ

МАВЗУ : ДИНИЙ ЭКСТРОМИЗМ ВА ТЕРОРИЗМ

Бажарди : Хамралиев А.Ғ
Текширди : _____________________

МАВЗУ: ДИНИЙ ЭКСТРОМИЗМ ВА ТЕРОРИЗМ


Режа :

  1. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi

  2. Ekstremizm va terrorizm odamlarning xayotiga tasiri

  3. Terrorchilarning safini to’ldirayotganlar kimlar o’zi

XXI-asr texnologiyalar asri bu hech kimga sir emas. Bugungi kunda istalgan ma’lumotni bir necha soniyalar ichida topish va undan foydalanish mumkin. Lekin bir yomon tomoni bu o’rgimchak to’riga filtr o’rnatilmagan u xar qanday ma’lumotni topib beradi. G’arazli kimsalar tarqatayotgan ma’lumotlarni ham. Ular ijtimoiy tarmoqlarda o’zlariga “Allohning quli” “Allohning qilichi” “Ummu falona” va shu singari jarangdor nomlar qo’yib sodda insonlarni o’z domiga tortishmoqda. Ular dinni o’ziga niqob qilgan ekstremist terrorchilardur. Diniy ekstremizm qanday paydo? Qachon paydo bo’ldi?


Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. “Terrorizm” so‘zi birinchi marta 1793–1794-yillarda Fransiya inqilobi davrida iste’molga kiritilgan. O‘sha davrda bu so‘z ijobiy ma’noda qo‘llangan va hukmdorlar tomonidan xalqqa nisbatan zulm oshib ketganda unga qarshi kurash ifodasi sanalgan.Shunday bo’lsada ular xech qachon ijtimoiy barqarorlik va tarqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etib o’tish lozim. Zero hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda.
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.  
Bu yot g’oya tarafdorlari qilgan buzg’unchiliklarni xali xech kim unutmagan. Oddiygina misol 2001- yil 11- sentabrni eslaymiz: Bundan roppa-rosa 18 yil avval — 2001-yil 11-sent­abrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida ro‘y bergan fojia ko‘pchilikning yodida. O‘shanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan to‘rt samolyot terrorchilar tomonidan egallab olinib, Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSh Mudofaa vazirligi binosi – Pentagonga kelib urilgan edi. Nafaqat amerikaliklarni, balki butun dunyo aholisini sarosimaga solgan hodisada jami 3 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va narxi nechadir milliard dollardan oshiq bo‘lgan ikkita bino yer bilan bitta bo‘lgan edi.
Fojia AQSh iqtisodiyotiga ancha zarar keltirdi. AQSh tarixiga nazar tashlasak, bu mamlakatning eng katta moliyaviy zarari 1992-yilgi Endryu to‘foni tufayli ro‘y berganini ko‘ramiz. O‘shanda to‘fon talafoti tufayli AQSh iqtisodiyoti 19,2 milliard dollar zarar ko‘rgan edi. 11-sentabr voqealari ortidan kelgan iqtisodiy yo‘qotish Endryu to‘foni tufayli ro‘y bergan yo‘qotishdan ham katta bo‘ldi.
Statistikaga ko’z yugurtirar ekansiz 3 mingdan ortiq inson hayotdan ko’z yumganini ko’rasiz. Bu nima degan? Axir barcha muqaddas kitoblarda insonning joni muqaddasligi bayon etilganku. Bular o’zlariga nimani mezon qilib olishdi. Ularning da’vosi O’rta Osiyoda xalifalik qurish sof islom dinini qaytarish ekan. Sof islom dini o’zi nima?
Dunyoviy nuqtayi nazardan qaralganda, din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning ma’lum bir tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllandi. Har bir davlat dini xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Din, shu jumladan islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud kelganligining o’zidayoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, davlat, guruh, shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.Insonning odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko’maklashgan. Din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va kamchiliklarni yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazishga yordam berib kelgan.Shuning uchun ham din insonnning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi bo’lib kelmoqda.
Qadimdan ma’lumki islom dini O’zbekiston hududlariga 643-644 yillardan boshlab yoyilgan bo’lsa ham bu hududda ne-ne islom dini bilan bog’liq bir nechta asarlar yaratilgandir.Islom ilmlari bizning hududimizga VIII asrda Xuroson (hozirgi Turkmanistonning shimoli-sharqiy qismlaridagi davlat VIII-XIV asrlarda) orqali Movarounnahr (Arablar egallab olgan yerlar- arabcha ,,daryoning narigi tarafi’’ deb o’sha paytlarda Amudaryo va Sirdaryo daryolari orasidagi hududlarga aytilgan)ga kirib kelgan bo’lsa, IX asrdan boshlab mazkur ilmlar mintaqaning o’zida rivojlandi. Bu davrga kelib, avval islom olamida tan olingan olti sahih hadislar to’plami (assihoh as-sita), so’ngra ularning qatorida uch to’plam qo’shilib to’qqiz kitob (alkutub at-tis’a) shakllandi.Ulardan uchtasi Movarounnahrlik ulammolar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiylar tomonidan jamlandi.Islom dini o’sha vaqtdan buyon bizning hududimizdagi milliy dinimiz sifatida tan olinib kelinmoqda. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi islomning jamiyatdagi o’z o’rnini egallashiga imkon yaratdi. Lekin shu bilan birga yashirin holatda rivoj topgan va din niqobidagi turli mafkuralarning ta’sirida shakllangan qarashlar yuzaga chiqishi ham qulay sharoitni vujudga keltirdi.
Endi savol tug’iladi shunday pok dinni o’zining g’arazli niyatlariga niqob qilib olayotgan insonlarni kim deb atash mumkin. Ular xalifalik qurushni niyat qilishgan ekan. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sollollohu Alayhi Vassalam “xalifalik mendan keyin 30 yildur keyin davlatlar paydo bo’ladi” deb aytganlarini nahot bilishmasa.
Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar ish olib bormoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotlarini sodir etganlar. Natijada 3668 kishi halok bo’lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Bu statistika yuqoridagi fikrlarimning isboti bo’la oladi. Zero 22 yil davomida 3668 odam qo’poruvchilik xarakati qurboniga aylangan bo’lsa, teroristik tashkilotlarning globallashuvga va jamiyatga intilishi kuchayib borganligi sababli birgina 11- sentabr voqealarida 3000 dan ortiq inson halok bo’lganligini sizga aytib o’tgandim.
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga to’siq bo’lmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning yuzdan ortig’i eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashilotlar bir-birlari bilan axborot almashadilar, qo’poruvchilik ishlarinini amlaga oshirayotgan paytda o’zaro sherikchi bo’ladilar, zaruz bo’lgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Al-Jihod al-islomiy’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ “ISHID” “Vahobiylar” va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekaniga hech qnday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat emas. U bugun jahonning ko’plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan illatdir.
Ma`lumki dunyoda hech bir din u hoh xristianlik bo‘lsin, hoh buddizm, yahudiylik dini bo‘ladimi insonlarni hech qachon yovuzlikka, qo‘poruvchilikka, qo‘rqitishga, odam o‘ldirishdek jirkanch bir holatlarga da`vat qilmaydi, balki insonlarni ezgulikka, diyonatga, halollikka undovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan diniy ekstremistik guruhlarning “din” yo‘lida olib borayotgan qo‘poruvchilik harakatlari mutloqo asossizdir. Yuqorida keltirib o‘tgan dinlardek islom dini ham ezgulik dini ekanligiga hech bir shak-shubha yo‘q. Lekin hozirgi kunda butun dunyoda olib borilayotgan ekstremistik va terroristik harakatlarning aksariyati aynan islom dini niqobi ostida sodir e`tilayotganligi muqaddas dinimizga bo’lgan munosabatni biroz salbiylashtirayotganligi bor gap. Ayniqsa hozirgi kunga kelib butun dunyoga xavf solayotgan terrorchilik guruhlarining eng yirigi, o‘zlarining ta`biri bilan aytganda “Iroq va Shom islom davlati”dir. Bir nechta yirik terrorchi guruhlarning o‘zaro birlashishidan tashkil topgan, niyatlari o‘z bayrog‘idek qora, hali hech bir davlat tan olmagan bu “davlat” bugungi kunda butun insoniyatga tahdid solayotgan siyosiy muammoga aylanib ulgurdi. Ular dunyoning turli burchaklarida teraktlar sodir etish va tinch aholining yuragiga g‘ulg‘ula solish bilan tartibsizliklar keltirib chiqarishni o‘zlariga kasb qilib oldilar. Shu o‘rinda bir savol kelib chiqadi: Ular qanday qilib tez fursatda bunday kuchga ega bo‘lishdi?
Bilamizki bola tug’ilgandayoq yugurib ketmagan, yohud darhol tili chiqib ona yoki ota degan so’zlarni aytmagan. Lekin yangi paydo bo’lgan bu terroristic tashkilot qisqa fursatda qanday qilib bunday kuchga ega bo’ldi. Javob bitta!! Ularning ortida ta’bir joiz boquvchi otalari dunyo uchun esa qora son kasalidek xavfli bo’lgan qora qo’l tashkilotlar mavjud. Ular shunday buzg’unchi guruhlarni qurol va moliyaviy jihatdan ta’minlab urush boshlashga undaydi. Shu zahoti ikkinchi niqoblarini taqib xujumga uchragan davlatga o’zini himoya qilishi uchun qurol yarog’ sotishadi va juda katta foizlar bilan qarz berishadi, tarix bunga guvohlik bera oladi.
Terrorchilarning safini to’ldirayotganlar kimlar o’zi?
Bu vahshiylikning oziqlantiruvchi omillardan biri bu qashshoq aholi toifasi bo’lsa, ikkinchi asosiy omillardan biri – bilimsizlik, uquvsizlik va albatta, ongida mafkuraviy bo’shliq shakllangan ijtimoiy qatlamlarning bu yo’lga kirib ketishlaridir. Aynan shu bois ekstremistlar o’zlarining manfur g’oyalariga muqaddas dinimizni niqob qilib olib, odamlar ongiga dinning mavjud bo’lmagan qonun-qoidalari bilan ta’sir etib, ularni atroflariga to’planmoqdalar va bu yo’lda hattoki jonlarni ham ayamayaptilar. Aslida din ular uchun e’tiqod qilish uchun emas , balki, o’zlarining manfur, g’arazli, jirkanchli niyatlari bo’lmish – siyosiy hokimiyatni kuch bilan egallashdagi qurol yoki niqob vazifasini bajarib kelmoqda
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mahalliy va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bo’lib o’tgan brifingda aytilishicha “Hizbut Harakati Jihod” ‘Da’vat Ul Irshod” va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida O’zbekistonlik (aksariyati Farg’ona vodiysidan) yoshlar Peshovar tumanida joylashgan diniy o’quv yurtlarida “O’qitilmoqda” ekanlar
Barchamizni tashvishga solib, o’ylantirib qo’ygan hamda vatanimizning osoyishtaligi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga ko’proq e’tibor berishimizni taqazo etayotgan narsalardan biri Pokistondagi mazkur yashirin markazlarda Markaziy Osiyodan, asosan Tojikiston va O’zbekistondan 400ga yaqin kishilarning bizning davlatimizda turli qo’poruvchilik ishlarini olib boorish uchun tayyorgarlik ko’rayorganligidir. Anashunday murakkab sharoitda Vatanimizning har bir fuqarosi barcha o’ylarini, fikri- zikrini bir joyga yig’ib, o’z yurtining kelajagi, tinchligi haqida, xalqimiz istiqboli haqida o’z burchi, oila va Vatan oldidagi burchlari haqida chuqur mulohaza qilishlari zamon talabidir.
Birinchi Prezidenttimiz xaqli ravishda, dinning O’zbekiston fuqarosini tarbiyalashdagi katta imkoniyatlariga ishonadi va “biz din bundan buyon ham aholini eng oily ruhiy ahloqiy ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz”, deb ta’kidlaydi . “ Lekin biz- deb davom etadi I.A.Karimov, – hech qachon diniy da’vatlar hokimyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz”.
Diniy ekstremizm tushunchasi matbuotimizda hozirgi vaqtda tez-tez qo’llanilmoqda. Ekstremist ruhoniylar bunday kishilarni dindan qaytganlar ya’ni shakkoklar deb ataydilar va ularni ayovsiz jazolaydilar. Islom dinidagi ekstremistlar garchi musulmon mamlakatlari jamiyati hayotida va hukumat siyosatida g’arbdagi rivojlangan kuchli davlatlar tasiriga tushib qolmaslik hamda mustaqillikni yo’qotish xavfiga qarshi kurashish uchun qadimgi islom g’oyalarini qayta tiklash niqobi ostida harakat qilayotgan bo`lsalarda, aslida ularning diniy-siyosiy qarashlari hokimiyatga intilishga mamlakat boshqaruvini egallashga qaratilgandir.
Bugun shunchaki yoshlar ongida sog’lom muhitni uyg’otish sog’lom mafkura egasi qilish va ularni o’zlari mustaqil to’g’ri yo’lni tanlay oladigan darjaga yetgunlariga qadar nazorat ostida ushlash kerak.
Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy masala bo‘lib turibdi. Degan edi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Shunday ekan bugun barchamiz nafaqat o’zimizga balki atrofdagilarimizgada e’tiborli bo’lsak, talabchan bo’lsak xech qanday xatar bizga rahna sola olmaydi.
Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir.
Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o‘tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani kabi: “… biz o‘z millatimizni mana shu dindan ayrim holda aslo tasavvur qila olmaymiz… Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”. Islom dini qadriyatlari mamlakatimizdagi ro‘y berayotgan ma’naviy yangilanish jarayoni va milliy g‘oya mezoni shakllanishining eng muhim omillaridan biridir.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda. Oqibatda, Iroq, Suriya, Liviya kabi aslida ulkan iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar chuqur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirmoqda. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, turli to‘qnashuvlar natijasida arab mamlakatlari iqtisodiyoti 2011-2014 yillar oralig‘ida 800 mlrd AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan. Qonli fojealar tufayli ushbu davlatlar yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari keskin pasaygan, ishsizlik darajasi deyarli ommaviy tus olgan.
Eng dahshatlisi, hozirgi kunda Iroq va suriya davlatlari hududida qariyb 8,5 million kishi terrorchi guruhlar to‘liq nazorat o‘rnatgan hududda, har qanday fuqaroviy huquq va erkinliklardan marhum bo‘lgan holda kun kechirishga majbur bo‘lmoqda. Terrorchilar ushbu mamlakatlarda ommaviy qatl, garovdagilarni qiynab o‘ldirish, xotin-qizlarni ayollarni zo‘rlash yoki ularni qul qilib sotish kabi jirkanch va qabih ishlarga qul urib, o‘zlarini e’tiqodi puch, imonsiz kimsalar ekanliklarini namoyon etmoqda. Yuzlab ziyoratgohlar, shia musulmonlarining masjidlari, xristianlarning cherkov va monastirlari, maktab va kutubxonalar vayron qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “IShID (Iroq va Shom islom davlati)”, “Jabha an-Nusra”, “Ansaru ash-Sham” (Suriya), “al-Qoida”, “al-Jihod al-Islomiy”, “at-Takfir va-l-Hijra” (Misr), “Abu Sayyaf” (Filippin), “Ozod Achex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), “Qurolli islomiy harakat” (Jazoir), “Boko haram” (Nigeriya), “Islom jihodi uyushmasi”, “O‘zbekiston islomiy harakati” Tolbion (Afg‘oniston, Pokiston) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko‘pchilikka ayon haqiqatdir.
Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil etilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Mazkur guruhlarning targ‘ibotchilari ko‘p vaqtini internetda o‘tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida ular bilan go‘yoki “musulmonlarning azoblanayotgani” suhbatlar olib boradilar.
So‘ngra islom olamidagi “muammolar” sanab o‘tilib, aybdorlar sifatida dunyoviy davlat va jamiyat ko‘rsatiladi. Bundan keyin esa barcha muammolarning “yechimi” sifatida “kofirlarga” qarshi “jihod” qilish taklif etiladi. Buning uchun esa avvalambor “hijrat” qilish lozimligi uqtiriladi. Bilimsiz, o‘z mustaqil fikri va atrofdagi hodisalarni tahlil etish malakasiga ega bo‘lmagan yoshlar bunday da’vatlarga uchib, aqidaparast oqimlarga moyil bo‘la boshlaydilar. Qisqa qilib aytganda “ijtimoiy tarmoqlar” “ekstremistik qarmoqlar” vazifasini o‘tamoqda.
Aslida esa, yoshlarni o‘z safiga chorlayotgan, o‘zini “mujohid” deb tanitayotgan kimsalar tinch aholini qatl etmoqda, ayol-qizlarni xo‘rlab, nomuslariga tajovuz qilmoqda. Norasida bolalarni o‘ldirmoqda. Islomning beshinchi arkoni bo‘lgan haj amalini bajarishga borayotganlarni “toshga sig‘inuvchilar” deb e’lon qilib, ularga tahdid qilmoqda. Dinimiz qiblasi bo‘lgan muqaddas Baytullohni vayron qilishga va’da bermoqda. Uy-joylar, maktab va kutubxonalar, qishlog‘u-shaharlarni buzib, mo‘ysafid otaxon, mushipar onalar, norasida go‘daklarni ko‘chalarda sargardon qilmoqda.
Ming taassufki, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar ota-onasini qon yig‘latib Suriya, Iroq kabi fitna o‘choqlariga ketib qolmoqdalar. U yerlarda diydasi qotgan jallodlarga aylangan bu johillar yurtiga qurol o‘qtalib o‘z xalqi, ota-onasi va dindoshlariga tahdid bilan dag‘dag‘a qilishdek tubanlikka yuz tutyaptilar.
Aqidaparastlik jamiyatimizdagi fuqarolarni “haqiqiy” va “soxta” dindorlarga ajratishi bilan ham tahdid solmoqda. Bunday harakatlarning oddiy misollari sifatida go‘yoki islomiy libos deb ilgari surilayotgan “hijob” masalasiga haddan tashqari urg‘u berish, dunyoviy hayot kechiruvchi fuqarolarni go‘yoki “imoni sust” sifatida ko‘rishni qayd etish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday fitna chiqarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi Afg‘oniston, Pokiston va Jazoirda sodir bo‘lgan hamda hozirda Iroq va Suriya davlatlarida yuz berayotgan voqealardan bizga ma’lum. Barcha buyumlarni “halol” va “harom”ga ajratishda g‘uluvga ketish oqibatida ba’zi qo‘shni mamlakatlarimizda hattoki “halol taksi” chiqqanini qanday izohlash mumkin? Vaholanki, islom dini o‘rtalik, mo‘’tadillikka chaqiradi.
Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o‘ylangan strategiyaning bir qismidir. Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazlari, ta’bir joiz bo‘lsa, “g‘oyaviy laboratoriya”lar mahsuli ekanini alohida qayd etishimiz lozim.
Birinchi guruh qatoriga “Tablig‘chilar” jamoasi tashkilotini kiritish mumkin. Ikkinchi guruhlar qatoriga “Nurchilar”, “Hizbut-tahrir” kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin. Uchinchi guruhga esa barcha jihodiy, soxta “salafiy” jamoalar kiradi.
Diniy-ekstremistik ruhdagi terrorchi tashkilotlarning strategik maqsadlari, avvalo, go‘yoki, shariatga asoslangan davlat tuzish bo‘lib, bu bir necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichda aholini keng ko‘lamda “islomiylashtirish” nazarda tutiladi. Bunda, avvalo, diniy ilmi sayoz bo‘lgan kishilar orasida islomning farzlariga amal qilish lozimligi, bu ishlarni bajarmaganlar musulmonchilikdan chiqishi uqtiriladi. Shu bilan birga, yashirin “hujralar” tuzish va ularda o‘qiyotganlarga, diniy ta’lim niqobi ostida, o‘z qarashlarini singdirish ishlari olib boriladi. Bir qarashda bunday “da’vat”dan hech qanday zarar yo‘qdek ko‘rinishi mumkin, aslida esa bu “chuqur o‘ylangan strategiya”ning bir qismidir.
Ikkinchi bosqichda endi “islomiylashtirilgan” aholida hukumat, mavjud konstitutsiyaviy tuzum, rasmiy diniy tuzilmalar va ulamolarga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‘otish va shu orqali ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish ko‘zlanadi. Unda aholi orasida “imonli” va “imonsiz”, “musulmon” va “kofir”, “islom diyori” va “kufr diyori” kabi tushunchalarni keng yoyish, diniy-ekstremistik ruhdagi varaqa, adabiyot, video va audio tasmalarni tarqatish orqali dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Uchinchi bosqichga kelib, to‘plangan “jamoat”ni mavjud hukumatni ag‘darish va “islom davlatini” tuzishga da’vat etiladi. Bunda, “jihod”, “shahidlik” g‘oyalarini targ‘ib qilish, yashirin guruhlar tuzish va uning a’zolarini maxsus (da’vat, qo‘poruvchilik va h.k.) tayyorgarlikdan o‘tkazish, ayollardan iborat yacheykalarni kuchaytirish va oxir-oqibat terror vositalaridan foydalangan holda maqsadga erishish ko‘zlanadi.
Tahlil respublikamizga turli DEO tarafdorlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazish uchun respublikamiz hududiga diniy ekstremistik mazmundagi mahsulotlarni olib kirishga qaratilgan harakat faollashayotganidan dalolat beradi. Birgina joriy yilning 1 iyuniga qadar o‘tgan davr ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza bo‘limiga turli davlat idoralari tomonidan 800 dan ziyod diniy mazmundagi materiallar taqdim etildi. Ushbu materiallarning salmoqli qismini aqidaparastlik g‘oyalari yo‘g‘irilgan mahsulotlar tashkil etadi. Ularning aksariyati hozirgi kunda Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni da’vat etuvchi chaqiriqlar va videoroliklar tashkil etadi.
Ayni vaqtda, bunday materiallar bilan huquqni muxofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan qo‘lgan olinganlar ichida endi voyaga yetgan o‘smirlar mavjud ekani bizdan alohida e’tibor talab qiladi.
Shu nuqtai-nazardan, mustaqil hayotni boshlayotgan yoshlarimizni turmushda ularni og‘ir sinovlar kutib turayotgani, xususan, bizning yurtimiz, xalqimizga do‘st bo‘lmagan, soxta g‘oyalar bilan hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan o‘smirlarimizni oilasi va Vatanidan ayirib olib, o‘z manfaatlari yo‘lida qurbon qilishdek g‘araz maqsadlar ega kuchlar borligidan ogohlantirishimiz biz kattalarning, ayniqsa, diniy soha vakillarining burchimiz hisoblanadi.
Diniy-ekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi respublikamizdagi ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, fuqarlarni, ayniqsa, yoshlarni qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarga jalb qilish kabi harakatlarda, shuningdek, mamlakatimizda terrorchilik harakatlari sodir etish uchun suqilib kirishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan holatlar hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslik, hamisha ogoh bo‘lib yashash zaruratini yana bir marta ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro maydonda ko‘p va ikki yoqlama hamkorlikni kuchaytirish, BMT, Shanhay hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning faoliyatini samaradorligini oshirish masalasini qat’iy qilib kun tartibiga qo‘ymoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doiralarida imzolangan.
Hozirda O‘zbekiston BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan asosiy 13 ta hujjatini ratifikatsiya qilgan. BMT Xavfsizlik kengashi Aksilterroristik qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak baholanadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida “uch yovuz kuch”, ya’ni “terrorchilik”, “ayirmachilik” (separatizm) va “ekstremizm”ga qarshi kurashda xamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004 yildan beri Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda.
2010 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida yurtboshimiz Islom Karimov nutq so‘zlab, terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.
Shuningdek, O‘zbekiston AQSh, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari kabi qator mamlakatlar bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘z navbatida, jamiyatimizda diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishini oldini olishda profilaktik va tushuntirish ishlari saviyasi va ta’sirchanligini tizimli ravishda kuchaytirib borish bugungi kunning hayotiy muhim masalasiga aylandi.
Hozirgi kunda respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davlat va fuqarolik jamiyatining samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Davlat amaldagi qonunlarimizga zid ravishda konstitutsion tuzumga qarshi guruhlarning faoliyatini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi.
Ta’kidlash joizki, DEO a’zolari diniy e’tiqodi yoki dunyoqarashi uchun emas, balki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi yoki Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi va boshqa qonunlarimizda aniq belgilangan jinoiy ishlarni sodir etgani va qonunbuzarligi uchun jazoga tortiladi. Aldanib oqimga kirib qolgan shaxs o‘z vaqtida xatosini anglab yetib, pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishga yordam bersa, Jinoyat Kodeksining 244-2 moddasiga ko‘ra javobgarlikdan ozod etiladi.
Jamiyat OAV, ma’naviyat yo‘nalishda faoliyat yuritadigan tuzilmalar, jamoat va diniy tashkilotlar orqali fuqarolarni aqidaparast g‘oyalarning ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan profilaktik va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
Hossatan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi davlat idoralari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida dastur asosida tizimli faoliyat yuritmoqdalar. Targ‘ibot va tushuntirish ishlari OAV, Internet, tele- va radiodasturlardagi chiqishlar, o‘quv muassasalari, mahalla fuqaro yig‘inlari, turli tashkilot va korxonalarda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish shakllarida amalga oshirilmoqda.
Olimlar va ulamolarimiz, soha mutaxassislari tomonidan aqidaparastlikning turli ko‘rinishlarini fosh etuvchi qo‘llanmalar nashr etilib, aholining keng qatlamlari ichida tarqatilmoqda.
Ulamolarimiz juma ma’ruzalarida, chegara hududlarda davriy ravishda tashkil etilayotgan uchrashuvlarda mutaassib da’vatchilarning soxta da’volarini dalillar bilan fosh etib, aholini, ayniqsa, yoshlarni aldovlarga uchmaslikka chaqirmoqdalar.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘MI, TIU, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda 200 dan ziyod ma’rifiy tadbirlar tashkil etdi. DIQ, TIU, O‘MI internet saytlariga mavzuga oid yuzdan ziyod maqolalar joylashtirildi.
Shu bilan birga, diniy-ekstremistik guruhlar, jihodiy jamoa va ularning da’vatchilari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining tobora kengayib borayotgani respublikamizdagi davlat va jamoat tashkilotlarining aksiltarg‘ibot ishlarini faollashtirishi, ularni yangi, ta’sirchan va ommabop usul va shakllarni amalga oshirishni taqazo etmoqda.
So‘nggi vaqtda qo‘ni Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, Tolibon harakati va mazkur mamlakatdagi boshqa terrorchi guruhlarning Markaziy Osiyo respublikalariga chegaradosh hududlarda to‘planayotgani haqidagi ma’lumotlar bizni yanada hushyor bo‘lishimiz lozim ekanidan dalolat bermoqda.
Davlatimiz Rahbari tomonidan jamiyatimizning ma’naviyatini yuksaltirish, aholini yot va soxta diniy g‘oyalar ta’siridan saqlash, hushyorlik va ogohlikni da’vat etishda diniy soha xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholanganiga barchamiz guvohmiz. Mazkur e’tirof diniy soxa xodimlarini jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni avaylab-asrash yo‘lida yanada fidokorona faoliyat yuritishlariga undaydi.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy va diniy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, turli diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashni yanada faollashtirish hamda yoshlarni yot g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida diniy soha xodimlari quyidagilarga ahamiyat qaratishi zarur hisoblanadi:
- joylarda fuqarolar ichida din bilan bog‘liq jarayonlardan doimiy ravishda boxabar bo‘lib yurish, vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
- o‘quv muassassalari, mahalla yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;
- ta’lim muassasalarida «Tinchlik eng oliy ne’mat», «Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q», «Diniy-ekstremistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid» kabi mavzularda davra suhbati va seminar-mashg‘ulotlar son va sifatini oshirish, tadbirlarda diniy ekstremistik va terroristik guruhlarning asl qiyofasini fosh etuvchi, jinoyatlari aks etgan videotasvirlardan foydalanish;
- joylarda masjid va alohida uylarda(hujralarda) noqonuniy diniy ta’lim berish holatlariga barham berish yuzasidan tushuntirish ishlari tizimli o‘tkazish;
- mahalliy OAVda diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarining jamiyatga tahdidi haqida davra suhbatlarida ishtirok etish, xalqaro terrorizm hamda diniy ekstremizm g‘oyalari zamirida g‘arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli tarzda fosh etuvchi chiqishlarni ko‘paytirish;
- Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro markazi, O‘MIning joylardagi vakilliklarining internet saytlariga sof islom ta’limotlarini yoritishga bag‘ishlangan hamda turli norasmiy, g‘arazli oqimlar tomonidan da’vo qilinayotgan g‘oyalarga (xususan, mazhabsizlik, takfir, hijrat, jihod) haqqoniy ilmiy raddiya mazmunidagi maqolalarni muntazam berib borish;
- mahalllalarda hushyorlik va ogohlikni ta’minlash, yoshlarning tarbiyasida oila ma’suliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtirish va bu kabi ishlarda faol ishtirok etish, mehnat migrantlari bilan ularni jihodiy jamoalar ta’siriga tushib qolishi oldini olishga qaratilgan suhbatlarda ishtirok etish;
- hokimiyat, korxona, tashkilot, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari bilan hamkorlikda xayriya faoliyatini kuchaytirish orqali ekstremistlar uchun «faoliyat maydonini» toraytirish va yo‘qqa chiqarishga alohida e’tibor qaratish;
- diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tagan, hozirda tuzalish yo‘liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish bilan ijobiy ta’sir o‘tkazishga urg‘u berish.
Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lib qoladi.


________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Yüklə 70,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə