Tashkilotning boshqarish tizimi tuzilmasi



Yüklə 14,27 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü14,27 Kb.
#153146
1-reja


Tashkilotning boshqarish tizimi tuzilmasi
Tashkilotning boshqaruv tuzilmasi bu-korxona faoliyatini muvofiqlashtiradigan, tashkil qiladigan menejment tizimi bo'lib, uning biznes rejasini yoki innovatsion loyiha rejasini bajarish uchun, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadigan va joriy etadigan uning tarkibiga kiruvchi barcha alohida boiim va xizmatlar tizimi jamlanmasi boiib hisoblanadi. Korxonaning boshqaruv tuzilmasining shakllanish murakkabligini, ierarxik darajasini, belgilab beruvchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi;
Ishlab chiqarish darajasi va sotish xajmi;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi;
Mahsulot ishlab chiqarish murakkabligi va unifikatsiya darajasi;
Ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuv, kontsentratsiyalashuv va ixtisoslashuv darajasi;
Mintaqada infratuzilmaning rivojlanish darajasi;
Korxonaning xalqaro aloqalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’kidlab o‘tilgan omillarga qarab korxonaning boshqaruv tuzilmasida chiziqli, chiziqli-funksional, shtabli va muammoli-maqsadli tuzilmalami tashkil etish mumkin. Barcha ta’kidlab o‘tilgan boshqaruv tuzilmalari o‘z yutuq va kamchiliklariga ega. Korxona o'ziga boshqaruv tuzilmasini tanlashda, boshqaruv tuzilmasini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillami tahlil etishi va shunga qarab boshqaruv tuzilmasini tanlashi lozim.
Boshqaruvning yangi tashkiliy tuzilmasi mulkchilikning turli xil shakllari, davlat va xususiy sektoming o‘zaro ta’siri, korxonalar va boshqamvning hududiy organlariga vakolatlami berish kabi omillami inobatga olish negizida barpo etilishi kerak.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini isloh etish bu - maqsad emas, balki maqsadga erishish vositasidir. Maqsad esa - ishlab chiqarish samaradorligi va boshqaruv sifatini oshirishga qaratilgandir.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini isloh qilishning asosiy vazifasi - boshqaruvning barcha bosqichlarida shunday boshqaruv apparatini yaratishdan
iboratki, natijada, mazkur boshqaruv apparati mulkchiliknmg turli xil shakllariga ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullariga,
bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlami faoliyat yuritish sharoitlariga mos kelishi va boshqarishning barcha funksiyalari (texnik, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy)ni amalga oshirishni
ta’minlashi lozim.Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini isloh etish masalalari ham amaliy, ham nazariy jihatdan to'liq ishlab chiqilmagan. Ayniqsa, boshqaruvning ilmiy asoslangan tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish uslubiyoti
masalalari-o‘ta dolzarbdir. Tashkiliy tuzilmani isloh etishda ilmiy bilishning quyidagi umumiy: ya’ni formal mantiq, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, gipoteza va sinov-tajriba usullaridan foydalaniladi.Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini isloh qilish konsepsiyasi quyidagi tamoyillar, ya’ni demokratlashtirish, optimallik, ilmiylik va samaradorlikka asoslangan bo'lishi lozim. Taniqli amerikalik olim A. Chandler ko‘p yillar davomida «Dyupon», «Djeneral motors» va «Sirs» kabi yirik kompaniyalaming tashkiliy tuzilmasidagi o‘zgarishlami tahlil etib, ushbu o‘zgarishlar maqsadlar va strategiyasidagi o‘zgarishlar bilan qanday mos kelishini taqqoslash asosida o‘zining «Strategiya tashkilot tuzilmasini belgilab beradi» degan xulosasini yaratdi. Bu shundan dalolat beradiki, boshqaruv obyektining tuzilmasi shunday bo‘lishi lozimki, natijada, u strategiyani to‘liq amalga oshirishni ta’minlashi lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish bilan birga strategiya ham o‘zgaradi. Bu esa shunga mos keluvchi o‘zgarishlar tashkiliy tuzilmalarda ham sodir bo'lishini talab etadi. Tashkillasbtirishning klassik nazariyasiga muvofiq, boshqanivning tashkiliy tuzilmasini loyihalash va isloh qilish yuqoridan pastga qarab amalga oshirilishi kerak. Awalambor, umumiy maqsadlar aniqlanadi, so‘ngra esa vazifalar va umumiy qoidalar shakllantiriladi.Hozirgi zamon ishlab chiqarishi murakkab tizim bo'lib, lining samarali, birtekis ravon faoliyati korxonaning boshqaruv mexanizmi orqali ta’minlanadi.
Korxonaning boshqaruv mexanizmi bu - boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarining yashash tizimi bo'lib, uning yordamida korxona vazifalari bajariladi, maqsadlarga erishiladi, ichki aloqalar o'matiladi va using faoliyatining nazorati amalga oshiriladi. Boshqaruv mexanizmi quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
boshqaruvning asosiy tamoyillari va qonunlari;
boshqaruvning funksional tarkibiy tuzilmasi;
iqtisodiy va huquqiy me’yorlar va cheklashlar;
axborotlar;
axborotlami qayta ishlashning texnik vosi talari, qoidalari va usullari.
Shunday qilib, ishlab chiqarish tizimi yagona mexanizm bo‘lib, uning har birbo‘g‘ini o‘ziga tegishli funksiyani bajaradi. Boshqaruvda boshqaruv qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishni nazorat etish usullari va vositalarining sintezi sifatida tasawur etish mumkin. Har bir korxona darajasida
ishlab chiqarishni boshqarish ikkita asosiy vazifani bajaradi:
1. Iqtisodiy (daromadni ko‘paytirish);
2. Ijtimoiy (mehnat qilish va yashash uchun qulay imkoniyatlami yaratish)
Boshqaruvda tamoyil bu-asosiy qoida, talab, boshqaruv g‘oyasi esa uning negizidir. Bu borada Yapon firmalari faoliyati va ish tajribasidan misollar keltiramiz.
1. Qarz uchun foydadan voz kechma, lekm foydani olib qarzni unutma.
2. O‘z mehnatimiz bilan hayotimizni yaxshilaymiz va eng yaxshi jamiyat quramiz.Ishlab chiqilgan tamoyillar asosida korxona faoliyatining maqsadiga aniqlik kiritiladi, uning iqtisodiy siyosati shakllantiriladi va uni amalga oshirish usullari
ishlab chiqiladi. Boshqaruvning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Maqsadlaming muvofiqligi va markazlashganlik tamoyili.
2. Uzluksizlik va ishonchlilik tamoyili.
3. Rejalilik, mutanosiblik va dinamik o‘zgaruvchanlik tamoyili.
4. Demokratik tamoyil.
5. Boshqaruv usullari va qoidalarining ilrniy asoslanganlik tamoyili.
6. Boshqaruv samaradorligi tamoyili.
7. Davlat, jamoa va shaxsiy manfaatlarning uyg‘unlashuvi tamoyili.
Korxonada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning tarkibiy
tuzilmasiga va boshqaruv obyektlarining funksional yo‘nalishiga, ko‘lamiga mos kelishi lozim


Yüklə 14,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə