Islom diniga doir manba va adabiyotlar


 Abu Bakr Siddiq davridagi jamlash



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
3-мавзу маърузаси

2. Abu Bakr Siddiq davridagi jamlash. 
Payg‘ambar 
Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng Abu Bakr Siddiq ikki yarim 
yil xalifa bo‘lgan. U kishining xalifalik davri jangu jadallarga 
to‘la bo‘lib, xususan, dindan qaytgan – murtadlarga qarshi 
kurash olib bordilar.
Hijriy 12-sanada ko‘plab sahobiy qorilar qatnashgan
“Yamoma” jangida 70 ta qori sahobiy vafot etdi. Vaziyatni to‘g‘ri 
baholagan Umar (keyinchalik xalifa) Abu Bakr Siddiqning huzuri-
ga borib, holat shu zaylda davom etsa, Qur’oni karimni keyin-


104
MANBAShUNOSLIK
gi avlodlarga yetkazish qiyin bo‘lishini aytgan. Xalifaga Qur’oni 
karimni yagona kitob shaklida jamlash maslahatini bergan.
Dastlab, Abu Bakr “Rasululloh qilmagan ishni men qilmay-
man”, deb rad javobini bergan. Hazrati Umarning ko‘p bora 
urinishidan keyin Abu Bakr bu ishda hikmat bor, deb rozi 
bo‘lgan, hamda ushbu mas’uliyatli vazifani unga topshirgan.
Natijada, “Suhuf” (suralar bitilgan sahifalar) ilk kitob shak-
lidagi Qur’on suralari jamlangan va Abu Bakr Siddiqning hu-
zurida saqlangan. U vafot qilganidan so‘ng, xalifa Umarning 
huzurida saqlangan. U kishi ham vafot etgach, qizi Hafsa bint 
Umarning qo‘lida qolgan.
3. Xalifa Usmon davrida Qur’oni karimning jam-
lanishi. 
Usmonning xalifalik davriga kelib, ko‘plab arab 
bo‘lmagan xalqlar orasida islom dini tarqala boshladi. Har bir 
hududga borgan qorilar o‘zi o‘rgangan usulda Qur’oni karimni 
o‘sha yerdagi insonlarga o‘rgatar edi. Masalan, shomliklar Ubay 
ibn Ka’b qiroatida o‘qisalar, iroqliklar Abdulloh ibn Mas’ud 
qiroatida o‘qir edi. Natijada, ba’zi hollarda turli tomonlar 
qiroatlardagi ayrim farqlarni ko‘rib, bir-birlarini ayblash holat-
lari chiqa boshladi.
Toshkentda saqlanayotgan Qur’oni karim – Usmon Musha

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə