Islom diniga doir manba va adabiyotlar


Qur’oni karim va uning tafsirlari



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
3-мавзу маърузаси

Qur’oni karim va uning tafsirlari. 
Qur’oni karim-
ning jamlanishi borasida so‘z ketar ekan, uni davrlarga bo‘lib 
o‘rganish maqsadga muvo
fi
qdir. Chunki, uni jamlashdagi har 
bir bosqich o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan.
Qur’on ilmlari bo‘yicha yozilgan manbalarda qo‘llaniladigan 
“jamlash” atamasi ikki xil tushunchani ifodalaydi:


103
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Birinchidan, “jamlash” deganda uni qalbda saqlash, yod-
lash tushuniladi. Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda: 
“Va-
hiy nozil bo‘lish vaqti Muhammad (alayhis-salom) uchun juda 
og‘ir kechardi. Rasululloh oyatlarni unutib qo‘yishdan qo‘rqib, 
yodda saqlash maqsadida ularni ko‘p-ko‘p takror qilar edilar
”, 
deyilgan.
Ikkinchidan, “jamlash” yozish va muayyan tartibga kelti-
rish ma’nosida olinsa, Qur’oni karim uch bosqichda jam qi-
lingan:
1. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davridagi jam-
lash bosqichi.
Rasululloh (s.a.v.)ga biror oyat nozil bo‘lsa, uni 
sahobiylar yozib borar edilar. U kishining huzurida Abu Bakr
Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b, Muoviya ibn 
Abu Sufyon, Yazid ibn Abu Sufyon, Zubayr ibn Avvom kabi ko-
tiblari bo‘lgan. “Kuttob al-vahiy”, ya’ni “vahiy kotiblari” bo‘lgan 
mazkur sahobiylar payg‘ambar (s.a.v.)dan eshitgan oyatlarini 
hayvon terisi, daraxt po‘stlog‘i, yirik suyaklar va boshqa shu 
kabi narsalarga yozib borganlar.
Mazkur bosqichda Qur’oni karim kitob holatiga keltiril-
magan. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari bo‘lgan. Bu borada 
Imom Zarkashiy: “Qur’oni karim Rasululloh s.a.v. davrlarida 
kitob holatiga keltirilmaganining boisi, u zot ehtimol yana oy-
atlar nozil bo‘lib qolar, deb sahobiylarga bu vazifani buyurma-
dilar”, deydi.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə