Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
3-мавзу маърузаси

118
MANBAShUNOSLIK
“Jome’ ar-rumuz” 
– Mulla Shamsiddin Ko‘histoniyning 
“Jome’ ur-rumuz” nomli asari ba’zi manbalarda muallif nomi 
asar nomi sifatida 
“Shamsuddin”
zikr qilingan. “Jome’ ar-ru-
muz” mashhur “Muxtasar al-Viqoya”ning arab tilida yozilgan 
2 jildlik sharhidir. Uning mualli
fi
Shamsiddin Muhammad 
Ko‘histoniy bo‘lib, Buxoro muftiysi bo‘lgan. 962/1554 (yoki 
950/1543)-yil vafot etgan. Bahouddin Naqshband hazratlari-
ning yonlariga dafn qilingan. Uning “Sharhi “Fiqhi Kaydoniy” 
nomli asari ham bor.
“Fiqhi Kaydoniy”.
Fozil Kaydoniy nomi bilan tanilgan 
Lutfulloh an-Nasa
fi
y (XIV asr) asari. Namoz haqida birlamchi 
ma’lumotlar beradigan muxtasar risola. Garchi mualli
fi
haqi-
da ma’lumotlar yo‘q bo‘lsada, Movarounnahrda juda mashhur 
bo‘lgan. Talabalar o‘qigan, yod olishgan. Namoz masalalari 
sakkiz bobga – farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, 
makruh va mufsidga bo‘lib tushuntiriladi. Arab tilida yozil-
gan. Unga juda ko‘plab sharhlar arab, fors, turkiy tillarida 
bitilgan.
“Asl”.
Hana
fi
y Mazhabi 
fi
qhiy masalalari bir qancha 
tabaqaga bo‘lib o‘rganiladi. Shulardan birinchisi “Asl ma-
salalari” deyi 
ladi va unda zohiri rivoyat tushuniladi. Un-
ing eng asosiysi “al-Mabsut”dir. Uning eng mashhur nusxa-
laridan biri Abu Sulaymon al-Juzjoniy (vafoti 200/815-y.)ga 
tegishli va u “al-Asl” deb ataladi. “Mabsut”ning bir qancha 
nusxalari mavjud. Shayx ul-islom Abu Bakr Xoharzoda (vafoti 
483/1090-y.) asari “Mabsuti Shayx ul-islom” yoki “Katta Mab-
sut” deyiladi. Shams ul-aimma as-Saraxsiy (vafoti 500/1106-
y.) va ustozi Shams ul-aimma al-Halvoiy (vafoti 456/1063-y.) 
nusxalari mavjud. Zohiri rivoyat masalalarini to‘plagan Ho-
kim ash-Shahid (vafoti 334/945-y.) “Kitob al-Ko
fi
y” asarini 
yozgan va u ham “al-Asl” deb ataladi. Uning Shams ul-aimma 
as-Saraxsiy, Shayx ul-islom al-Isbijobiy (vafoti 535/1140-y.) 
sharhlari mavjud.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə