Islom. Islom dinining asosiy manbalari. Bajardi: Sadullayeva Z


Qur’onning tarkibi va jamlanishi



Yüklə 2,86 Mb.
səhifə5/6
tarix08.06.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#116151
1   2   3   4   5   6
ISLOM

Qur’onning tarkibi va jamlanishi.

  • Islomning asosiy hujjati bo’lgan Qur’on musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qo’llanma, doimiy yo’lboshchi bo’lib xizmat qilib kelgan. Qur’oni Karim jumlalariga biron-bir o’zgartirish kiritish, bironta harfni, xatto harflar belgisi-zer-zabarini ham o’zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan;
  • Qur’on ta’limotining markaziy g’oyasi yakkayu yagona Alloh to’g’risidagi ta’limotdir. Shuningdek, unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, payg’ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islom dinining asoslari va boshqa diniy ko’rsatmalar belgilab berilgan. Undagi axloqiy, xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy meyorlar Islom dinining qonunlari majmuasi-shariatga asos qilib olingan.

Qur’onning tarkibi va jamlanishi.

  • Qur’oni Karimning asosiy nomlari:
  • · Qur’on. Mazmuni “O’qish kitobi”. Bu kalom faqat Muhammad a.s.ga nozil qilingan ilohiy kitobga qo’llaniladi.
  • · Furqon. Haq bilan nohaqni ajrim qilib beruvchi degani. Bu nom Qur’onga, gohida Tavrot va Injil kitoblariga ham qo’llanilgan.
  • · Kalomulloh. Allohning kalomi degani.
  • · Mus’haf. Sahifalangan, muqovalangan kitob degani.

Qur’onning tarkibi va jamlanishi.

  • “Qur’on” - arabcha “qara’a” (o’qimoq) felidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganini bildiradi.
  • Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra-avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har hil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
  • Qur’on matnlarining to’planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e’tirof etilishi Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon davrida amalga oshirilgan.
  • Muhammad suralarni yoddan o’qigan, targ’ibot vaqtida musulmonlar ham uni yod olgan. Boshqa xalqlardagidek, arablar o’rtasida ham folklorga hos she’rlar, rivoyatlar faqat yod olish va og’izdan-og’izga ko’chirish yo’li bilan avloddan-avlodga o’tib saqlangan. Faqat ayrim savodli kishilargina ba’zi suralarni pergament, yog’och tahtakach, kurak suyaklariga yozib olganlar. Suralarni to’la yodlab olgan musulmonlar anchagina bo’lgan.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə