Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakulteti


Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot , qazib olish texnologiyasi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#137566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
fayzullaaaaaa

2. Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot , qazib olish texnologiyasi.


Kovuldi konining tarixiy yilnomasi. Kovuldi koni shu yilning, yaʼniy 2017 – yilning 27–dekabrida oʻzining 40 yillik yubileyini nishonlandi. Ushbu 40 yil davomida Kovuldi koni quyidagi koʻrsatgich va natijalarni tarix sahifalariga muhrladi:
Olmaliq rudali rayoni qadimdan bizga maʼlum, bu xaqida topilgan eramizning IX – XII - asrlari turli eski kon laximlari maʼlumot beradi. Shundan bizga maʼlumki, qadimdan ota – bobolarimiz mis, qoʻrgʻoshin, turli qimmatbaxo toshlar va oltinni qazib olishgan xamda qayta ishlashgan. Oʻrta osiyoda olib borilgan dastlabki geologik qidiruv ishlari 19- asrning 70-80 yillariga toʻgʻri keladi. Bu qidiruv ishlarida I.V. Mushketov, G.D.Romanov, N.A.Seversov, va V.N.Veberlar tomonidan olib borilgan.
Olib borilgan geologik qidiruv va izlanishlar natijasida Olmaliq rudali rayonida katta miqdordagi foydali qazilma boyliklari zaxirasi borligi maʼlum boʻldi.
1959-yillarda Olmaliq GRE tarkibida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan Akturpak otryadi vakillari kvars-sulfid ruda jilasi borligini aniqlashgan va shunga asosan Ye.B.Achkasov va V.I.Udot Kovuldida xam aynan shunga oʻxshash zaxira borligini extimol qilib, oʻrganishga kirishadi.
1965-1966-yillarda olib borilgan geologik qidiruv natijasida, geologlar I.I.Dabija, Ye.Z.Meщaninov, L.V.Goncharovlarning izlanishlari va sayi xarakatlari natijasida Olmaliq rudali rayonida Kovuldi koni borligi va uning sanoat zaxirasi aniqlandi. Bular albatta kalonkali burgʻulash naʼmunalari natijasi asosida urnatildi. 1968-yilda dastlabki va 1969-yildan mufassal (detalni) razvedkaga kirishiladi va oʻrganilayotgan obyekt Kovuldi konining “Markaziy (Sentralnыy)” uchastkasi deb nomlanadi.
Asosiy ruda tanasidan janubda 800m masofada joylashagan va 1971-yilda dastlabki razvedka ishlari olib borilgan qismi “Janubiy Kovuldi(Yujnыy Kauldы)” deb nomlandi. Konning bu qismida izlanish – baxolash ishlari 1972 – 1974 – yillarda Meщaninov Ye.Z. tomonidan olib borilgan. Mufassal (detalni) razvedka ishlari 1978-yildan olib borilgan. Konning Markaziy uchastkasi zaxiralarning oʻsishi hisobiga 1974-yildan buyen qazib olinmoqda.
Geologik ishlar bilan birgalikda 1974 – 1977 – yillarda konning boshqa qurilish ishlari xam olib borildi.
Kovuldi koni 1977 –yil 27 – dekabrda ekspluatatsiyaga topshirildi.
Konning qurilish davri va ekspluatatsiyaga topshirilgandan keyin kon tarixida koʻplab raxbarlar oʻz qilgan ishlari bilan oʻrin oldi. U raxbarlar quyidagilar:

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə