Islom ma'naviy va ahloqiy o‘gitlarning ijtimoiy mazmuni Reja: I bob. Ma’naviy madaniyat va din



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə4/5
tarix31.05.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#114635
1   2   3   4   5
Islom ma\'naviy va ahloqiy o‘gitlarning ijtimoiy mazmuni Reja I

Xulosa.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, shu bilan birga xalqimizning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. O’zbekiston xalqining boy ma’naviy merosi
I.A.Karimovning aytganlaridek «ikki jabhani – olamni ilmiy bilishi va diniyfalsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi». Ajdodlarimizning asrlar davomida to’plangan hayotiy tajribalari, ilmiy kashfiyotlari, axloqiy ta’limotlari va badiiy-estetik boyliklari istiqlol yillarida ma’naviy islohotlarning poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda dinning, jumladan islom ma’naviyati va axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas.
Sobiq sho’rolar davrida diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni odamlar va jamiyat taraqqiyoti uchun zararli deb topish, kurashgan ateizm tamoyillarini mutloqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi. Dinning odamlar turmush tarzi, urf-odatlari, milliy an’analari bilan uzviy bog’liqligi, u axloq-odob, ma’naviyatni boyitishda muhim manba ekanligi inkor etildi.
Din ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va ayrim paytda hatto asosiy omili bo’lib kelgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, irodalilik, sabrtoqatlilik, shukronalilik, e’tiqodga amal qilish, xullas insoniylikni taqoza etadi va kishining ma’naviy-ruhiy salohiyatini shakllantiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlaridan dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishidagi roliga baho berib; «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizda xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas – tuganmas kuch – qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»1-deb, ta’riflaganlar.
Barcha jahon dinlari kabi islom dini ham kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda, mehr-muruvvatni o’zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi umuminsoniy qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson va dinga e’tiqod qiluvchilar uchun diniy qadriyatlarning tutgan mavqyei o’z o’rniga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda (yangi tahriri, 1998 y.) dindorlarning huquqlari kafolatlangan, dinga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. Din ma’naviy madaniyatimizning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etildi. Milliy va umuminsoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan islomiy qadriyatlar va ularning asosiy qoidalari, ma’naviy islohotlarning axloqiy zaminini tashkil etadi. Din mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmatining ortib borishi tabiiydir.
Diniy e’tiqodlar, g’oyalar va ta’limotlar hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning poydevori bo’lib xizmat qiladi. Umuman din va islom dini ham hozirgi zamonda tinchlik, osoyishtalik, iymon, ehson, poklik, insonparvarlik, vatanparvarlik uchun odamlarni yo’naltiradigan ma’naviy-ruhiy kuchdir.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida kishining fe’l-atvori, xulq-odobi, dunyoqarashi, ma’naviyati va ruhiyati milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun faqatgina Respublikamizgina emas, balki butun MDH-da ham dinga ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida qarash, dinning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalarini e’tirof etish hozirgi zamon dinshunoslik fanining asosiy innovasion tamoyilini tashkil etadi. Tadqiqotchilar dinning falsafiy, dunyoqarash funksiyasiga ishora qilib, uning insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, bu dunyo masalalariga, inson hayotining muammolariga o’z munosabatini bildirib turishga undaydigan omil sifatida qarashdilar. Bundan tashqari, jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, unga

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə