Issn: 181-2489 volume ǀ issue 10


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 66,31 Kb.
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü66,31 Kb.
#144096
1   2   3   4   5   6   7
islom-moliya-tizimi-boshqaruvi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Beshinchi bitim – “istisna”. Istisna ham salam kabi hali ishlab chiqarilmagan mahsulotni sotish shartnomasidir. Bu shartnoma, ishlab chiqaruvchi buyurtma berilgan mahsulotni o’z xom ashyosidan ishlab chiqarishini ko’zda tutadi. Ushbu bitim huquqiy kuchga ega bo’lishi uchun, ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan mahsulotning narxi, sifati va xususiyatlari tomonlar o’rtasida aniq kelishib olinishi kerak. Istisna bu sotiladigan obʼektni qurish, ishlab chiqarish yoki tiklash uchun belgilangan narx boʼyicha, belgilangan muddat davomida, tomonlar oʼrtasida belgilangan xususiyatlarga ega obʼektni moliyalashtirish shartnomasi. Istisnani moliyalashtirishda savdo obʼektini quradigan, ishlab chiqaradigan yoki tiklaydigan mijozga avans toʼlovlari shaklida taqdim etiladi.
Oltinchi bitim – “mushoraka” ikki yoki undan ortiq tomonlar o’rtasidagi mulkiy sherikchilik bo’lib, bunda har bir sherik ma’lum miqdordagi pul yoki mol-mulk shaklidagi sarmoyasini umumiy biznesga tikadi va ushbu biznes doirasida qurilgan foyda tomonlarning kelishuviga asosan zarar esa xar bir sherikning umumiy sarmoyadagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mushoraka bu sherikchilikning bir shakli. Buni odatdagi kapital bozoridagi aktsiyalarni sotib olishga oʼxshatish mumkin, ammo qilingan investitsiyalar shariat tamoyillariga mos keladigan aktsiyalar va moliyaviy qimmatli qogʼozlar yoki boshqa aktivlar bilan cheklanishi kerak. Mushoraka – bu moliyalashtiruvchi tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʼliq xatarlarda ishtirok etish majburiyatini keltirib chiqaradi. Mushorakada barcha sheriklar korxona foydasi yoki zararini boʼlishadigan qoʼshma korxona hisoblanadi. Foyda taqsimoti kelishilgan nisbati, ammo zararni taqsimlash nisbati esa har doim sheriklarning kapitalga kiritgan ulushiga mutanosib boʼlishi kerak. Shuningdek, bu investorga korxonani boshqarish, kundalik amaliyotlar va korxona faoliyatini rivojlantirish boʼyicha muhim qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishiga imkon beradi. Foydani taqsimlashda Mushoraka tomonlarning sarmoyadagi ulushi va korxonani boshqarishdagi saʼy-harakatlariga qarab turlicha boʼlishi mumkin. Mushoraka turli iqtisodiy sohalarni moliyalashtirish uchun eng moslashuvchan va qulay vosita hisoblanadi.
Islom moliyasidagi yana bir qancha asosiy moliyaviy instrumentlarni koʼrib chiqamiz.
Muzoraba – bu investor («Robbul mol») va tadbirkor («Muzorib») oʼrtasidagi foydani taqsimlash shartnomasi. Muzoraba shartnomasida investor foydani kelishilgan nisbatda yoki foizda tadbirkor bilan taqsimlashga rozilik beradi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun kapital manbai sifatida, tadbirkor Muzoraba shartnomasi boʼyicha Islom bankidan sarmoya olishi mumkin. Аgar bank rozi boʼlsa,

Yüklə 66,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə