Issn: 181-2489 volume ǀ issue 10


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 66,31 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü66,31 Kb.
#144096
1   2   3   4   5   6   7
islom-moliya-tizimi-boshqaruvi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
har ikki tomon ham korxona foydasini boʼlishishini tushungan holda tadbirkorga mablagʼ beradi.
Banklar omonat jalb qilish faoliyatida, Muzoraba shartnomasi boʼyicha jismoniy yoki yuridik shaxslardan jalb qilingan pullarga sarmoya sifatida qaraladi. Bank ushbu investitsiyalarni tijorat faoliyatidan, yaʼni jismoniy shaxslar va tadbirkorlarni moliyalashtirish uchun ishlatadi. Muzoraba shartnomasiga binoan, bank omonatchiga investitsiyalar evaziga oʼz foydasidan ulushni oldindan kelishilgan nisbat asosida berishga rozi boʼladi.
Muzoraba orqali investitsiyalarni moliyalashtirish – bu bankning mijozi boʼlgan tadbirkorlar tomonidan olingan foydani taqsimlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati bilan bogʼliq tavakkalchilikda ham ishtirok etishni nazarda tutadi. Muzoraba shartnomasi ishtirokchilari faqatgina ushbu korxonalar muvaffaqiyatli boʼlgan taqdirda foyda koʼradi. Аgar loyiha muvaffaqiyatsiz boʼlsa, moliyachi sarmoyasini yoʼqotadi, tadbirkor esa loyihaga sarf qilingan vaqt va kuchini yoʼqotadi.
Muzoraba, Mushorakadan farqli oʼlaroq, investor («robbul mol»)ga biznesni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi.
Murobaha shartnomasi tomonlar oʼrtasida oldi-sotdi shartnomasi ustama haq evaziga boʼlishini anglatadi. Murobaha Islom banklari tomonidan amalga oshiriladigan aktivlarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Ushbu shartnoma mijoz, tovarlarni yetkazib beruvchi va Islom banki oʼrtasida uch tomonlama imzolanadi. Bank yetkazib beruvchidan qisqa yoki uzoq muddatli aktivni sotib olib, mijozga qimmatroqqa ustama haq bilan, belgilangan muddatda toʼlash sharti bilan sotadi. Bank moliyalashtirilayotgan aktivni garovga olishi yoki boshqa turdagi kafolatni talab qilishi mumkin. Murobaha shartnomasida sotuvchi oʼz yetkazib beruvchisidan tovarlarni sotib olayotganda, xaridorga sotib olishning tannarxini sotishdan oldin aytadi, yaʼni bank tovarning tannarxiga qancha ustama qoʼyganini oshkor qiladi.
Аnʼanaviy banklardan farqli oʼlaroq, narx boʼyicha kelishilgan qoʼshimcha foyda davr davomida oʼzgarmaydi. Аmalda Islom banklari anʼanaviy banklar bilan raqobatbardoshlikni yoʼqotmaslik uchun muddatidan oldin toʼlovni toʼliq amalga oshirsa, Murobaha shartnomasi uchun chegirma berishi mumkin, bunda chegirma Murobaha shartnomasida oldindan kelishilgan boʼlishi mumkin emas.
Muddatida yopilmagan toʼlovlar uchun jarima esa, tovon puli sifatida shartnomaga kiritilishi mumkin, ammo xayriya mablagʼlari sifatida tarqatilishi zarur. Chunki bu jarima faqat mijozlarni tartibga chaqirish va mijozlar Murobaha shartlarini suiisteʼmol qilishlarining oldini olishga qaratilgan. Bank ushbu jarima pulining bir qismini mijoz oʼz vaqtida toʼlamaganligi tufayli bank tomonidan bajarilgan xarajatlarni qoplash uchun olishi mumkin (misol uchun, toʼlovlarni undirish uchun ketgan sarf-

Yüklə 66,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə