Issn 81-0591 2 9 1 issn 2181-0591


“Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop jurnal



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/205
tarix28.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#137774
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   205
SUV VA YER 2022 6 soni

“Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop jurnal
 
6(17)-son 2022-yil
 
 
 
 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 
 
2022 — 2026-YILLARGA MOʻLJALLANGAN YANGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYOT 
STRATEGIYASI TOʻGʻRISIDA 
 
Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini 
kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish.
 
Tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish. 
Qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va 
sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish. 
Yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va klasterlarga ochiq 
tanlov asosida ajratish. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq 
tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish. 
Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar 
maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSh 
dollariga oshirish. 
Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish. 
Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. 
Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish. 
Agrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar sonini ko‘paytirish. 
Urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish. 
Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Xalqaro qishloq 
xo‘jaligi universitetini tashkil etish. Agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish. 
Aholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish. 
31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish 
bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish.
 
Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish. 
Suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish. 
Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish. 
32-maqsad: Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5 — 2 baravar 
ko‘paytirish.
 
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5 — 2 barobarga oshirish. 
Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash. 
33-maqsad: Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4 — 1,6 baravarga 
oshirish.
 
14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni 
amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va 
tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. 
Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini yanada 
takomillashtirish. Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish 
bo‘yicha choralar ko‘rish. 450 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir 
nechta mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish. Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 
50 foizga yetkazish. 
Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy 
etish. 
Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va “Aqlli shahar” 
konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish. 
Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 ta 
hududda tashkil etish. Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda yuqori qo‘shilgan qiymat 
yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish. 
Oliy ta’lim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni 
amaliyot bilan uyg‘unlashtirish. 
Qurilish sohasini texnik tartibga solish. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab 

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə