Issn 81-0591 2 9 1 issn 2181-0591



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/205
tarix28.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#137774
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
SUV VA YER 2022 6 soni

Grafikli materiallar 
(rangli rasmlar, chizmalar, diagrammalar, fotosuratlar) o`zida tadqiqotning 
umumlashtirilgan materiallarini ifodalashi kerak. Grafikli materiallar yuqori sifatli bo`lishi kerak, agar 
zarurat tug`ilsa, tahririyat ushbu materiallarni alohida faylda 300 dpi dan kam bo`lmagan o`lchamda 
jpg formatda taqdim etishni talab qilishi mumkin. Grafikli materialning om iva tartib raqami pastki 
qismda keltirilishi zarur. 
4-ilova
ga qarang. 
Formulalar 
va matematik belgilar MS Wordda o`rnatilgan formatli muharrirda yoki MathType 
muharriri yordamida bajarilishi kerak. 2-ilovaga qarang. 
Jadvallar, grafikli materiallar ko`rsatilgan maydondan chiqib ketmasligi lozim. 
Tayanch so`zlar 
(o`zbek, rus, ingliz tillarida) – 5–10 ta so`z va iboralardan iborat bo`lishi kerak. 
Tayanch so`zlar va iboralar bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Keltirilgan tanyach so`zlar tadqiqot 
mavzusini juda aniq aks ettirishi shart.. 
Annotatsiya (o`zbek, rus, ingliz tillarida) – annotatsiya hajmi 200–250 ta so`zdan iborat bo`lishi 
va maqolaning tuzilishini qisqacha ifodalovchi, axborot shaklida berilishi kerak. 
Annotatsiya boshqa tilga tarjima qilinganda ma`no va mazmun jihatidan asl matnga mos kelishi 
kerak. Bunda annotatsiyaning hajmi belgilangan so`zlar sonidan oshib ketishi mumkin. 
Kirish.
Kirish qismida tadqiqotlarning dolzarbligi va ob`ekti tavsiflanadi. Dunyo olimlari tomonidan 
chop etilgan ilmiy maqolalarning tahlili keltiriladi. Chop etilgan adabiyot manbalarida qo`yilgan ilmiy 
izlanishlarning yechimi yo`qligi tasdiqlangan holda muallifning ilmiy ishlari qaysi olimlarning ishiga 
asoslanganligi ko`rsatiladi. 
Adabiyotlar ro`yxati 20 tadan kam bo`lmagan manbalardan iborat bo`lishi kerak, topilishi qiyin 
bo`lgan va normativ hujjatlar, bundan tashqari internet manbalarida keltirilgan havolalar (davriy 
hujjatlar hisobga olinmaydi) bundan mustasno. 
Adabiyotlar ro`yxatiga darsliklar, o`quv qo`llanmalari kiritish mumkin emas. Ko`pchilik 
adabiyotlar ingliz tilida so`zlovchi xalqaro kitobxonlar uchun ochiq va tushunarli bo`lishi kerak. 
Manbalarning ahamiyatliligiga qattiq talablar qo`yiladi. 



Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə