Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozor samaradorligi



Yüklə 319,37 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü319,37 Kb.
#135224
Mikromakroiqtisodiyot Bt-70 YF



Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar 
va bozor samaradorligi
Yoqubjonov F BT-70


REJA:
1.Iste’molchi ortiqchaligi
2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
3.Bozor samaradorligi


To`lov qobiliyati
Bir nechta xaridorlarning to`lashi mumkin bo`lgan
maksimal narxlar ularning to`lov uchun tayyorligi
deyiladi va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini
anglatadi. Har bir xaridor albomni o`zining to`lov uchun
tayyorligidan arzonroq narxda sotib olishni istaydi va
to`lov uchun tayyorligidan qimmatroq narxda albomni
sotib olishni rad etadi. 
Agar narx uning albomga qo`ygan bahosi bilan
aynan bir xil bo`lsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab
qolishdan xursand bo`lishi mumkin.


Iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda talab
egri chizig’idan foydalanish
Quyi talab egri chizig’i va yuqori narx bozordagi
istemolchi ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Bu haqiqat, 
chunki talab egri chizig’ining yuqoriligi istemolchilarning
tovar uchun to`laydigan narxini belgilaydi va shu bilan
birga to`lov uchun tayyorligini ham bildiradi. Bozordagi
narx va to`lov istagi o`rtasidagi farq sotib oluvchilarning
istemolchi ortiqchaligi demakdir. Bundan kelib chiqadiki
past talab egri chizig’i va yuqori narx oraligidagi umumiy
masofa bu xaridorlarning bozordagi tovar va xizmatlarga
istemolchilar ortiqchaliklari yig’indisidir.


Qanday qilib past narx iste’molchi
ortiqchaligini oshiradi
Xaridorlar o`zlari sotib olayotgan tovar uchun har doim ham past
narx to`lashni xohlashganliklari sababli past narxlar xaridorlarning
turmush darajasini yaxshilaydi. Lekin past narx turmush darajasini
qanchalik yaxshilaydi? Bu savolga aniq javob topish uchun biz iste’molchi
ortiqchaligi tushunchasidan foydalanamiz.
Iste’molchi ortiqchaligi, agar islohatchilar xaridorning foydasini
hisobga olishi iqtisodiy farovonlikning eng yaxshi o`lchovi bo`ladi. . Ba’zi
hollarda islohatchilar iste’molchi ortiqchaligi haqida o`ylamasliklari
mumkin, chunki ular xaridorlarni sotib olishga undaydigan omillarga
ahamiyat berishmaydi.


Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Xuddi iste’molchi ortiqchaligi talab egri chizig’iga
yaqindan bog’lik bo`lganidek, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
taklif egri chizig’iga bog’lik. 
Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri
chizig’ idan yuqori bo` ladi. 
Biz iste’ molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini
aniqlagan bo` lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida
sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. 


Iste' molchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, 
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu sotuvchinig qo` lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy
ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining ko` rsatkichi hisoblanadi. 
Iqtisodiy rivojlanishning bu ko` rsatkichinii yaxshi tushunish uchun iste' molchi va ishlab
chiqaruvchi oqtiqchaligini o` lchab ko` rish kerak. Biz iste' molchi ortiqchaligini shunday
aniqlaymiz: 
Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan
narx
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlar
Agar biz iste' molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyidagilarga
erishamiz: 
Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan
narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari) 
Xaridorlar tomondan to` langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek
ushbu iboradagi ikki atama o` chib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin: 
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning xarajatlari) 
Muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari o` rtasida joylashgan shaklning umumiy
maydon ushbu bozordagi umumiy ortiqchalikni aks ettiradi. 


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Yüklə 319,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə