Istiqlol avlodi


Hamma narsaga shubha qiling



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).

Hamma narsaga shubha qiling.  

(Rene Dekart) 

 



50 

 

dalillarni ko‘rishi, guvohlarni tinglashi kerak, advokat va prokurorning dalillarini 



o‘ganishi  kerak.  Shundagina  u  xolis  hukm  chiqarishi  mumkin.  Agar  sudya  faqat 

bitta  tomonni  tinglasa  va  darhol  qaror  qabul  qilsa,  bu  aniq  nuqsonli  sudya,  rozi 

bo‘lasizmi? Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy, tanqidiy fikrlashni qanday amalga 

oshirish mumkin? Bu borada qanday usullardan foydalaniladi.  

Inson  axborot  bilan  tanishar  ekan,  bu  axborot  avvalo  tekshirilishi  lozim  va 

savol  berilishi  maqsadga  muvofiq.  Xo‘sh,  bu  ma’lumotdan  kimga  foyda,  kim 

manfaatdor,  bu  yangilik  nega  aytilyapti  yoki  bosilib  chiqilyapti.  Boshqacha  qilib 

aytganda manbaa hamisha tekshirilishi lozim. Qaysi manbaa orqali kelyapti, qaysi 

olim  tilga  olinyapti?  Bu  olim  yoki  shaxs  haqidagi  ma’lumotlar  to‘g‘rimi,  ya’ni 

eshitayotgan ma’lumotni tekshiring.   

Bu  kabi  holatlarda  axborotni  boshqalar  bilan  munozara  qilish  ham  ancha 

foydali hisoblanadi. Yangilik bilan emas siz undan olgan xulosa ma’lumotlari bilan 

fikrni to‘ldirish lozim. Boshqalarning bildirayotgan fikrlarini ham inobatga olish, 

ularning  keltirayotgan  asoslarini  ham  tinglash  fikrni  yanada  to‘ldirish  uchun 

xizmat qiladi.  

Tanqidiy  fikrlashni  turli  vosita  va  metodlar  yordamida  oshirish  mumkin. 

Tanqidiy  fikrlashni  oshirishga  yordam  beruvchi  vositalardan  eng  samaralisi  kitob 

o‘qish hisoblanadi. O‘qiganda ham maishiy badiiy kitoblar emas, ilmiy-ommabop, 

o‘z  g‘oyasiga  ega  sifatli  adabiyotlar  yoki  klassik  adabiyotlar  o‘qish  tavsiya 

qilinadi.  

Tanqidiy fikrlash chog‘ida e’tibor qilinishi lozim bo‘lgan eng boshlang‘ich 

narsa  bu-  suhbatdosh  so‘zlarining  tuzilishiga  e’tibor  qilishdir.  Agar  suhbatdosh 

so‘zlashyotganda “menimcha”, “nazarimda”, “balki” kabi  

so‘zlarini ishlatsa, demak bu axborot argumentlari unchalik ishonchli emas, 

uni tekshirish lozim. Bu kabi vaziyatda savol berib , axborotga aniqlik kiritishning 

ayni vaqti.  

Amaliy qism 

Ijodiy vazifa: 

Daftarga 5 hafta davomida siz eshitgan yangiliklarni yozing. Yangiliklarning 

qaysi  biriga  ishonmasligingizga  e'tibor  bering,  nega?  Nima  uchun  yangiliklarga 

qo‘yilgan  har  bir  sharhga  tanqid  bilan  yondoshdingiz:  nega  "ha",  nega  "yo‘q". 

Qabul  qilingan  yangiliklardan  qaysi  birini  ikki  marta  tekshirishingiz  kerak. 

Yangiliklarning  ishonchliligini  tekshirishingiz  mumkin  bo‘lgan  manbalar 

ro‘yxatini tuzing. 

Mustahkamlash uchun savollar: 



51 

 

1. 



Tanqidiy fikrlash nima va uning tanqid bilan farqi nimada? 

2. 


Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun nimalar qilish mumkin? 

3. 


Tanqidiy fikrlash omillari qaysilar? 

4. 


Mavzuni  mustahkamlash  uchun  sinfdoshlaringiz  bilan  turli  xil  fikrlar 

bildiring va unga tanqidiy yondashing. 

 

"Tanlash" mashqi 



Tanlash  uchun  variantlarni  tanlashingiz  kerak.  Iloji  bo'lsa-qo'lingizda  real 

narsalarni ushlab turishingiz yoki rasm ko'rsatib turishingiz kerak bo’ladi. 

Guruhdan ikkita meva / taom / telefon markasi turini tanlashini so'rang. 

Nima  uchun  u  yoki  bu  tanlovni  qilganlarini  so'rang.  Oddiy  va  tushunarli 

savollar bering. 

Ularning mantiqiy fikrlarini umumlashtiring. 

Hozir tanqidiy fikrlash darsini boshladik-deb ayting. 

"To'rt burchak" mashqi. 

Qoidalar va vazifalarni shakllantiring. 

Bu tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun juda qiziqarli mashq. 

Ushbu  mashq  paytida  ishtirokchilar  xonaning  ma'lum  bir  burchagida 

turishadi. Burchakni tanlash ularning savol / bayonotga bergan javoblariga bog'liq 

bo'ladi, bu  yerda  to'rtta  variant  taqdim  etiladi.  Ular  burchaklarga  taqsimlanganda, 

kichik  guruhlarga  bo'linib,  o'z  tanlovini  tushuntirishi  mumkin.  Har  bir  alohida 

guruhning  vazifasi-savolga  javob  berish  uchun  kamida  4-5  ta  dalil  topish.  Keyin 

ular o'z javoblarini barcha ishtirokchilar bilan bo'lishishlari mumkin. Bu vaqtda siz, 

talabalarni,  argumentlari  ishonarli  ko'rinadigan  guruhga  o'tishni  taklif  qilishingiz 

mumkin. Bu mashqni har xil savollar bilan kamida 2-3 marta takrorlang. 

 Tayyorgarlik  sifatida:  Quyidagi  belgilarni  xonaning  4  burchagining  ko'zga 

ko'ringan joyiga ilib qo'ying:  




Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə