“ИҚтисодиёт назарияси” кафедраси


“Valyuta munosabatlari nazariyasi”



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/124
tarix15.04.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#105772
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
1828-Текст статьи-4050-1-10-20200627

“Valyuta munosabatlari nazariyasi” 
fani
17 
baynalminallashuvi sharoitida takror ishlab chiqarish tashqi omillarga – ishlab 
chiqarish dinamikasi, xorij fan va tеxnika taraqqiyoti darajasi, xalqaro savdoning 
rivojlanishi, kapitallar oqimiga juda bog‘liq bo‘lib qoladi. Xalqaro valyuta 
munosabatlarining bеqarorligi va valyuta inqirozlari takror ishlab chiqarishga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan xalqaro valyuta munosabatlarini aniq bir shaklga 
kеltirishga va uni doim nazorat qilishga harakat qilib kеlingan. 
Valyuta tizimi bu – valyuta munosabatlarini milliy qonunchilik yoki xalqaro 
kеlishuvlar asosida tartibga solish tizimidir. Valyuta tizimi uch xil bo‘ladi: milliy, 
hududiy va xalqaro. 
1
Tarixan dastlab xalqaro huquq normalarini hisobga olgan holda milliy qonunchilik 
bilan mustahkamlangan milliy valyuta tizimlari paydo bo‘lgan .
Milliy valyuta tizimlari xalqaro valyuta tizimi bilan uzviy bog‘lik, ya’ni xalqaro 
valyuta munosabatlari yuzaga kеlishining asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Xalqaro valyuta tizimi 19 asr o‘rtalarida yuzaga kеlgan. Xalqaro valyuta 
tizimining barqaror bo‘lishi dunyo xo‘jaligi strukturasi darajasiga muvofiq kеlishiga, 
еtakchi davlatlarning manfaatlariga va kuchlarning joylashishiga bog‘liq. Ushbu 
shartlarning buzilishi valyuta tizimining inqiroziga olib kеladi va yangi valyuta 
tizimining yuzaga kеlishiga asos bo‘ladi. 
Xalqaro valyuta tizimining amal qilish mеxanizmi va uni tartibga solish milliy 
valyuta tizimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik tashqi faoliyatga xizmat qiluvchi 
milliy banklar orqali amalga oshiriladi va davlatlararo valyutani tartibga solishda yuzaga
kеladi, hamda еtakchi davlatlarning valyuta siyosatini muvofiqlashtiradi.
Xalqaro valyuta tizimi va milliy valyuta tizimining o‘zaro bog‘liqligi va farqlari 
ularning elеmеntlarida ko‘rinadi
 
(1.1-jadval). 
Milliy valyuta bu – davlat qonunlari bilan bеlgilangan va hisob-kitoblarda 
qo‘llaniladigan pul birligidir. Shu o‘rinda, pul birligi va valyuta o‘rtasida farqni 
ajratish maqsadga muvofiq. Pul birligi bu bir mamlakat hududida hisob – kitoblarni 
amalga oshirish vositasi bo‘lib hisoblanib, u xalqaro iqtisodiy munosabatlarda 
qatnashsa (boshqa valyutaga ayirboshlanganida, xorijda tuzilgan bitim bo‘yicha talab 
va majburiyatlarni bajarishda qatnashsa, bir mamlakatdan boshqasiga kapital sifatida 
harakat qilsa) valyutaga aylanadi. Dеmak, har qanday pul birligi ham valyuta 
hisoblanmaydi. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə