Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Klassik siyosiy-iqtisod namoyondalarining kontseptsiyalari. Iqtisodiy liberalizm va



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

2.2. Klassik siyosiy-iqtisod namoyondalarining kontseptsiyalari. Iqtisodiy liberalizm va 
uning mohiyati. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va 
mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu 
maktab nuqtai nazarida, ya`ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm `goyasi bilan almashinish 
oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy 
baholagan. Bu `goya A.Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik 
siyosiy iqtisod maktabi asoschilari bo`lib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning 
mazmunini va qo`shilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi. 
Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning 
aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Masalan, Smit 
`goyasi quyidagicha: «Bozor iqtisodiyoti o`zini-o`zi boshqarishga moslashgan, uning asosida 
qanday qilib ko`proq fayda olishga harakat qilish bilan bo`gliq «ko`rinmas qo`l» - shaxsiy manfaat 
yotadi». Smit xulosasiga ko`ra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, 
iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin bo`lmo`gi lozim. 
D.Rikardo, J.B.Sey, D.Mil , A.Marshallar A.Smit `goyasining davomchilari bo`lib, ular
iqtisodiy liberalizm `goyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar 
tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yo`nalish). 
Klassiklar ja`mi talab va ja`mi taklif mutanosibligini o`zlariga xos talqin etishdi. Ular: 
ja`mi taklifning o`zgarishi unga mos ja`mi talabni o`zgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan 
kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida o`z aksini topadi, ya`ni taklif etilgan tovar unga mos ravishda 
talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif o`rtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf 
etadi. Oldindan ishlab chiqarishning o`rni yo`qoladi. Tovar ishlab chiqarishning o`sishi, ish 
haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi. 
Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jam`garish yuzaga keladi 
va jam`garilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng bo`lmaydi. Klassikchilar ja`mi talab 
va ja`mi taklifga bo`gliq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu o`rinda mehnat bozorini 
ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Bo`glanish: bozorda narxning 
pasayishi ish haqini pasayishiga olib keldi yoki ish haqi avvalgiday qolsa u holda ishsizlik yuzaga 
keldi. 
Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933 yillardagi, klassik 
iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini ko`rsatdi.



Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə