Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

2.4. Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar. 
 
 Iqtisodiyotga davlat aralashuvining keynscha nazariyasi 
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan so`ng keynschilik nazariyasi iqtisodiyot fanida 
yangi oqim sifatida yuzaga keldi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning 
asoschisi edi. U mazkur nazariyani o`zining 1936 yilda nashrdan chiqqan «Bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi» nomli asarida bayon qilib berdi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, soha mutaxassislari 
orasida Keyns iqtisodiyotga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi 


hisoblanmagan. Keynsning o`tmishdoshlari bo`lmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat 
tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. 
Xaberler o`zining «Ravnaq va tur`gunlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, 
inqirozni kapitalning haddan tashqari jam`garilishi bilan yoki yetarlicha iste`mol qilinmaslik bilan 
izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday 
qutulish choralari to``grisida o`z fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan mul tiplikator va 
akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish 
nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan 
bir vaqtda o`tkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning o`tmishdoshlari va zamondoshlari 
nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy
o`z-o`zidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli ro`y 
beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati 
tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini e`lon qildi. Keyns 
nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi bo`lib, makroiqtisodiy 
davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u o`zigacha hukmron bo`lgan 
tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o`z ichiga 
oladi: birinchidan, unda o`z-o`zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; 
ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida paydo bo`ladigan 
qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish 
maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. 
Keyns o`zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab
1
nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha bo`lgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan 
bo`lib, unga muvofiq taklif o`z talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o`z 
taklifini yuzaga keltirishi `goyasini ilgari surdi. 
Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki mehnat) muayyan miqdori taklifning 
bahosi deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu 
mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga bo`lgan ra`gbati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi 
va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o`rtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Bu 
yerda shuni aytib o`tish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi 
mahsulotni sotganlaridan so`nggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot 
(yoki mehnat) hajmi o`rtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Agar ishlab 
chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida ko`zda tutilgan daromad jami taklif bahosidan 
oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va 
bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past bo`lsa, u holda 
tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko`zda kutilayotgan 
daromad va taklif bahosi o`rtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda 
bo`ladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga 
intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo`lgan ishlab chiqarish darajasi jami talab 
funktsiyasi bilan jami taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi 
jami talab funktsiyasining qiymati samarali talab deb ataladi. Jami talab esa daromad 
darajasini belgilab beradi: 
U Keyns nazariyasida quyidagi tenglama bilan ifodalangan: 
Y = C = I 
bu yerda: Y - milliy daromad; 
C - iste`mol; 
I - jami investitsiyalar. 
Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning iste`mol funktsiyasini 
tadqiq qilinishida yo`naltiruvchi omil bo`lib xizmat qildi. “Asosiy psixologik qonun shundan 
1
Пезенти А. Очерки политической экономии капитализма. В 2 т.: Пер. с итальянского. Т. 2. -М.: “Прогресс”, 
1976. -С.615-616. 


iboratki, - deb yozgan edi. J. Keyns, - kishilar, odatda, daromadlari ortishi bilan o`z 
iste`molini ko`paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste`mol daromad ortgan darajada 
oshmaydi”
1

Bu hol shuni bildiradiki, agar daromad o`zgarsa, unda iste`mol ham ana shu yo`nalishda 
o`zgaradi, lekin iste`mol o`zgarishi daromad o`zgarishidan kichik. Keyns iste`mol o`zgarishi 
va uni o`zgartirgan daromad o`zgarishi o`rtasidagi nisbatni iste`molga bo`lgan chekli moyillik 
deb atadi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi: 
MPC = 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə