Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
 
 
3.IQTISODIY ISLOHOTLAR VA IQTISODIYoTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA 
SOLISh MEXANIZMINING ShAKLLANIShI 
 
3.1. O`zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining yaratilishi 
O`zbekistonda mustaqillik e`lon qilingandan so`ng ijtimoiy yo`naltirilgan barqaror bozor 
iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq 
demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida mashaqqatli 
taraqqiyot yo`li bosib o`tildi. Birinchip prezidentimiz mustaqil taraqqiyot yo`li va galdagi 
vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati nuqtai nazaridan bu yo`lni ikki bosqichga bo`lish 
lozimligini asoslab berdi. 
Dastlabki bosqich - 1991-2000 yillar o`tish davri va milliy davlatchilik asoslarini 
shakllantirish bilan bo`gliq birinchi galdagi islohot va o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. 
2001 yildan to hozirgacha bo`lgan muddatni o`z ichiga olgan ikkinchi bosqich faol 
demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo`lib, iqtisodiyotimizni 
barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar 
sohalarni izchil isloh qilishni ta`minlashda muhim rol o`ynadi
1

Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish asosida uni chuqur tanazzuldan chiqarib, barqaror rivojlantirishga, aholi turmush 
farovonligiga erishishga qaratilgan tub o`zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari birinchi 
prezidentimizI.A.Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” nomli 
asarida quyidagicha izohlab berildi:
1. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va 
tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni 
ta`minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. 
2. 
Ko`p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo`lishiga barham berish, 
tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo`lgan xususiy 
mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta`minlash. 
3. 
Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo`jalik faoliyatiga 
davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma`muriy-
buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va ra`gbatlantirish vositalaridan keng 
foydalanish.
4. 
Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni 
ta`minlaydigan chuqur strukturaviy o`zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilib borish. 
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. - Т.: Ўзбекистон, 2007, 4-5-бетлар. 


5. 
Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini 
o`zgartirish, har bir kishiga o`z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash 
imkonini berish”
1
.
 
O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish yo`li ijtimoiy-yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirishga qaratilgan. Bu yo`lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga 
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: 
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustuvorligini ta`minlash; 
- o`tish davrida davlatning bosh islohotchi bo`lishi; 
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining 
ta`minlanishi; 
- bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli 
chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabridagi qo`shma majlisidagi ma`ruzasida “Biz islohotlarni 
inqilobiy usulda, ya`ni “shok terapiyasi” yo`li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, 
tadrijiy taraqqiyot yo`lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday o`gir oqibatlarga olib kelishi 
mumkin bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy to`fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo`lganimizni bugun 
hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda”
1
, - degan. 
Mamlakatni 1991-2000 yillar davomida isloh qilish va yangilash bosqichida milliy 
davlatchilikni shakllantirish respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustahkam zamin bo`ldi. 
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma`muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, 
milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik 
institutlari faoliyati yo`lga qo`yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o`tkazish jarayoni 
amalga oshirildi
2

Ushbu bosqichda, birinchi navbatda, qishloq xo`jaligi tubdan isloh qilinib, mamlakatimiz 
iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berildi. Qishloq 
xo`jaligi ekinlari tarkibi o`zgartirildi. Mamlakatda `galla mustaqilligiga erishildi. Buning 
natijasida O`zbekiston o`zining `gallaga bo`lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, qo`shni MDH 
mamlakatlariga, Af`goniston, Eron kabi davlatlarga `galla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda. 
Mamlakatimizda yangi neft -gaz konlarini aniqlash, bu sohaga investitsiyalarni, shu jumladan, 
xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi 
natijasida neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990 yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Respublika 
energetika mustaqilligiga erishdi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə