Sakrab top kiritish. Hozirda sakrab top kiritish usuli keng qollanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga oxshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi.
1.6. HUJUM ZARBALARI
Hujum zarbasi jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar torning yuqori qismidan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi juda pastdir.
Hujum zarbalari yonalishiga kora quyidagicha farqlanadi: togri yonalish boyicha (bunda zarba berilgan top yonalishi hujumchining yugurib kelish yonalishiga mos tushadi) va yonalishni ozgartirib (bunda zarba berilgan top yonalishi hujumning yugurib kelish yonalishiga mos tushmaydi).
Topning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba beruvchi qolni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli (tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini togri (torga togri turgan holda) va yon tomon bilan (torga nisbatan) bajarish mumkin.
Togri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; sakrash; topga zarba berish; qonish (11-rasm).
Oz navbatida, bu fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bolinadi. Yugurib kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga erishish va topning uchish tezligi, yonalishini togri aniqlash. Bunda hujumchi birinchidan, bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (topni tezligi va yonalishini aniqlash maqsadida) va ikkinchidan, sakrash uchun yugurish tezligini oshiradi. Sakrash fazasida hujumchi tovondan oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab harakat qiladi, oxirgi qadamda oyoqlar juftlanadi, qollar orqa tomonga harakatlantiriladi. Oyoqlar tizza qismida, gavda esa tos-son bogimida bukiladi. Keyin esa qollar oldinga-yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan uziladi, gavda oldinga bir oz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qolning kafti bosh orqasiga otib ketmasligiga va tirsak yelkadan bir oz yuqorida bolishiga etibor berish lozim.
11-rasm.
Zarba berish fazasida ong (yoki chap) qol tirsak bogimida togrilanib, yuqoriga-oldinga choziladi. Zarba qorin, kokrak, qol mushaklarining ketma-ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba beruvchi qol kafti topning orqa-yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. Boshlangich orgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning oz vaqtida berilganligiga va yonalishiga etibor qaratish zarur.
Qonishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi oyin harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Jamoa hujumini faqatgina togri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya qilmaydi.
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida top yonalishini ozgartirib bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir (12-rasm).
12-rasm.
Top yonalishini ozgartirib bajariladigan hujum zarbalarining tuzilishi togri zarba berish texnikasiga oxshashdir. Top ong tomonga yonaltirilganda, depsinishdan song gavda ong tomonga burilib, bir oz chapga engashtiriladi, chap qol yelkasi tordan olib qochiladi.
Biomexanika nuqtayi nazaridan, yonalishi ozgartirilgan hujum zarbalarini berishda asosiy orinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |