1-rasm.
Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni taminlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qatiy nazar, dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: topni uzatishdan oldin (2 a-rasm), pastdan topni qabul qilishda (2 b-rasm), tosiq qoyishda (2 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (2 g-rasm).
a b
v g
2-rasm.
1.4. TOP UZATISH
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. Topni: tayanch holatdan ikki qollab, sakrab ikki qollab, sakrab bir qollab, orqaga yiqilib turib ikki qollab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yonalishi boyicha top uzatishlar (top uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha boladi: oldinga, oz ustiga, orqaga.
Uzunligi boyicha: uzun zonalar osha; qisqa zonadan zonaga; qisqartirilgan zona doirasida.
Balandligi boyicha: baland 2 m dan yuqori, ortacha 2 m gacha, past 1 m gacha. Yuqoridagi korsatkichlarga bogliq holda topga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. Topni torga yaqin 0,5 m gacha va uzoq 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin.
Topni uzatish texnikasi dastlabki holat, qolning topga qarama-qarshi harakati, amortizatsiya va topni yonaltirishdan iborat boladi. Dastlabki holatdan top tomon harakatlangandan song voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining bukilish darajasi top yonalishining balandligiga va uchish tezligiga bogliq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qolga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda boladi. Qollar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan boladi (3-rasm).
Qollar top bilan yuz tepasida toqnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy nagruzkani qabul qiladi, korsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy boladi. Orta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan topni yon tomondan ushlab turishga xizmat qiladi. Topga yonalish berishda qol, oyoq va gavda mushaklarini kuchlanishi ozaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda gavdaning UOM birmuncha yuqoriga–oldinga kochadi va gavdaning ogirligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qollar topni uzatish oxirida toliq togrilangan holatda boladi.
3-rasm.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, top baland berilganda yoki topning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab top uzatish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qollar bosh ustidan birmuncha baland kotariladi va qollarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan top uzatiladi. Xuddi shu holatda qisqa top uzatishda asosiy harakat qol barmoqlarining faol ishlashi hisobiga amalga oshiriladi (4-rasm).
4-rasm.
Topni orqa tomonga (moljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda oyinchi topning tagiga kirib boradi. Bunda qolning orqa kaft qismi bosh orqasigacha kotariladi. Top uzatish qollarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi, gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pogonasining kokrak va bel qismlarining bukilishi hisobiga boladi (5-rasm). Sakrab orqaga top uzatish xuddi tayanch holatda orqaga top uzatish kabi bajariladi. Top uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qol bilan top uzatishdir. Bu usul top tor ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qol tirsaklarda bukilib, oldinga chiqariladi (6-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. Top uzatish tirsak boginining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi.
5-rasm.
6-rasm.
Dostları ilə paylaş: |